#XalqaroOlimpiada #Matematika
Al-Xorazmiy nomidagi III xalqaro matematika olimpiadasi tantanali tarzda ochildi
👨💻 27-may kuni Xorazm viloyatining “Yoshlik” sport majmuasida Al-Xorazmiy nomidagi III xalqaro matematika olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Sanʼatbek Salayev, Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlar markazi direktori o‘rinbosari Muzaffar Esonov, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda olimlar tomonidan olimpiadaning ahamiyati, matematika fanining rivojlanishidagi o‘rni va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan ma’ruzalar qilindi.
Mazkur olimpiada O‘zbekistonda uchinchi marotaba tashkil etilmoqda. 28–29-may kunlari bo‘lib o‘tadigan bahslarda 218 nafar ishtirokchi matematikaning eng murakkab masalalariga ijodiy yondashuv asosida yechim izlaydi. Ular orasida Braziliya, AQSh, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya kabi davlatlar hamda O‘zbekistonning yetakchi OTMlaridan vakillar bor.
📌 Olimpiadaning asosiy maqsadi — buyuk ajdodlarimizning ilm-fanga qo‘shgan hissasini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, iqtidorli yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish va matematika faniga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishdan iborat.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Al-Xorazmiy nomidagi III xalqaro matematika olimpiadasi tantanali tarzda ochildi
Tadbirda so‘zga chiqqan Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Sanʼatbek Salayev, Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlar markazi direktori o‘rinbosari Muzaffar Esonov, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda olimlar tomonidan olimpiadaning ahamiyati, matematika fanining rivojlanishidagi o‘rni va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan ma’ruzalar qilindi.
Mazkur olimpiada O‘zbekistonda uchinchi marotaba tashkil etilmoqda. 28–29-may kunlari bo‘lib o‘tadigan bahslarda 218 nafar ishtirokchi matematikaning eng murakkab masalalariga ijodiy yondashuv asosida yechim izlaydi. Ular orasida Braziliya, AQSh, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya kabi davlatlar hamda O‘zbekistonning yetakchi OTMlaridan vakillar bor.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤7🔥2🤩1
#Eʼlon #Tanlov
📣 Mukofot jamg‘armasi $1 000 000 bo‘lgan “President Tech Award” tanlovi boshlandi!
“President Tech Award” tanlovi bu sizning bilim va tajribangizni namoyish etish, qolaversa, innovatsion IT yechimlar va loyihalaringizni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatdir.
Tanlov yo‘nalishlari:
🟢 Sun’iy intellekt texnologiyalari;
🟢 Ijtimoiy yo‘nalishda raqamli texnologiyalar;
🟢 Axborot va kiber xavfsizlik texnologiyalari;
🟢 Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
🟢 Kompyuter va mobil o‘yin dasturlari;
🟢 Maxsus yo‘nalish – Hakaton.
Tanlovda qatnashing, o‘z startapingizni taqdim etib, moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ling!
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish: https://awards.gov.uz/login
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“President Tech Award” tanlovi bu sizning bilim va tajribangizni namoyish etish, qolaversa, innovatsion IT yechimlar va loyihalaringizni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatdir.
Tanlov yo‘nalishlari:
Tanlovda qatnashing, o‘z startapingizni taqdim etib, moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ling!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤5🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaMinbari #XotinQizlarTaʼlimi
Bilim, maqsad va mehnat – UrDU qizlarining muvaffaqiyati siri
💗 Ushbu videorolikda Urganch davlat universitetida tahsil olayotgan iqtidorli va tashabbuskor qizlarning o‘z sohalarida erishgan yutuqlari yoritiladi. Ular orasida stipendiatlar, innovatsion loyihalar mualliflari, startap g‘oya egalari va fan olimpiadalarining g‘olibalari bor.
✅ Qizlar o‘zlari tanlagan kasb, fan va yo‘nalishda faoliyat yuritishga intilar ekan, universitet tomonidan yaratilgan imkoniyatlar – grantlar, loyihalar, ilmiy to‘garaklar, xorijiy dasturlar ularga katta yordam bermoqda.
