Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.77K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#XalqaroAnjuman

Germaniyada o‘tkazilgan xalqaro anjuman ayollar faoliyatining fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi ahamiyatiga bag‘ishlandi


O‘zbekistonning Germaniyadagi Elchixonasida tadbirkor ayollarning jamiyatdagi roli va ulardan kutayotgan yutuqlar haqida anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ayollar faoliyatining fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi ahamiyati muhokama qilindi.

Anjumanda mamlakatimizdan arxitektura sohasida faoliyat yurituvchi muhandis-olima, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti dotsenti Nilufar To‘xboyeva ilmiy ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. O‘zbekistonda ilmiy ish olib borayotgan olimalarning xalqaro tajribalari e’tirof etildi. Germaniyadagi o‘zbekistonlik olimalar bilan tajriba almashish imkoniyatlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Tadbirda zamonaviy arxitektura va raqamli texnologiyalar sohasidagi ilmiy faoliyatlar, shuningdek, arxitektura merosini muhofaza qilish masalalari yoritildi. O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida ilmiy hamkorlikni kuchaytirish va yangi tadqiqot yo‘nalishlarini rivojlantirish rejalari ko‘rib chiqildi.

Ushbu anjuman tadbirkor ayollar va olimlar uchun o‘zaro tajriba almashish imkoniyatini yaratdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤13🎉5👏4👍2🔥1
#Mirziyoyev #tashrif #Bolgariya #muzokara

10-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radevning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston bilan Bolgariya o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Xususan, gumanitar aloqalarni, shu jumladan akademik va ilmiy almashinuvlarni faollashtirish, joriy yilda Andijon shahrida yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uchrashuvini o‘tkazish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍8🔥1🎉1
Navoiyda Xinwey instituti hamda “Smart xitoy tili ta’lim markazi” ochildi

Navoiy davlat universiteti va Xitoyning “Geely Holding” korporatsiyasi oʻrtasida tuzilgan xalqaro hamkorlik shartnomasiga asosan, bugun universitetda Xinwey instituti hamda “Smart xitoy tili ta’lim markazi” ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Navoiy davlat universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, Xitoyning yetakchi kompaniyalari – “Geely Talent Development Group” hamda “Geely Auto Group” raisi, kompaniya vakillari hamda investorlar ishtirok etdi.

😀Batafsil: https://nsuni.uz/new/

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤27👍10🔥5🤔4😁1
👍👍👍👍👍🕸

📱 Ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalaning.

✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentning telefon raqami ma’lumotlarni tasdiqlash vositasi hisoblanadi.

✍️ Bunda ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi va SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

📵 Ro‘yxatdan o‘tishda foydalanilgan (tizimga kiritilgan) telefon raqamisiz ma’lumotlarni tasdiqlab yoki o‘zgartirib bo‘lmaydi.

🛃 Agar abituriyent boshqa shaxsning telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tadigan bo‘lsa, telefon raqamiga egalik qiluvchi shaxsda abituriyentning ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘ladi.

⚠️ Shu sababli abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamidan foydalanishi va telefon raqamini boshqa shaxslarga bermasligi lozim.

✳️ Shuningdek, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zi eslab qoladigan, xavfsiz paroldan foydalanishi va uni esdan chiqarmasligi maqsadga muvofiq.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24👍5🔥1