Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.77K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Kimyo #Olimpiada #Final

Respublika olimpiadasida kimyogar bitiruvchilarning salohiyati sinovdan o‘tmoqda


Termiz davlat universitetida Kimyo fanidan Respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada yurtimizning 23 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari va ularning ilmiy rahbarlari ishtirok etmoqda.

Yakuniy bosqichda 60 nafarga yaqin iqtidorli yoshlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Olimpiada ikki bosqichda tashkil etilgan:
1️⃣ Yozma ish – ishtirokchilarning nazariy bilimlarini baholovchi 2 soatlik test (maksimal 50 ball);
2️⃣ Laboratoriya amaliyoti – talabalarning amaliy ko‘nikmalarini aniqlovchi bosqich (maksimal 50 ball).

G‘oliblar har ikki bosqich yakunlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi orasidan aniqlanadi. Ular Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining diplomi bilan taqdirlanadi hamda magistratura bosqichida davlat granti asosida o‘qish huquqini qo‘lga kiritadi.

Alohida qayd etish joizki, bugungi kunda Termiz davlat universiteti ilm va amaliy tajriba uyg‘unlashgan markazga aylangan. Universitetda 165 dan ortiq zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan 9 ta kimyo laboratoriyasi, 720 o‘rinli ilmiy markaz hamda 6 ta zamonaviy ilmiy laboratoriya faoliyat yuritmoqda.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18🔥4👍3👏1
#diqqat_tanlov

🟦🟦🟦

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan JST va JICA bilan hamkorlikda SATREPS-2020 dasturi doirasida O‘zbekiston-Yaponiya o‘rtasida xalqaro qo‘shma tanlovi eʼlon qilinmoqda.

Tanlovga bajarilishi ikki yilga mo‘ljallangan quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha innovatsion loyihalar qabul qilinadi:

⬇️Qishloq xo‘jaligi fanlari;
⬇️Yer to‘g‘risidagi fanlar;
⬇️Veterinariya va chorvachilik fanlari;
⬇️O‘rmon xo‘jaligi, tuproqshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish fanlari;
⬇️Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi fanlari.

Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (Loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yilning 10-iyuliga qadar (shu kuni ham 23:55gacha) faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

☎️ Ma’lumot uchun telefon: 71 203-32-23 (537 / 132 / 413).

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍4🔥1
#YoshlarBandligi #KelajakkaQadam

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida Andijon davlat chet tillari institutida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

Jumladan, shu kunga qadar 42 nafar bitiruvchi yoshlarga 495 million soʻm pul banklar tomonidan ajratilib, ayni vaqtda ular oʻz bizneslarini yoʻlga qoʻydilar (video).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤6🔥1
🇺🇿 G‘ALABA MUBORAK BO‘LSIN!

O‘zbekiston milliy terma jamoamiz Jahon chempionati saralashini Qatar ustidan yirik 3:0 hisobda g‘alaba qozonib muvaffaqiyatli yakunladi.

Mazkur o‘yinga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham tashrif buyurdi.

Ayni daqiqalarda davlatimiz rahbari terma jamoamiz a’zolarini taqdirlamoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤92🔥40👏26😁8🥰4
#XalqaroAnjuman

Germaniyada o‘tkazilgan xalqaro anjuman ayollar faoliyatining fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi ahamiyatiga bag‘ishlandi


O‘zbekistonning Germaniyadagi Elchixonasida tadbirkor ayollarning jamiyatdagi roli va ulardan kutayotgan yutuqlar haqida anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ayollar faoliyatining fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi ahamiyati muhokama qilindi.

Anjumanda mamlakatimizdan arxitektura sohasida faoliyat yurituvchi muhandis-olima, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti dotsenti Nilufar To‘xboyeva ilmiy ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. O‘zbekistonda ilmiy ish olib borayotgan olimalarning xalqaro tajribalari e’tirof etildi. Germaniyadagi o‘zbekistonlik olimalar bilan tajriba almashish imkoniyatlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Tadbirda zamonaviy arxitektura va raqamli texnologiyalar sohasidagi ilmiy faoliyatlar, shuningdek, arxitektura merosini muhofaza qilish masalalari yoritildi. O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida ilmiy hamkorlikni kuchaytirish va yangi tadqiqot yo‘nalishlarini rivojlantirish rejalari ko‘rib chiqildi.

Ushbu anjuman tadbirkor ayollar va olimlar uchun o‘zaro tajriba almashish imkoniyatini yaratdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤13🎉5👏4👍2🔥1
#Mirziyoyev #tashrif #Bolgariya #muzokara

10-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radevning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston bilan Bolgariya o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Xususan, gumanitar aloqalarni, shu jumladan akademik va ilmiy almashinuvlarni faollashtirish, joriy yilda Andijon shahrida yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uchrashuvini o‘tkazish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍8🔥1🎉1