Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#OʻqOtish #Musobaqa #Taqdirlash #SportOyligi

Oʻq otish sporti boʻyicha harbiy estafeta musobaqasining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Mudofaa vazirligi sport markazi oʻq otish bazasida Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida “O‘q otish sporti” boʻyicha harbiy estafeta musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa yoshlarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazuvchi muhim maydonga aylandi.

Estafetada 20 dan ortiq jamoa — har bir jamoa tarkibida 4 nafardan yigit-qizlar g‘oliblik uchun keskin va murosasiz kurash olib bordi.

Qizg‘in bahs va do‘stona raqobat muhitida o‘tgan musobaqa natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti jamoasi faxrli birinchi o‘rinni, O‘zbekiston milliy universiteti jamoasi 2-o‘rinni va Toshkent farmatsevtika instituti jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20🔥2❤1👏1
#XalqaroOlimpiada #Matematika

Al-Xorazmiy nomidagi III xalqaro matematika olimpiadasi tantanali tarzda ochildi

👨‍💻 27-may kuni Xorazm viloyatining “Yoshlik” sport majmuasida Al-Xorazmiy nomidagi III xalqaro matematika olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Sanʼatbek Salayev, Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlar markazi direktori o‘rinbosari Muzaffar Esonov, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda olimlar tomonidan olimpiadaning ahamiyati, matematika fanining rivojlanishidagi o‘rni va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

Mazkur olimpiada O‘zbekistonda uchinchi marotaba tashkil etilmoqda. 28–29-may kunlari bo‘lib o‘tadigan bahslarda 218 nafar ishtirokchi matematikaning eng murakkab masalalariga ijodiy yondashuv asosida yechim izlaydi. Ular orasida Braziliya, AQSh, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya kabi davlatlar hamda O‘zbekistonning yetakchi OTMlaridan vakillar bor.

📌 Olimpiadaning asosiy maqsadi — buyuk ajdodlarimizning ilm-fanga qo‘shgan hissasini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, iqtidorli yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish va matematika faniga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishdan iborat.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤7🔥2🤩1