Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#TalabalarTeatri

"Eng yaxshi aktyorlar jamoasi" — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti "Turksoy dunyosi" III Xalqaro talabalar teatr festivali gʻolibi

2025-yil 20–22-may kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida "TURKSOY" xalqaro tashkiloti hamkorligida "Turksoy dunyosi" III Xalqaro talabalar teatr festivali muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Ushbu nufuzli festivalda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalar tomonidan yozuvchi Rashod Nuri Guntekinning "Halala" asari asosida tayyorlangan spektakl namoyish etildi. Spektaklini sahnalashtirishda O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artisti, dotsent Nodira Mahmudova rahbarlik qildi.

Festival yakunida institut jamoasi "Eng yaxshi aktyorlar jamoasi" nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, institut rahbariyatiga talabalarning faol ishtiroki va festivalga munosib hissa qo‘shgani uchun TURKSOY tashkiloti va Qozog‘iston milliy san’at akademiyasi tomonidan "Tashakkurnoma" topshirildi.

Festival doirasida institut professori, san’atshunos Hamida Mahmudova hakamlar hay’ati a’zosi sifatida faol ishtirok etdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤3🔥2
#WorldSkillsUzbekistan #RailTechCamp2025

O‘zbekiston kasbiy ta’limi Xitoyda xalqaro musobaqada 2-o‘rinni egalladi

2025-yil 25–27-may kunlari Xitoyning Changchun Digital Technology Vocational College bazasida o‘tkazilgan Rail Vehicle Technology Training Camp – 2025 xalqaro o‘quv-amaliy yig‘inida Samarqand temiryo‘l texnikumi o‘quvchilari 2-o‘rinni egalladilar.

Mazkur natija O‘zbekiston kasbiy ta’limi tarixida xalqaro darajada qayd etilgan ilk yutuqlardan biri hisoblanadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29🔥4🤔4
#MalakaOshirish

“Axborot-kutubxona faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirish kursi muvaffaqiyatli yakunlandi

23-may kuni Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Axborot-kutubxona faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish kursining navbatdagi bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Kurs aralash ta’lim usulida tashkil etilib, 5–10-may kunlari onlayn, 19–23-may kunlari esa an’anaviy shaklda olib borildi. Ta’lim jarayonida zamonaviy metodikalar va amaliy yondashuvlarga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu bosqichda 24 ta oliy ta’lim tashkilotining 59 nafar axborot-resurs markazi (ARM) xodimlari hamda 7 nafar ARM rahbarlari ishtirok etdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤3🔥2
#diqqat_tanlov

Eslatib o‘tamiz, e’lon qilingan quyidagi tanlovlarga hujjatlar qabuli davom etmoqda!


📥 Seysmologiya sohasidagi muammolarni birga hal qilamiz! Muddat: 16.07.2025

📥 “Oʻzbekiston-Xitoy” xalqaro qoʻshma Muddat: 16.06.2025

📥 “Oʻzbekiston-Belarus” xalqaro qoʻshma tanlovi Muddat: 10.06.2025

📥 “Oʻzbekiston-Xitoy” xalqaro qoʻshma tanlovi Muddat: 16.06.2025

📥 Xalqaro reyting va indekslarni birga tadqiq etamiz! Muddat: 10.07.2025

📥 ShHT: qoʻshma loyihalar tanlovi Muddat: 30.06.2025

📥 Elektrotexnika sohasidagi innovatsion loyihalar tanlovi Muddat: 01.08.2025

📥 Farmatsevtika yoʻnalishidagi amaliy loyihalar tanlovi Muddat: 15.07.2025

📥 “Oʻzbekiston-Rossiya” xalqaro qoʻshma tanlovi Muddat: 15.07.2025

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤2🔥2👏1
#KasbiyTaʼlim #XalqaroTanlov

“ProfSkills Belarus 2025”: O‘zbekiston vakillari xalqaro tanlovda ishtirok etmoqda

Joriy yilning 23-may kuni “ProfSkills Belarus 2025” VI kasbiy mahorat tanlovi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) hamda YOII+ hamkor-mamlakatlari kasbiy mahoratining ochiq chempionati boshlandi.

Ushbu nufuzli musobaqada 400 nafarga yaqin ishtirokchi 50 ta kompetensiya (kasb yo‘nalishi) bo‘yicha bellashmoqda.

Tanlov qurilish, ishlab chiqarish, muhandislik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, transport va logistika, ijtimoiy va shaxsiy xizmatlar, shuningdek, ijodiy kasblar va moda yo‘nalishlarini qamrab olgan.

O‘zbekiston vakillari – Farg‘ona, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari kasbiy ta’lim tashkilotlaridan iqtidorli o‘quvchilar ushbu chempionatda 4 ta kompetensiya bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤3🔥1👏1
#Jarayon #SportOyligi

“Imom Moturidiy kubogi” sport festivali va respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Sport – tinchlik elchisi” shiori ostida “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqalari hamda “Islom – salomatlik targ‘ibotchisi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilmoqda.

Sport festivalining ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikromov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev va akademiya professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda oliy diniy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda qo‘shiqlar, ko‘rgazmali chiqishlar va tabrik nutqlar namoyish etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/56769

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤3🔥2