Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Targʻibot #Turizm #Taʼlim #XalqaroHamkorlik
Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi Eronda O‘zbekistonning madaniy merosini namoyish etdi

Oliygoh delegatsiyasining mazkur davlatga safari doirasidagi asosiy tadbirlardan biri — Tehron shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasida tashkil etilgan “O‘zbekiston — bebaho madaniy meros” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘ldi.

Shuningdek, xizmat safari doirasida Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin olgan, Tehron shahridagi Sharif texnologiya, Eron fan va texnologiyalar hamda Xo‘ja Nasiruddin Tusi texnologiya universitetlariga tashrif buyurdi.

📹 Batafsil videolavhada

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍3🔥1
#XalqaroForum #Samarqand #Muhandislik #Memorandum

O‘zbekiston va Xitoy muhandislik sohasida ta’lim va kadrlar tayyorlash yo‘nalishida hamkorlikni kuchaytirmoqda

2-iyun kuni Samarqandda “Ta’lim, fan va texnologiyalar sohasida innovatsion hamkorlik” forumi doirasida “Muhandislik sohasida ta’lim va kadrlar tayyorlashda hamkorlik” mavzusida xalqaro sessiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabboyev, Shensi viloyati ta’lim departamenti rahbari Van Shushen, shuningdek O‘zbekiston va Xitoyning oliy ta’lim va kasbiy-texnik ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda sanoat vakillaridan iborat 50 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤13🔥7👏1
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor Tursunaliyev Ilhomjon Ahmedovich Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.

Ilhomjon Tursunaliyev 1971-yilda Farg‘ona viloyatida tavallud topgan.1996-yil Farg‘ona davlat universitetining jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat yo‘nalishini tamomlagan.

2006–2015-yillarda Farg‘ona Olimpiya zaxiralari kolleji direktori, 2015-yildan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍33❤18🔥2🎉1🤩1
#QonunchilikYangiliklari

Oylik, pensiya, stipendiya va nafaqalar oshiriladi

“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.


Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan pensiya va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari 10 foizga oshiriladi.

Bunda:
🔹 yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 so‘m;
🔸 nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 so‘m;

✔️ kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
🟢3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun – 275 000 so‘m;
🟢oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 165 000 so‘m;
🟢oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 110 000 so‘m;
🟢kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 so‘m etib belgilandi.

🗓 2025-yil 1-avgustdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.

🗓 2025-yil 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 000 so‘m etib belgilandi.

🗓 2025-yil 1-avgustdan:
🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so‘m;
🔸bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m etib belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤14🔥5👏2😁2
#fan_olimpiadasi

Bitiruvchi bosqich talabalari uchun respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichlari joriy yil iyun oyida o‘tkaziladi.


Fanlar va ularning o‘tkazilish joylari:

💻Informatika va axborot texnologiyalari
📆Sana: 10–11-iyun kunlari
📍Joyi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

🧪Kimyo
📆Sana: 10–12-iyun kunlari
📍Joyi: Termiz davlat universiteti

🧬Biologiya
📆Sana: 12–13-iyun kunlari
📍Joyi: Jizzax davlat pedagogika universiteti

🌡Fizika
📆Sana: 17–19-iyun kunlari
📍Joyi: Andijon davlat universiteti

☝️ Eslatma, fan olimpiadasi g‘oliblari magistratura 🧑🏻‍🎓bosqichiga imtihonsiz kirish huquqini qo‘lga kiritadilar.

📲Qo‘shimcha maʼlumot uchun: +99890 345-99-97

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25👍5🔥3😁1🤔1
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga nufuzli xalqaro mukofot topshirildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Iordaniya qiroli Abdulloh II nomidagi “Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi – 2025” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Iordaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Demiya Zuhayr Haddod bu mukofot O‘zbekistonning dinlararo bag‘rikenglikka oid siyosati xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganining yaqqol isboti ekanini ta’kidladi. Elchi mazkur mukofotni Akademiya rektori Muzaffar Komilovga tantanali ravishda topshirdi.

Ushbu mukofot 2010-yilda Podshoh Abdulloh II ibn Al-Husayn tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasida ta’sis etilgan bo‘lib, har yili fevral oyining birinchi haftasida o‘tkaziladigan dinlararo muloqotni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi tadbirlar mualliflariga beriladi.

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi 2025-yilgi haftalik doirasida “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” shiori ostida bir qator ilmiy, madaniy va sport tadbirlarini muvaffaqiyatli tashkil etdi. Xususan, xalqaro seminarlar, talabalar anjumani, videorolik tanlovi, sahna ko‘rinishlari, madaniy chiqishlar va konfessiyalararo sport musobaqalari o‘tkazildi.

Batafsil: iiau.uz/oz/news/4045

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍3🔥2🤩2🎉1