Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Namangan “Akademik va yoshlar” III anʼanaviy Kongressiga mezbonlik qildi

Namangan davlat texnika universiteti va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur nufuzli tadbirda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston hamda Tojikiston Fanlar akademiyalarining 20 nafardan ortiq akademiklari, taniqli fan arboblari, respublikamizdagi oliy oʻquv yurtlari va ilmiy muassasalarining yetakchi olimlari ishtirok etdi.

Anjumanning ochilish marosimida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov videoaloqa orqali tadbir ishtirokchilarini qutladi.

Kongress sessiyalari davomida akademiklarning turli ilmiy mavzulardagi maʼruzalari tinglandi. Ularda zamonaviy ilm-fanni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Namangan davlat universiteti, Namangan davlat texnika universiteti, Namangan davlat pedagogika instituti hamda Namangan shahridagi Prezident maktabida akademiklarning talabalar va oʻquvchilar bilan ochiq muloqotlari oʻtkazildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍8🔥1
“TexVET Karyera” loyihasi doirasida O‘zbekistonda kasbga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha erishilgan natijalar taqdim etildi

28-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida amalga oshirilayotgan “TexVET Karyera” loyihasining yakuniy natijalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda GIZ vakillari, hamkor vazirliklar va mahalliy mutasaddilar loyiha yutuqlarini muhokama qilib, kasbga yo‘naltirish tizimini institutsional rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab oldilar.

#KasbiyTaʼlim #Sarhisob #TexVET

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KasbBilanTanishuv

Temir yo‘llarda texnik ekspluatatsiya va servis sohasi — bu bilim, mashaqqat va tajriba uyg‘unligi!

Bugungi kunda temir yo‘l sohasi texnik malaka, masʼuliyat va innovatsion yondashuvlarni birlashtirgan dolzarb va istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Bu sohada faoliyat yuritish uchun nafaqat texnik bilimlarga ega bo‘lish, balki chet tillarini mukammal o‘rganish hamda IT sohasidagi zamonaviy ko‘nikmalardan xabardor bo‘lish ham juda muhim.

O‘z yo‘lini shu yo‘nalishdan boshlagan yosh mutaxassislardan biri — Temir yo‘l texnikumini bitirgan, hozirda temir yo‘l stansiyasida navbatchi sifatida ishlayotgan Robiya Saidgaziyeva sohaga oid o‘z fikrlarini bildirdi (video).

Unutmang, to‘g‘ri tanlangan kasb – bu muvaffaqiyatli kelajak asosi! Siz ham o‘zingizga mos, qiziqarli va istiqbolli kasbni tanlang.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍2🔥2
Talabalar o‘rtasida Intellektual haftalik o‘tkazildi!

27-29-may kunlari Toshkent shahrida talabalar o‘rtasida “Intellektual haftalik” turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 145 ta oliy ta’lim muassasasining terma jamoalari ishtirok etgan hududiy saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 50 ta jamoa “Zakovat”, “Breyn-ring”, “Shaxsiy o‘yin” va “Zakovat Quiz” bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

➡️3 kun davom etgan haftalikning ilk kunida “Zakovat” o‘yinining 1-2-turlari, “Shaxsiy o‘yin” saralashi hamda “Breyn-ring” o‘yinining guruh va chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi.

➡️2-kunda esa “Zakovat” o‘yinining 3-4-turlari bo‘lib o‘tdi va g‘oliblar aniqlandi, shuningdek, “Shaxsiy o‘yin”ning guruh, chorak va yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi.

➡️Haftalikning so‘nggi 3-kunida esa “Shaxsiy o‘yin” va “Breyn-ring”ning finali, “Zakovat Quiz” o‘yini bo‘lib o‘tdi.


Yakunda har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi hamda Intellektual haftalikning yopilish va taqdirlash marosimida tantanali taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤4🔥3
#XalqaroLoyiha #SPHERA #ERASMUS #CBHE

SPHERE loyihasi bo‘yicha navbatdagi hisobot uchrashuvi Sloveniya Respublikasida o‘tkazilmoqda

Ayni kunlarda Sloveniyaning Maribor shahridagi Maribor universitetida ERASMUS+ “Oliy ta’lim salohiyatini oshirish” (CBHE) dasturi doirasida amalga oshirilayotgan SPHERE loyihasining navbatdagi xalqaro hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda loyiha ishtirokchilari sifatida O‘zbekistonning qator oliy ta’lim muassasalari – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali vakillari ham ishtirok etmoqda.

Uchrashuv davomida ishtirokchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar taqdim etilib, SPHERE loyihasining keyingi bosqichlari, hamkorlik doirasidagi o‘quv dasturlarini takomillashtirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha rejalar muhokama qilinmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤2🔥2
#Seminar #KasbiyTaʼlim

Texnikumlarda o‘quvchilarni kasbga tayyorlash va daromad qilishga o‘rgatilmoqda

Farg‘ona viloyatida “Texnikumlarda o‘quvchilar ishtirokida mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish orqali budjetdan tashqari mablag‘ topishni rivojlantirish” mavzusida Respublika ko‘rgazmali-amaliy seminari tashkil etildi.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari rahbarlari hamda kasbiy ta’lim muassasalari direktorlaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga texnikumlarda o‘quvchilar ishtirokida yo‘lga qo‘yilgan 60 dan ortiq yo‘nalishdagi mahsulotlar va xizmat ko‘rsatish faoliyati bo‘yicha ko‘rgazmalar namoyish etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍49❤18😱2