Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaMinbari #XotinQizlarTaʼlimi

Ayol — bu hayotga ruh baxsh etuvchi kuch, mehrning manbai, ilhomning timsoli. Uning nozik qo‘llarida nafaqat beshik, balki kelajak, taraqqiyot va butun jamiyat tebranadi.


🔹Bugun ayollar texnika va texnologiyalar olamida ham o‘z o‘rnini topgan. Biz endi tomoshabin emasmiz — biz yaratuvchimiz, ilg‘or g‘oyalar muallifi va texnologik yutuqlarning bevosita ishtirokchisimiz.

✨Mexanika va mashinasozlikdan tortib, sun’iy intellektgacha...
Qurilish muhandisligidan to‘qimachilik dizayni va energiya yechimlarigacha — ayollar har bir texnik sohada o‘z izini qoldirmoqda!

Biz — Farg‘ona davlat texnika universitetining jasoratli, kreativ va intiluvchan qizlarimiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍6👏2🎉2🤩1
Vazir Bektemir tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yigʻilish oʻtkazdi

5-iyun kuni Toshkent shahri Bektemir tumani hokimligida “Dolzarb 90 kun” loyihasini amalga oshirish doirasida oʻquvchi va uyushmagan yoshlarni yozgi taʼtil davrida mazmunli bandligini taʼminlash maqsadida keng miqyosdagi yigʻilish tashkil etildi.

Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Bektemir tumani hokimi Nurilla Abdurahmanov, bir qator oliy taʼlim muassasalari rahbarlari hamda tegishli tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Prezident tashabbusi bilan boshlangan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida aholi, ayniqsa, oʻquvchi va yoshlarning yozgi taʼtil davrida boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish, ularning qiziqish va isteʼdodlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat turlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

#Dolzarb90kun #TopshiriqIjrosi #Vazir

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
3👍17🔥5🤔2😱2😁1
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigini yo‘lladi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤9🔥1
TDIU talabasi Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi fakulteti 1-bosqich talabasi Shahzodbek Pirmatov 2025-yil 25–26-may kunlari o‘tkazilgan Taekvondo GTF bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida 70 kg vazn toifasida ishtirok etib, chempionlik kamariga sazovor bo‘ldi.

Ushbu yutuq tufayli Shahzodbek Pirmatov 2025-yil iyul oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan Taekvondo GTF bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.


#Sport #Taekvondo #Jahonchempionati
Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤13🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Dolzarb 90 kun” doirasida Andijon viloyatida mini futbol musobaqasi tashkil etildi

Prezidentning 2023-yil 7-apreldagi PQ–115-sonli qarori hamda 2025-yil 1-iyundan e’lon qilingan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Qo‘qon universiteti Andijon filialida yirik sport musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa Andijon viloyatidagi barcha umumta’lim maktablarining 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida mini futbol yo‘nalishida tashkil etildi.

📌 Maktab, tuman va viloyat bosqichlarini qamrab olgan ushbu musobaqada 800 ga yaqin maktabning 6 mingdan ortiq o‘quvchilari ishtirok etdi. Unda 500 dan ortiq o‘yin o‘tkazildi.

🏆 Musobaqa natijalari:
1-o‘rin — Andijon shahar, 56-maktab jamoasi
2-o‘rin — Oltinko‘l tumani, 30-maktab jamoasi
3-o‘rin — Jalaquduq tumani, 13-maktab jamoasi

G‘olib jamoalar zamonaviy noutbuklar, planshetlar hamda ta’lim muassasalari uchun elektron doskalar bilan taqdirlandi.

🎉 Tadbir yakunida esa mashhur san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍5🔥1
DIQQAT, E’LON!

🇺🇿 O‘zbekistonda ilk bor Kinomaktab tashkil etildi. Mazkur kinomaktab Kinematografiya agentligi tasarrufidagi O‘zbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, kinematografiya sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni maqsad qilgan.

🎬 Maktab “Tirik tarix” dasturi doirasida ishlab chiqiladigan filmlar uchun quyidagi yo‘nalishlarda mutaxassislarni bepul tayyorlash yuzasidan 2025 yil uchun qabul e’lon qiladi:

✔️ “Kino rejissura”
✔️ “Kaskadyorlik mahorati”
✔️ “Grimmyorlik”
✔️ “Animatsiya”
✔️ “Operatorlik mahorati”
✔️ “Montaj”
✔️ “Prodyuserlik”
✔️“Kinoda ovoz rejissurasi”

📼 Barcha darslar “O‘zbekfilm” Kinokonserni” DUKning tashkiliy va amaliy imkoniyatlari negizida amalga oshiriladi.

