Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga nufuzli xalqaro mukofot topshirildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Iordaniya qiroli Abdulloh II nomidagi “Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi – 2025” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Iordaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Demiya Zuhayr Haddod bu mukofot O‘zbekistonning dinlararo bag‘rikenglikka oid siyosati xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganining yaqqol isboti ekanini ta’kidladi. Elchi mazkur mukofotni Akademiya rektori Muzaffar Komilovga tantanali ravishda topshirdi.

Ushbu mukofot 2010-yilda Podshoh Abdulloh II ibn Al-Husayn tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasida ta’sis etilgan bo‘lib, har yili fevral oyining birinchi haftasida o‘tkaziladigan dinlararo muloqotni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi tadbirlar mualliflariga beriladi.

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi 2025-yilgi haftalik doirasida “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” shiori ostida bir qator ilmiy, madaniy va sport tadbirlarini muvaffaqiyatli tashkil etdi. Xususan, xalqaro seminarlar, talabalar anjumani, videorolik tanlovi, sahna ko‘rinishlari, madaniy chiqishlar va konfessiyalararo sport musobaqalari o‘tkazildi.

Batafsil: iiau.uz/oz/news/4045

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍3🔥2🤩2🎉1
#Eslatma

🇺🇸 iTEP imtihoni uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda👈

📢 Attanal Alarabi imtihoni uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍2🔥1
#XalqaroEʼtirof #Akkreditatsiya #ASIIN

Endi TATUning 6 ta ta’lim dasturi bo‘yicha olingan diplomlar butun dunyo bo‘ylab tan olinadi

Germaniyaning nufuzli xalqaro akkreditatsiya agentligi – ASIIN tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)ning quyidagi 6 ta ta’lim dasturi akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tkazildi:

🟢Kompyuter injiniringi;
🟢Dasturiy injiniring;
🟢Telekommunikatsiya texnologiyalari;
🟢Televizion texnologiyalar;
🟢Infokommunikatsiya injiniringi;
🟢Sun’iy intellekt.

Endilikda mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha olingan diplomlar butun dunyo bo‘ylab tan olinadi. Bu esa, talabalarga xorijiy universitetlarda magistratura va PhD bosqichlarida tahsil olish, shuningdek, yirik IT kompaniyalarda faoliyat yuritish imkonini beradi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42❤14🔥3😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali #KelajakkaQadam

O‘qishni tamomlayapsiz… daromadga ega bo‘lishni istaysiz? G‘oya bor-u, sarmoya yo‘q. Siz albatta borishingiz kerak bo‘lgan manzil bu Kelajakka qadam markazi.

📹Negaligini video orqali bilib olishingiz mumkin

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon #Taqdirlash #Sport

Andijon davlat chet tillari instituti qayta tashkil etilganligining 3 yilligi munosabati bilan Andijon shahridagi muhtasham “Universal” sport majmuasida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida mini-futbol bo‘yicha “ASIFL LEAGUE–2025” chempionatining so‘nggi — hal qiluvchi ikki uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvlarni sharhlab borish uchun taklif etilgan taniqli sport sharhlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzayev o‘zining jonli tahlillari va hayajonli chiqishlari bilan o‘yinlarga alohida ruh bag‘ishladi.

Tadbir yakunida “ASIFL LEAGUE–2025” chempionati hamda “Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida o‘tkazilgan sport musobaqalarining g‘olib va sovrindorlari ham taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍9🎉3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaMinbari #XotinQizlarTaʼlimi

Qiz bola o‘qishi shart emas degan stereotip tarixda qoldi

Oliy ta’lim dargohi menga faqat bilim emas, balki ishonch, mas’uliyat va muntazam o‘z ustimda ishlash odatini berdi.

Qizlar o‘qishi shart, chunki ular kelajak onalari, muallimalar va ilmiy yetakchilaridir.


Namangan davlat pedagogika instituti talaba-qizlari ILM YO‘LINI tanlaydi. Siz-chi?!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤8🔥7🎉2🥰1
#Eʼlon #Tanlov

📣 Diqqat! Xalqaro tanlovga arizalar qabul qilinmoqda!

