Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#TalabagaQulaylik #Infratuzilma #XizmatSafari

BuxDUda yangi kampus qurilishi, BuxDTIda “Yashil kampus” konsepsiyasi amalga oshirilmoqda

24-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Buxoro viloyatiga xizmat safari davomida, Buxoro davlat universitetining yangi kampusi qurilish obyektini ko‘zdan kechirdi.

Shundan so‘ng, Buxoro davlat tibbiyot institutida ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalarning yo‘lga qo‘yilgan holati, xususan, Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilgan smart issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlar, xalq tabobatini rivojlantirish maqsadida yetishtirilayotgan dorivor o‘simliklar hamda “Yashil kampus” konsepsiyasi doirasidagi loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21🔥4❤1🤔1
#TalabalarTeatri

"Eng yaxshi aktyorlar jamoasi" — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti "Turksoy dunyosi" III Xalqaro talabalar teatr festivali gʻolibi

2025-yil 20–22-may kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida "TURKSOY" xalqaro tashkiloti hamkorligida "Turksoy dunyosi" III Xalqaro talabalar teatr festivali muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Ushbu nufuzli festivalda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalar tomonidan yozuvchi Rashod Nuri Guntekinning "Halala" asari asosida tayyorlangan spektakl namoyish etildi. Spektaklini sahnalashtirishda O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artisti, dotsent Nodira Mahmudova rahbarlik qildi.

Festival yakunida institut jamoasi "Eng yaxshi aktyorlar jamoasi" nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, institut rahbariyatiga talabalarning faol ishtiroki va festivalga munosib hissa qo‘shgani uchun TURKSOY tashkiloti va Qozog‘iston milliy san’at akademiyasi tomonidan "Tashakkurnoma" topshirildi.

Festival doirasida institut professori, san’atshunos Hamida Mahmudova hakamlar hay’ati a’zosi sifatida faol ishtirok etdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤3🔥2
#WorldSkillsUzbekistan #RailTechCamp2025

O‘zbekiston kasbiy ta’limi Xitoyda xalqaro musobaqada 2-o‘rinni egalladi

2025-yil 25–27-may kunlari Xitoyning Changchun Digital Technology Vocational College bazasida o‘tkazilgan Rail Vehicle Technology Training Camp – 2025 xalqaro o‘quv-amaliy yig‘inida Samarqand temiryo‘l texnikumi o‘quvchilari 2-o‘rinni egalladilar.

Mazkur natija O‘zbekiston kasbiy ta’limi tarixida xalqaro darajada qayd etilgan ilk yutuqlardan biri hisoblanadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29🔥4🤔4