✍️ Kinomaktab bitiruvchilariga mamlakatimiz kinokompaniyalari va kinostudiyalarida “Tirik tarix” dasturi doirasida ishlab chiqilishi rejalashtirilgan filmlarda faoliyat olib borishlari uchun yo‘llanma beriladi!

📌 Hujjatlar joriy yilning 2- iyunidan 30- iyuniga qadar Oʻzbekistin Milliy kino sanʼati saroyida (sobiq Ponarama) binosida soat 14-00 dan 18-00 ga qadar qabul qilinadi.

🔗 BATAFSIL 🖥
📲 +998 90 944 77 81
📲 +998 97 460 40 80
✔️ Telegram

✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook
📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍3🔥3
TARIXIY G‘ALABA!!!

🇺🇿Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoamiz Birlashgan Arab Amirliklari bilan mehmondagi o‘yinda qimmatli bir ochkoni qo‘lga kiritib, o‘z tarixida ilk bora to‘g‘ridan to‘g‘ri JAHON CHEMPIONATI yo‘llamasiga ega bo‘ldi!

🏆
Biz mundialdamiz! Salom, Mundial-2026! 🤝

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤108👍43🔥23👏7🤩4
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga tabrik

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍58❤26👏9🔥8🥰4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar, hurmatli ilm-fan sohasi vakillari!

Sizlarni aziz va mo‘tabar bayram — Qurbon hayiti munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.

Bu muqaddas ayyom har bir yurtdoshimizning qalbida mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlab, jamiyatimizda o‘zaro hamjihatlik va totuvlik muhitini yanada mustahkamlaydi.

Bugungi kunda yurtimizda davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ilm-fan va innovatsion taraqqiyotga qaratilgan yuksak e’tibor, ayniqsa, yosh avlodga yaratib berilayotgan imkoniyatlar yurtimiz kelajagi porloq bo‘lishiga mustahkam zamin yaratmoqda. Ushbu ezgu jarayonda siz, aziz ustozlar, olimlar va talaba-yoshlarning hissasi beqiyosdir.

Yana bir bor Qurbon hayiti bayrami bilan barchangizni samimiy muborakbod etar ekanmiz, har bir xonadonga tinchlik, fayz-u baraka, sog‘lik-salomatlik va baxt-saodat tilaymiz.

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤17🔥17👍8👏2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Xalqimiz azal-azaldan bir-biriga tayanch bo‘lib, mehr-muruvvat ko‘rsatib yashashni odamiylikning oliy mezoni deb bilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍10🔥4
🟦🟦🟦 🟦🟦

🎮 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionati o‘tkaziladi!

🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionatini e’lon qiladi

🔫 Chempionat “Dota2”, “CS2”, “FC25” o‘yinlari hamda “Just Dance” fijital raqs bo‘yicha 3 bosqichda tashkil etiladi.

✅1-bosqich: OTM bosqichi. 9-iyundan 14-iyunga qadar Respublikamizdagi barcha oliygohlarda tashkil etiladi.
✅2-hududiy bosqich: OTM bosqichi g‘oliblari o‘rtasida 16-iyundan 21-iyungacha o‘tkaziladi. Ushbu bosqich g‘oliblari yakuniy final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
✅3-Respublika bosqichi: 23-25-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida tashkil etiladi.

➡️ Tanlov nizomini o‘qish
Texnik reglamentlarni yuklab olish:
➡️Dota2 |➡️CS2 |➡️FC25|➡️Just Dance

Chempionat rasmiy sahifalari:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram

🏆 Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan I, II va III darajali medallar, tanlov chempioniga maxsus kubok va quyidagi tartibda pul mukofotlari topshiriladi:

➡️“Dota2”, “CS2” jamoaviy o‘yinlari — 1-o‘ringa 60 million so‘m, 2-o‘ringa 36 million so‘m va 3-o‘ringa 24 million so‘m.
➡️“FC25” yakkalik o‘yini — 1-o‘ringa 10 million so‘m, 2-o‘ringa 6 million so‘m va 3-o‘ringa 4 million so‘m.
➡️“Just Dance” qizlar juftligi — 1-o‘ringa 20 million so‘m, 2-o‘ringa 12 million so‘m va 3-o‘ringa 8 million so‘m.


⚡️Kibersportga qiziquvchi barcha talabalarni “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionatida ishtirok etishga taklif qilamiz! Ishtirok etish uchun o‘zingiz tahsil olayotgan oliygohning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha mas’ullariga murojaat qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤28👍14😁6🔥2🤩2