Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Karakalpakstan
#Festival_2025

“Mizdakxon - muqaddas va sirli maskan” xalqaro yoshlar festivali doirasida ayni damda Xoʻjayli tumanidagi Amfiteatrda festivalning badiiy qismi taniqli san’atkorlar ishtirokida boʻlib oʻtmoqda.

Unda tuman hokimi boshchiligidagi jamoa, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti vakillari va mahalliy aholi ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤5🔥1
#xalqaro_hamkorlik

Namangan davlat universitetida Oʻzbekiston-Rossiya hududlararo oliygohlar rektorlari konferensiyasi doirasida ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya huzuridagi Ilm-fan va ta’lim bo‘yicha quyi komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev hamda Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirining o‘rinbosari Konstantin Mogilevskiy ishtirok etdi.

Anjumanda Toshkent shahridagi Rossiya OTMlari filiallari faoliyati, xususan, Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, Astraxan davlat texnika universiteti, Moskva energetika instituti faoliyatini kengaytirilish hamda Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali faoliyatini yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot sohasidagi qo‘shma tanlovlar o'tkazish, talabalar turizmini rivojlantirish, gumanitar loyihalarning amalga oshirilishi va ikki tomonlama pedagogik tadqiqotlar markazi faoliyati bo‘yicha axborotlar tinglandi.

Yakunda ta’lim va ilm-fan sohalaridagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilinib, kelishilgan chora-tadbirlarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida maxsus bayonnoma imzolandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤5🔥1👏1
#tabrik

Qadrli yoshlar, aziz bitiruvchilar!


Yuraklaringizda shodu xurramlik, koʻzlaringizda buyuk orzular mujassam boʻlgan shu daqiqalarda barchangizni taʼlim olishdagi muhim bosqich – maktabni muvaffaqiyatli yakunlayotganingiz bilan samimiy muborakbod etaman.

Soʻnggi qoʻngʻiroq – yangi imkoniyatlar eshigini ochuvchi ramziy ondir. Oldinda sinovlar, tanlovlar va eng asosiysi – katta hayot turibdi. Endigi maqsadingiz – mustaqil va farovon Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga qodir, bilimli va yetuk mutaxassis boʻlishdir. Sizlarni yurtimizdagi nufuzli oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari intiqlik bilan kutmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Bugungi kunda har bir yoshning iqtidorini roʻyobga chiqarish, ularni zamonaviy bilim va kasb-hunarga egallashi, tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. “Yoshlar – kelajagimiz” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar sizning hayotda munosib oʻrin egallashingizga xizmat qilmoqda.

Siz – Yangi Oʻzbekistonni barpo etayotgan avlodsiz! Shu bois har biringizda vatanparvarlik tuygʻulari, yurt taqdiriga daxldorlik hissi va katta masʼuliyat boʻlishi darkor. Taʼlim davomida orttirgan bilim va koʻnikmalaringiz, ezgu niyat va yuksak maqsadlaringiz bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishingizga ishonchim komil.

Sizlarga kuch-gʻayrat, bardavom omad, tinimsiz izlanish va orzu-maqsadlaringiz sari qatʼiyat bilan intilish tilayman. Oldindagi yoʻlingiz muvaffaqiyatli boʻlsin!

Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍53🔥10🥰6😁4😱2
#tanishtiruv

Buxoro davlat texnika universitetida yangi rahbar tanishtirildi


24 may kuni Buxoro davlat texnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Sadoqat Siddiqova Buxoro davlat texnika universiteti rektori lavozimiga tayinlanganini rasman e’lon qildilar va universitet jamoasiga tanishtirdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/56501

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
50👍39🔥4👏2❤1