#tanishtiruv
Buxoro davlat texnika universitetida yangi rahbar tanishtirildi
24 may kuni Buxoro davlat texnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Sadoqat Siddiqova Buxoro davlat texnika universiteti rektori lavozimiga tayinlanganini rasman e’lon qildilar va universitet jamoasiga tanishtirdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/56501
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

50👍39🔥4👏2❤1
#tanishtiruv
Tashkiliy masala muhokamasi va yangi rektor tayinlandi
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar qatnashdi.
Yig‘ilish davomida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Otabek Mahkamov Vazirlar Mahkamasining Rasul Nortojiyevich To‘rayevni Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi tegishli qarorini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng tashkiliy masala yuzasida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Yig‘ilishda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida oliy ta’lim muassasalarining o‘rni va ishtirokini oshirish masalalari ham muhokama qilindi. Mas’ullar tomonidan ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yo‘lga qo‘yish yuzasidan ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.

👍33❤6👏5🔥2🎉1
2025-yilning 26-31-may kunlari davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Xorazmda matematika bo'yicha Al-Xorazmiy nomidagi III xalqaro olimpiada bo'lib o'tadi.
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti hamkorligida tashkil etilmoqda.
Ushbu nufuzli tadbirda dunyoning 16 ta davlatidan nufuzli universitetlarning 57 ta jamoada eng zukko talabalar oʻzaro bellashadilar, matematikaning eng murakkab jumboqlariga mantiqiy va ijodiy yondashuv bilan yechim izlaydilar.
Bizni
kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27❤8🎉2🤩2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik #Indoneziya
Indoneziyalik talabalar O‘zbekiston madhiyasini o‘zbek tilida kuyladi
Urganch davlat pedagogika instituti delegatsiyasining Indoneziyaga xizmat safari doirasida Gunadarma universitetida “O‘zbekiston kuni” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi Indoneziyalik talabalar tomonidan mahorat bilan o‘zbek tilida ijro etildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Indoneziyalik talabalar O‘zbekiston madhiyasini o‘zbek tilida kuyladi
Urganch davlat pedagogika instituti delegatsiyasining Indoneziyaga xizmat safari doirasida Gunadarma universitetida “O‘zbekiston kuni” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi Indoneziyalik talabalar tomonidan mahorat bilan o‘zbek tilida ijro etildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤13🔥3
#Taqdirlash #MirzoUlugʻbekVorislari
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi: Respublika bosqichi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi
To‘rt kun davom etgan ushbu bellashuvlar davomida respublikamizning barcha hududlaridan kelgan iqtidorli yoshlar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Bellashuvlar doirasida yoshlar nafaqat ilmiy loyihalarini taqdim etdilar, balki o‘zaro tajriba almashish, yangi do‘stlar orttirish va ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
24-may kuni g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, akademik Oqil Salimov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, professor Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati, shuningdek, bir qator oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/56541

👍14❤4🔥4🤩1