Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.77K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Dolzarb_90kun #kibersport #dayjest

“Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionati bo‘lib o‘tmoqda

Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida kibersport turini keng rivojlantirish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqalarining dastlabki bosqichi o‘tkazilmoqda.

⏺Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqasining “FC25” va “Counter Strike 2” yo‘nalishlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

⏺Jizzax politexnika institutida “Dota2”, “CS2”, “FC25” o‘yinlari bo‘yicha o‘tkazilgan chempionatda Qurilish muhandisligi fakulteti jamoasi 1-o‘rinni egallab, hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

⏺Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Counter Strike 2” hamda “Dota 2” kibersport musobaqalari tashkil etildi.

⏺TATU Urganch filialida  “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlar doirasida talaba-yoshlar ishtirokida kibersport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

⏺Nukus davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan kibersport bellashuvlarida talabalar CS2 bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish qildi.

⏺Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Counter-Strike 2” yo‘nalishida “Ashborn” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va keyingi hududiy bosqichga yo‘l oldi!

⏺Axborot texnologiyalari va menejment universitetida talabalar o‘rtasida Counter-Strike 2 (CS2) kibersport musobaqasini saralash bosqichi o‘tkazildi.

⏺SamDU Urgut filialida “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqasining filial bosqichi o‘tkazildi.

⏺Andijon davlat pedagogika institutida tashkil etilgan kibersport bellashuvlari ishtirokchilarda jamoaviylik, strategik fikrlash va e’tiborni jamlash kabi ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qildi.

⏺Jizzax politexnika institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida kibersportning Counter-Strike 2 turi bo‘yicha musobaqalar tashkil qilindi.

⏺O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida CS2 yo‘nalishi bo‘yicha kibersport musobaqasi tashkil etildi.

⏺TTA Urganch filialida tashkil etilgan turnir davomida talabalar jamoalari “Counter-Strike 2” (CS2) ommabop kibersport o‘yinida o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

⏺Guliston davlat pedagogika institutida “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionatining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

⏺Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar o‘rtasida Counter-Strike bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

⏺TDTU Olmaliq filialida “Kibersport” musobaqasi o‘tkazildi.

⏺Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Yozgi sport o‘yinlari” hamda “Kibersport” musobaqalari tashkil etildi.

⏺TDIU Samarqand filialida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” universitet chempionatining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi!

⏺O‘zMU Jizzax filialida oliy ta’lim muassasalarida keng ko‘lamli kibersport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

⏺O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari Counter-Strike 2 o‘yinlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

⏺Buxoro viloyatining 6 ta oliy taʼlim muassasasi jamoalari ishtirokida Counter-Strike 2 (5x5) yo‘nalishida Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!

⏺Termiz davlat universitetida “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionatining universitet bosqichi o‘tkazildi.

⏺“Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika turnirining Farg‘ona davlat texnika universiteti bosqichiga start berildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🔥3👍2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya #mutolaa_vaqti

Ustiga kitob ortilgan eshak, Na olim-u, na dono beshak

Ilmdan bahramand bo‘lish, uni hayotga tatbiq eta olish insondan juda katta farosat talab qiladi. O‘lmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin” asari bosh qahramoni Abdullajon esa aynan shu o‘qiganlarini tatbiq qilishga kelganda biroz adashdi va odamiyligini boy berib qo‘ydi...


📹Batafsil videolavhada tanishing☝️

📹“Siyosiy-ma’rifat soati” kursidan...

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤4😁1
#Dolzarb90kun #TopshiriqIjrosi #Vazir

Yoshlar uchun yoz – imkoniyatlar mavsumi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Mirobod tumanidagi 110-maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Mirobod tumanida hozirda 6 ta umumtaʼlim maktabi qoshida kunduzgi oromgohlar va 12 ta maktabda yozgi sogʻlomlashtirish maydonchalari faoliyat yuritmoqda. Oromgohlarda 2400 nafardan ziyod oʻquvchi qamrab olingan. Ularda yoshlarning yozgi taʼtil paytidagi vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, bilim va koʻnikmalarini boyitish maqsadida Toshkent davlat transport universiteti hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan tashkil etilgan xorijiy tillar boʻyicha toʻgaraklar faoliyat koʻrsatmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/61074

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍6😱6🔥4