Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#JamoatchilikKengashi #Seminar

Vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi Jizzaxda oliy ta’limdagi dolzarb masalalarni muhokama qildi

28-may kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jamoatchilik kengashi tomonidan “Oliy taʼlim rivojini cheklovchi omillar” mavzusida ishchi seminar tashkil etildi.

Tadbirda Jizzax viloyatidagi nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, fuqarolik jamiyati faollari hamda oliy ta’lim muassasalari mutasaddilari ishtirok etdilar.

Seminar davomida oliy ta’lim tizimida korrupsiyagen holatlarni oldini olish, ta’lim sifatini oshirish hamda oshkoralikni ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤6😁3👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bino va inshootlarning zilzilabardoshliligi qanday tekshiriladi? (video)

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Bino va inshootlarni eksperimental tadqiq qilish milliy ilmiy-texnik laboratoriyasi tashkil etilgan boʻlib, ushbu laboratoriyada bino va inshootlarning zilzilabardoshligini tahlil qilish, yangi qurilish materiallarini seysmik sharoitlarda sinovdan o‘tkazish va madaniy meros obyektlarining konstruktiv xavfsizligini aniqlash imkoniyati mavjud.

Hozirgacha tadqiqotchilar tomonidan Toshkent shahri, Andijon, Jizzax, Buxoro va Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ijtimoiy, turar-joy hamda tarixiy obyektlar seysmik jihatdan tekshirilib, Qaffol ash-Shoshiy maqbarasi va boshqa madaniy meros obyektlari lazer skaner orqali 3D shaklda hujjatlashtirildi.

#ModdiyTexnikBaza #IlmiyTexnikLaboratoriya #TPU

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤2🔥2
Namangan “Akademik va yoshlar” III anʼanaviy Kongressiga mezbonlik qildi

Namangan davlat texnika universiteti va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur nufuzli tadbirda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston hamda Tojikiston Fanlar akademiyalarining 20 nafardan ortiq akademiklari, taniqli fan arboblari, respublikamizdagi oliy oʻquv yurtlari va ilmiy muassasalarining yetakchi olimlari ishtirok etdi.

Anjumanning ochilish marosimida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov videoaloqa orqali tadbir ishtirokchilarini qutladi.

Kongress sessiyalari davomida akademiklarning turli ilmiy mavzulardagi maʼruzalari tinglandi. Ularda zamonaviy ilm-fanni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Namangan davlat universiteti, Namangan davlat texnika universiteti, Namangan davlat pedagogika instituti hamda Namangan shahridagi Prezident maktabida akademiklarning talabalar va oʻquvchilar bilan ochiq muloqotlari oʻtkazildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍8🔥1
“TexVET Karyera” loyihasi doirasida O‘zbekistonda kasbga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha erishilgan natijalar taqdim etildi

28-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida amalga oshirilayotgan “TexVET Karyera” loyihasining yakuniy natijalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda GIZ vakillari, hamkor vazirliklar va mahalliy mutasaddilar loyiha yutuqlarini muhokama qilib, kasbga yo‘naltirish tizimini institutsional rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab oldilar.

#KasbiyTaʼlim #Sarhisob #TexVET

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KasbBilanTanishuv

Temir yo‘llarda texnik ekspluatatsiya va servis sohasi — bu bilim, mashaqqat va tajriba uyg‘unligi!

Bugungi kunda temir yo‘l sohasi texnik malaka, masʼuliyat va innovatsion yondashuvlarni birlashtirgan dolzarb va istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Bu sohada faoliyat yuritish uchun nafaqat texnik bilimlarga ega bo‘lish, balki chet tillarini mukammal o‘rganish hamda IT sohasidagi zamonaviy ko‘nikmalardan xabardor bo‘lish ham juda muhim.

O‘z yo‘lini shu yo‘nalishdan boshlagan yosh mutaxassislardan biri — Temir yo‘l texnikumini bitirgan, hozirda temir yo‘l stansiyasida navbatchi sifatida ishlayotgan Robiya Saidgaziyeva sohaga oid o‘z fikrlarini bildirdi (video).

Unutmang, to‘g‘ri tanlangan kasb – bu muvaffaqiyatli kelajak asosi! Siz ham o‘zingizga mos, qiziqarli va istiqbolli kasbni tanlang.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍2🔥2