🟢 Ularning hikoyalari boshqa yoshlarga ilhom baxsh etishiga ishonamiz.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bilim, maqsad va mehnat – UrDU qizlarining muvaffaqiyati siri
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥4🤩4❤3
#XalqaroHamkorlik #WIPO
WIPO delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
27-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikromov, Innovatsiyalar milliy ofisi bosh direktori Farhod Jumayev, WIPO bosh direktori Daren Tang va uning mintaqaviy hamda milliy rivojlanish sektori bo‘yicha o‘rinbosari Hasan Kleyb, rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar departamenti direktori Habip Asan, Kavkaz, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa boʻlimi boshligʻi Ilya Gribkov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonning Global innovatsion indeksdagi pozitsiyasi, ayniqsa intellektual mulk sohasidagi barqaror o‘sishi, shuningdek, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Tomonlar ilm-fan va innovatsiyalar ekotizimini mustahkamlash, intellektual mulk tizimini rivojlantirish va WIPO akademiyasi bilan yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

👍11🔥1🤔1
#Xushxabar #WorldSkills
⚡️ Texnikum o‘quvchilari “WorldSkills Shanxay 2026” xalqaro kasblar chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!
27-may kuni Xitoyda bo‘lib o‘tgan “Rail Vehicle Technology Skill Competition” musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning yopilish marosimida rasmiy natijalar e’lon qilindi.
Faxr bilan aytish mumkinki, Samarqand temiryo‘l texnikumi o‘quvchilari – Qodirjon Nosirov va Sherbek Eshonqulov (Uzbekidron jamoasi) xalqaro darajadagi nufuzli bahsda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu orqali ular “WorldSkills Shanxay 2026” xalqaro kasblar chempionatiga yo‘llanmani naqd qilishdi.
Musobaqada jami 40 ta jamoa ishtirok etdi. Ulardan 25 tasi saralash bosqichiga o‘tdi, jumladan 4 ta xalqaro mehmon jamoa, ularning orasida O‘zbekiston vakillari barqaror yuqori natija ko‘rsatib, xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Bu yutuq — O‘zbekiston kasbiy ta’limi tizimining jadal rivojlanayotgani va yoshlarimiz jahon andozalariga mos raqobatbardosh salohiyatga ega ekanining amaliy isbotidir.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
27-may kuni Xitoyda bo‘lib o‘tgan “Rail Vehicle Technology Skill Competition” musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning yopilish marosimida rasmiy natijalar e’lon qilindi.
Faxr bilan aytish mumkinki, Samarqand temiryo‘l texnikumi o‘quvchilari – Qodirjon Nosirov va Sherbek Eshonqulov (Uzbekidron jamoasi) xalqaro darajadagi nufuzli bahsda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu orqali ular “WorldSkills Shanxay 2026” xalqaro kasblar chempionatiga yo‘llanmani naqd qilishdi.
Musobaqada jami 40 ta jamoa ishtirok etdi. Ulardan 25 tasi saralash bosqichiga o‘tdi, jumladan 4 ta xalqaro mehmon jamoa, ularning orasida O‘zbekiston vakillari barqaror yuqori natija ko‘rsatib, xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Bu yutuq — O‘zbekiston kasbiy ta’limi tizimining jadal rivojlanayotgani va yoshlarimiz jahon andozalariga mos raqobatbardosh salohiyatga ega ekanining amaliy isbotidir.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥4❤1🎉1
#Eʼlon #Seminar
📣 “Pivot-RP: Grantlar va ilmiy resurslarni qidirish va boshqarish imkoniyatlari”
-Mazkur bazadan kimlar foydalanishi mumkin?
-Ro‘yxatdan o‘tish tartibi qanday?
-Loyihaning moliyalshtirish strategiyasi qanday?
-Xalqaro hamkorlar va grantlarni izlash?
🗣 Mutaxassislarimiz barcha savollaringizga javob berishga tayyorlar.
Buning uchun navbatdagi seminarimizda ishtirok etishingiz lozim.
Sana: 28.05.2025.
Vaqti: 11:30.
Manzil: Innovatsion rivojlanish agentligi (Universitet ko‘chasi, 7)
🛫 Ro‘yxatdan o‘tish uchun

👍7❤1🔥1