Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#XalqaroAnjuman

O‘zbekiston va Xitoyning tarixiy poytaxt shaharlarini saqlash va rivojlantirishga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tdi

2-iyun kuni Samarqandda “Ta’lim, fan va texnologiyalar sohasida innovatsion hamkorlik” forumi doirasida “O‘zbekiston va Xitoyning tarixiy poytaxt shaharlarini saqlash va rivojlantirish” mavzusida sessiya bo‘lib o‘tdi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil etilgan mazkur anjumanda ikki mamlakatning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, soha ekspertlari, olimlar va doktorantlar ishtirok etdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi vakili, Shensiy provinsiyasi Ta’lim boshqarmasi vakili, shuningdek universitet va institut rahbarlari nutq so‘zladi.

Tadbir davomida tomonlar madaniy meros obyektlarini saqlash, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, tarixiy shaharlarni xalqaro turizm markaziga aylantirish kabi masalalarni muhokama qilishdi.

Sessiya yakunida tomonlar O‘zbekiston va Xitoyning tarixiy poytaxt shaharlarini ilmiy asosda o‘rganish va saqlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤5
#xalqaro_hamkorlik

Amerika texnologiyalar universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi


2-iyun kuni Amerika texnologiyalar universiteti (American university of technology) va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o‘rtasida muhim ahamiyatga ega hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hujjat doirasida oliy ta’limda ilg‘or metodika va texnologiyalarni joriy etish, pedagog va rahbar kadrlar malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda hamkorlikka erishiladi.

Shuningdek, mazkur hamkorlik O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumot uchun, ushbu universitet — Amerika qo‘shma shtatlaridagi Cintana Education xalqaro tashkiloti a’zosi bo‘lib, Arizona davlat universiteti bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤7👏3🎉1
#dayjest #anjuman
#22.05.2025–02.06.2025

Oliy ta’lim muassasalarida respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etilmoqda


➖ Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Sun‘iy intellekt rivojining dunyoqarash ufqlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi;

➖Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida “Ta’lim transformatsiyasi: innovatsion texnologiyalar, yangi pedagogik va psixologik yondashuvlar hamda iqtisodiyot sohalarining strategik rivojlanish vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya;

➖O‘zbekiston Milliy universitetida “XXI asr pedagogi imiji: tarixiy meros, xalqaro tajriba, muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;

➖Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Fan, ta’lim, innovatsiyalar: tabiiy fanlar integratsiyasi hamda oziq-ovqat mahsulotlari ekologiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;

➖Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Ta’lim tizimi va boshlang‘ich ta’lim bosqichining nazariy, didaktik va metodologik innovatsion yondashuvlari: milliy va xalqaro tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;

➖O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yangi O‘zbekistonda intellektual salohiyatni yuksaltirishda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya;

➖Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Eksperemental va klinik tibbiyot integratsiyasining zamonaviy masalalari” mavzusida xalqaro-ilmiy-amaliy konferensiya;

➖Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Zamonaviy parazitologiya va ichak infeksiyalarining dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;

➖Namangan davlat texnika universitetida “To‘qimachilik – yengil sanoat – dizayn va moda industriyasi (TLIDFI) – 2025: Mamlakatimiz ishlab chiqarish salohiyatini oshirishda ishlab chiqarish korxonalarini diversifikatsiya qilish – tajriba va natijalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;

➖Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Yosh olimlar, magistr va iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatini oshirishda ularga qaratilgan kreativ g‘oyalar, yechim va takliflar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya;

➖Qo‘qon universitetida “Shaxs ma’naviyatining shakllanishida til va adabiyotning roli” mavzusida xalqaro ilmiy amaliy konferensiya;

➖Guliston davlat pedagogika institutida “Uzluksiz taʼlimda aniq fanlarni o‘qitishga oid zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya;

➖O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar” mavzusida ilmiy-texnik konferensiya;

➖Nukus davlat pedagogika institutida “Tabiiy fanlarning dolzarb masalalari” mavzusida VI xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya;

➖Namangan davlat chet tillari institutida “Zamonaviy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikda innovatsion yondashuv tamoyillari” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman;

➖Farg‘ona davlat universitetida “Raqamli dunyoda til va shaxsiyat: ta’limda muloqot madaniyati va tilning o‘rni” mavzusida ilmiy - amaliy anjuman;

➖TKTI Yangiyer filialida “Bo‘lajak muhandis-texnologlarni o‘qitishda sifat va samaradorlikni oshirish: muammo, tahlil va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman;

➖Qoʻqon davlat universitetida “Raqs san’atining dolzarb masalalari: an’ana va yangi tendensiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman;

➖Buxoro davlat texnika universitetida “Zamonaviy texnologik jarayon sifatini oshirishda metrologiyaning ahamiyati o‘sishi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman;

➖Qoraqalpoq davlat universitetida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili munosabati bilan hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari va muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi;

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍5😁1
#XalqaroForum #Samarqand #Memorandum

2-iyun kuni Samarqandda “Ta’lim, fan va texnologiyalar sohasida innovatsion hamkorlik” forumi doirasida “Xitoy tilini xalqaro miqyosda o‘qitishda sifatli rivojlanish” mavzusiga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Shensi va Tsinxay viloyatlarining ta’lim departamentlari rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoyning 20 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari va ta’lim siyosatini shakllantiruvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya davomida tomonlar xitoy tilini o‘qitish sifatini oshirish, xitoyshunos kadrlar tayyorlash, madaniy almashinuvni kengaytirish va ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirishga oid qator kelishuvlarga erishdilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍3
#Targʻibot #Turizm #Taʼlim #XalqaroHamkorlik
Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi Eronda O‘zbekistonning madaniy merosini namoyish etdi

Oliygoh delegatsiyasining mazkur davlatga safari doirasidagi asosiy tadbirlardan biri — Tehron shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasida tashkil etilgan “O‘zbekiston — bebaho madaniy meros” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘ldi.

Shuningdek, xizmat safari doirasida Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin olgan, Tehron shahridagi Sharif texnologiya, Eron fan va texnologiyalar hamda Xo‘ja Nasiruddin Tusi texnologiya universitetlariga tashrif buyurdi.

📹 Batafsil videolavhada

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍3🔥1