👍20🔥2👏2❤1
#GullarFestivali #TurizmTaʼlim
Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi
Festivalning ochilish marosimida hukumat vakillari, xorijlik mehmonlar, sayyohlar, viloyat tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari rahbarlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda 200 dan ortiq gullar bilan bezatilgan avtomobillar ishtirokida shahar bo‘ylab avtokarvon tashkil etildi. Unda universitetlar ramzi tushirilgan avtomobillar ham qatnashib, mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Festival doirasida bir qator universitetlar o‘zlari tashkil etgan gul bog‘lari va ko‘rgazmalar bilan ishtirok etmoqda.
Jumladan, Namangan davlat universiteti, Namangan davlat texnika universiteti, Namangan davlat pedagogika instituti, Toshkent kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali, UBS, Turon, Impuls universitetlarining pavilyonlari xorijlik va mahalliy mehmonlar bilan gavjum. Shuningdek, Namangan davlat chet tillari universiteti talabalari ko‘ngilli tarjimon sifatida ishtirok etmoqda.
29-iyungacha davom etishi kutilayotgan mazkur festivalga 6 milliondan ortiq mehmonlar, jumladan, 200 mingdan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif buyurishi kutilmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍14❤5🔥3🎉2