O‘zbekiston va Rossiya talabalari o‘rtasida “Tovarlar va xizmatlar savdosini rivojlantirish” mavzusida xalqaro tanlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu tanlov Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi hamda Butunjahon tashqi savdo akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

📌 Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
Ijtimoiy-iqtisodiy, menejment va yuridik sohalarning bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari.

🗓 Arizalar qabul qilish muddati: 2025-yil 11-iyun

Batafsil ma’lumot va taqdimot shakli bilan tanishish uchun havola:
👉 https://rouz.vavt.ru

Aloqa uchun:
🔹 @nctms

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍7🤔2🔥1🤩1
Edu.uz pinned a photo
3️⃣3️⃣3️⃣

🎓Sankt-Peterburg davlat universitetining Toshkent filialida qabul boshlandi


✅🗓 Hujjat topshirish muddati 25-iyulga qadar davom etadi.

🌐 Ariza topshirish: faqat onlayn
https://application.spbu.ru/ sayti orqali

💼 Hujjatlar quyidagicha ketma-ketlikda qabul qilinadi: https://t.me/SPBU_FT/1095

💬 Aloqa uchun:
+998 97 735 48 05
+998 93 742 88 99
+998 99 573 49 83

📌Toshkent sh, Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 16-uy (“Oybek” metro bekati yaqinida)

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🔥1👏1
#Medialoyiha #Podkast

👍 Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yoshlar rivoji va faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ikkita yangi podkast loyihasi yo‘lga qo‘yilgan:

👩 “Qizlar gapirsin” — gender tengligi, ayollar huquqlari va shaxsiy rivojlanish mavzulari atrofida ochiq muloqot. Mehmonlar orasida psixologlar, faollar va talabalar.

🏆 “Muvaffaqiyat sari” — turli sohalarda yutuqlarga erishgan insonlar bilan suhbatlar. Maqsad: yoshlarga ilhom va motivatsiya berish.

🔗 Podkastlar universitetning rasmiy YouTube sahifasida: @TSUULLPodcast

Bu loyihalar yoshlarning intellektual va ruhiy rivojiga xizmat qiluvchi ochiq, samimiy va motivatsion muloqot maydoniga aylangan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21🔥3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb90kun #Turizm #Yoshlar #Memorandum

Talaba yoshlar turizm festivali Samarqand va Navoiyni birlashtirmoqda

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan Navoiy davlat universiteti hamda Navoiy konchilik va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda “Navoiyga sayohat karvoni: yoshlar turizm festivali, etnosport va interaktiv o‘yinlar” mavzusida talaba yoshlar turizm festivali tashkil etildi.

Tadbir doirasida dastlab ilmiy seminar tashkil etilib, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan Navoiy viloyatining Nurota, Xatirchi va Qiziltepa tumanlarining turistik salohiyatini oshirish boʻyicha qilingan amaliy ishlar taqdimot qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida ikki oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalari tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, etnosport oʻyinlari, futbol musobaqasi, interaktiv va intellektual oʻyinlar oʻtkazildi.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti va Navoiy davlat universitetlari oʻrtasida yoshlar memorandumi imzolanib, oliygohlarda oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari, intellektual loyihalarda hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤19🔥9👍8🎉8🤩4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon #Tanlov

📣 Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025-yil 1-ochiq stipеndiya tanlovini e’lon qildi

1-ochiq stipendiya tanlovi uchun jami 450 ta o‘rin ajratilgan:
🔘bakalavriat - 130 ta o‘rin;
🔘magistratura - 220 ta o‘rin;
🔘doktorantura - 100 ta o‘rin.

Nomzodlarga hujjat topshirish jarayonida yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Jamg‘arma tomonidan el-yurt.uz onlayn platformasi ishga tushirildi.

🗓 Nomzodlar joriy yilning 3-iyunidan 16-iyuniga qadar mazkur platforma orqali tegishli hujjatlarni yuborib, tanlovga nomzod sifatida qatnashishlari mumkin.

Tanlovga oid barcha ma’lumotlar eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi.

Murojaat uchun:
📞 (71) 203-00-47, (71) 203-00-49
🔹 @Eyufmatbuot

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥4👍2🥰1👏1