Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor Tursunaliyev Ilhomjon Ahmedovich Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.

Ilhomjon Tursunaliyev 1971-yilda Farg‘ona viloyatida tavallud topgan.1996-yil Farg‘ona davlat universitetining jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat yo‘nalishini tamomlagan.

2006–2015-yillarda Farg‘ona Olimpiya zaxiralari kolleji direktori, 2015-yildan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍33❤18🔥2🎉1🤩1
#QonunchilikYangiliklari

Oylik, pensiya, stipendiya va nafaqalar oshiriladi

“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.


Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan pensiya va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari 10 foizga oshiriladi.

Bunda:
🔹 yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 so‘m;
🔸 nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 so‘m;

✔️ kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
🟢3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun – 275 000 so‘m;
🟢oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 165 000 so‘m;
🟢oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 110 000 so‘m;
🟢kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 so‘m etib belgilandi.

🗓 2025-yil 1-avgustdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.

🗓 2025-yil 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 000 so‘m etib belgilandi.

🗓 2025-yil 1-avgustdan:
🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so‘m;
🔸bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m etib belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤14🔥5👏2😁2
#fan_olimpiadasi

Bitiruvchi bosqich talabalari uchun respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichlari joriy yil iyun oyida o‘tkaziladi.


Fanlar va ularning o‘tkazilish joylari:

💻Informatika va axborot texnologiyalari
📆Sana: 10–11-iyun kunlari
📍Joyi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

🧪Kimyo
📆Sana: 10–12-iyun kunlari
📍Joyi: Termiz davlat universiteti

🧬Biologiya
📆Sana: 12–13-iyun kunlari
📍Joyi: Jizzax davlat pedagogika universiteti

🌡Fizika
📆Sana: 17–19-iyun kunlari
📍Joyi: Andijon davlat universiteti

☝️ Eslatma, fan olimpiadasi g‘oliblari magistratura 🧑🏻‍🎓bosqichiga imtihonsiz kirish huquqini qo‘lga kiritadilar.

📲Qo‘shimcha maʼlumot uchun: +99890 345-99-97

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25👍5🔥3😁1🤔1
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga nufuzli xalqaro mukofot topshirildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Iordaniya qiroli Abdulloh II nomidagi “Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi – 2025” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Iordaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Demiya Zuhayr Haddod bu mukofot O‘zbekistonning dinlararo bag‘rikenglikka oid siyosati xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganining yaqqol isboti ekanini ta’kidladi. Elchi mazkur mukofotni Akademiya rektori Muzaffar Komilovga tantanali ravishda topshirdi.

Ushbu mukofot 2010-yilda Podshoh Abdulloh II ibn Al-Husayn tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasida ta’sis etilgan bo‘lib, har yili fevral oyining birinchi haftasida o‘tkaziladigan dinlararo muloqotni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi tadbirlar mualliflariga beriladi.

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi 2025-yilgi haftalik doirasida “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” shiori ostida bir qator ilmiy, madaniy va sport tadbirlarini muvaffaqiyatli tashkil etdi. Xususan, xalqaro seminarlar, talabalar anjumani, videorolik tanlovi, sahna ko‘rinishlari, madaniy chiqishlar va konfessiyalararo sport musobaqalari o‘tkazildi.

Batafsil: iiau.uz/oz/news/4045

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍3🔥2🤩2🎉1
#Eslatma

🇺🇸 iTEP imtihoni uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda👈

📢 Attanal Alarabi imtihoni uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍2🔥1
#XalqaroEʼtirof #Akkreditatsiya #ASIIN

Endi TATUning 6 ta ta’lim dasturi bo‘yicha olingan diplomlar butun dunyo bo‘ylab tan olinadi

Germaniyaning nufuzli xalqaro akkreditatsiya agentligi – ASIIN tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)ning quyidagi 6 ta ta’lim dasturi akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tkazildi:

🟢Kompyuter injiniringi;
🟢Dasturiy injiniring;
🟢Telekommunikatsiya texnologiyalari;
🟢Televizion texnologiyalar;
🟢Infokommunikatsiya injiniringi;
🟢Sun’iy intellekt.

Endilikda mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha olingan diplomlar butun dunyo bo‘ylab tan olinadi. Bu esa, talabalarga xorijiy universitetlarda magistratura va PhD bosqichlarida tahsil olish, shuningdek, yirik IT kompaniyalarda faoliyat yuritish imkonini beradi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42❤14🔥3😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali #KelajakkaQadam

O‘qishni tamomlayapsiz… daromadga ega bo‘lishni istaysiz? G‘oya bor-u, sarmoya yo‘q. Siz albatta borishingiz kerak bo‘lgan manzil bu Kelajakka qadam markazi.

📹Negaligini video orqali bilib olishingiz mumkin

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon #Taqdirlash #Sport

Andijon davlat chet tillari instituti qayta tashkil etilganligining 3 yilligi munosabati bilan Andijon shahridagi muhtasham “Universal” sport majmuasida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida mini-futbol bo‘yicha “ASIFL LEAGUE–2025” chempionatining so‘nggi — hal qiluvchi ikki uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvlarni sharhlab borish uchun taklif etilgan taniqli sport sharhlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzayev o‘zining jonli tahlillari va hayajonli chiqishlari bilan o‘yinlarga alohida ruh bag‘ishladi.

Tadbir yakunida “ASIFL LEAGUE–2025” chempionati hamda “Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida o‘tkazilgan sport musobaqalarining g‘olib va sovrindorlari ham taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍9🎉3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaMinbari #XotinQizlarTaʼlimi

Qiz bola o‘qishi shart emas degan stereotip tarixda qoldi

Oliy ta’lim dargohi menga faqat bilim emas, balki ishonch, mas’uliyat va muntazam o‘z ustimda ishlash odatini berdi.

Qizlar o‘qishi shart, chunki ular kelajak onalari, muallimalar va ilmiy yetakchilaridir.


Namangan davlat pedagogika instituti talaba-qizlari ILM YO‘LINI tanlaydi. Siz-chi?!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤8🔥7🎉2🥰1