Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#XalqaroHamkorlik #WIPO

WIPO delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

27-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikromov, Innovatsiyalar milliy ofisi bosh direktori Farhod Jumayev, WIPO bosh direktori Daren Tang va uning mintaqaviy hamda milliy rivojlanish sektori bo‘yicha o‘rinbosari Hasan Kleyb, rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar departamenti direktori Habip Asan, Kavkaz, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa boʻlimi boshligʻi Ilya Gribkov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonning Global innovatsion indeksdagi pozitsiyasi, ayniqsa intellektual mulk sohasidagi barqaror o‘sishi, shuningdek, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Tomonlar ilm-fan va innovatsiyalar ekotizimini mustahkamlash, intellektual mulk tizimini rivojlantirish va WIPO akademiyasi bilan yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11🔥1🤔1
#Xushxabar #WorldSkills

⚡️Texnikum o‘quvchilari “WorldSkills Shanxay 2026” xalqaro kasblar chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!

27-may kuni Xitoyda bo‘lib o‘tgan “Rail Vehicle Technology Skill Competition” musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning yopilish marosimida rasmiy natijalar e’lon qilindi.

Faxr bilan aytish mumkinki, Samarqand temiryo‘l texnikumi o‘quvchilari – Qodirjon Nosirov va Sherbek Eshonqulov (Uzbekidron jamoasi) xalqaro darajadagi nufuzli bahsda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu orqali ular “WorldSkills Shanxay 2026” xalqaro kasblar chempionatiga yo‘llanmani naqd qilishdi.

Musobaqada jami 40 ta jamoa ishtirok etdi. Ulardan 25 tasi saralash bosqichiga o‘tdi, jumladan 4 ta xalqaro mehmon jamoa, ularning orasida O‘zbekiston vakillari barqaror yuqori natija ko‘rsatib, xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Bu yutuq — O‘zbekiston kasbiy ta’limi tizimining jadal rivojlanayotgani va yoshlarimiz jahon andozalariga mos raqobatbardosh salohiyatga ega ekanining amaliy isbotidir.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥4❤1🎉1
#Eʼlon #Seminar

📣“Pivot-RP: Grantlar va ilmiy resurslarni qidirish va boshqarish imkoniyatlari”

-Mazkur bazadan kimlar foydalanishi mumkin?
-Ro‘yxatdan o‘tish tartibi qanday?
-Loyihaning moliyalshtirish strategiyasi qanday?
-Xalqaro hamkorlar va grantlarni izlash?

🗣Mutaxassislarimiz barcha savollaringizga javob berishga tayyorlar.

Buning uchun navbatdagi seminarimizda ishtirok etishingiz lozim.

Sana: 28.05.2025.
Vaqti: 11:30.

Manzil: Innovatsion rivojlanish agentligi (Universitet ko‘chasi, 7)

🛫Ro‘yxatdan o‘tish uchun

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤1🔥1
#press_tur

Qoraqalpoq davlat universitetida press-tur tashkil etildi


Ushbu tadbirda mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, oliy o‘quv yurtlari matbuot kotiblari, universitet prorektorlari ishtirok etdi. Press-tur davomida OAV vakillari universitetda yangi qurilayotgan va foydalanishga topshirilgan talabalar turar joylari, undagi talabalarning dam olishi uchun yaratilgan infratuzilma bilan yaqindan tanishdi.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/57204

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤4🔥1
TA’ZIYA

O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Milliy universiteti Matematik analiz kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, yurtimizning taniqli matematik olimi Azimboy Sa’dullayev 2025-yil 28-may kuni, 78 yoshida vafot etdi.

Azimboy Sadullayev o‘zining boy ilmiy merosi, fidokorona mehnati, yuqori salohiyatli pedagoglik faoliyati, halolligi va insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz va xalqimiz oldida beqiyos xizmat ko‘rsatgan olim edi.

Marhum tomonidan yaratilgan ilmiy maktab, yetishtirilgan shogirdlar va olib borilgan fundamental tadqiqotlar nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham e’tirof etilgan. Olimning "Ko‘p kompleksli o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi" va "Kompleks potensiallar nazariyasi" sohasidagi ilmiy ishlari dunyo matematiklarining hurmatini qozongan.

Azimboy Sa’dullayevning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari, yaqinlari, shogirdlari va butun ilmiy jamoatchilikka chuqur hamdardligimizni bildiramiz.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati va jamoasi

Ma’lumot uchun: Janoza 2025-yil 28-may kuni, peshin namozidan so‘ng Zangiota ziyoratgohida bo‘lib o‘tadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍58😱25❤15🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Qalqon” – mas’uliyat, burch va sharaf!

🇺🇿 Shahrisabz davlat pedagogika instituti huzuridagi “Qalqon” jamoatchilik guruhi yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, tartib-intizomni mustahkamlash va sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish yo‘lida faoliyat yuritmoqda. Ularning fidoyiligi, tashabbuskorligi va ogohligi institut jamoasiga ibrat bo‘lmoqda.

📹Videorolik orqali guruh faoliyati bilan yaqindan tanishing!

#ShDPI #QalqonGuruhi #Yoshlar #TartibIntizom #HuquqbuzarliklarningOldiniOlish #Maʼnaviyat

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22❤4🔥3😁3🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_anjuman

28–29-may kunlari Andijon shahrida oʻtadigan “Oʻzbekiston – Ozarbayjon oliy taʼlim muassasalari rektorlari I forumi” boshlanish arafasida.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25🔥5❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦 #XalqaroForum

🇺🇿🇦🇿 Xalqaro forum mehmonlari tantanali kutib olindi

Ayni damda Andijon shahar Temiryoʻl vokzalida O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumi doirasida Andijon viloyatiga tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari milliy kuy-qo‘shiqlar sadosi ostida tantanali kutib olindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27👏6🎉4❤1🔥1