Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.77K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Chunsin shahrida O‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda

13-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Chunsin shahrida birinchi “O‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim forumi” boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Xitoy Taʼlim vazirligi hamda Chunsin shahri rahbariyati hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov boshchiligida O‘zbekistonning 23 nafar texnikum direktorlari, Samarqand va Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmalari rahbarlari, shuningdek, Xitoyning 100 dan ortiq kollej direktorlari va yirik ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Forumda ishtirokchilar kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlik, xususan qayta tiklanuvchi energetika, sun’iy intellekt, transport, axborot xavfsizligi, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish, Xitoy ta’lim dasturlarini O‘zbekiston texnikumlarida joriy etish hamda o‘qituvchilarning Xitoy kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Tadbirning ochilishida so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston–Xitoy munosabatlarining barcha sohalarda jadallik bilan rivojlanayotgani, ayniqsa Xitoy investorlari ishtirokidagi loyihalar doirasida mamlakatimiz mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash zarurati ortib borayotganini alohida ta’kidladilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍8🔥2😱1
#Dolzarb_90kun

Toshkent kimyo-texnologiya institutida yoshlar festivali tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Toshkent kimyo-texnologiya institutida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda dolzarb 90 kunlik doirasida “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – kelajak avlod poydevori” mavzusida yirik yoshlar festivali tashkil etildi.

Batafsil: https://tkti.uz/uz/news/detail/toshkent-kimyo-texnologiya-institudida-dolzarb-90/

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤13🔥4🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025 #Jarayon

📹Hujjatlar qabuli davom etmoqda (video)

Qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi. 1-bosqichda abituriyentlar 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi yoki kasbiy (ijodiy) imtihon topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi.

🔹 Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot
📹 Videoyoʻriqnoma

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍8🔥1
Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib bormoqda


Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Dastlab davlatimiz rahbari kuni kecha dunyoda yana bir mojarolar o‘chog‘i avj olgani nafaqat Yaqin Sharq, balki mintaqamizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmasligini alohida ta’kidladi.

“Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib borayapti.

Shu bois har bir hokim hududidagi, vazirlar esa tarmog‘idagi imkoniyat va xavflarni oldindan ko‘ra bilib, proaktiv, ya’ni topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishlashga o‘tishi shart.

Eng muhimi, aholi va biznes bilan muloqotni yanada kuchaytirib, ular so‘rayotgan masalalarni tez-tez hal qilib berish bu rahbarlarning asosiy vazifasi bo‘lishi zarur”,

— dedi Prezident.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍3🔥1
#brifing

Birozdan so‘ng AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida brifing boshlanadi.

Unda sirtqi ta’lim shakli tugatilishi yuzasidan fuqarolar va jamoatchilikdan kelib tushayotgan savollarga javob beriladi.

🎥 Brifingni vazirlik hamda AOKAning feysbukdagi rasmiy sahifalari orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤24👍1🔥1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

Sirtqi ta’lim shakli tugatilishi yuzasidan fuqarolar va jamoatchilikdan kelib tushayotgan savollarga javoblar

AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokidagi brifing.

00:44 SAVOL: Sirtqi ta’lim tizimi dastlab qanday maqsadda joriy etilgan edi, u o‘zini hozirgi kungacha qanchalik oqlay oldi va nima sababdan tugatildi?

01:57 SAVOL: Hozirda sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talabalar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?

02:46 SAVOL: Sirtqi ta’limni tamomlagan mutaxassislarning taqdiri qanday bo‘ladi? Ularni rasmiy ishga qabul qilishda muammo bo‘lmaydimi? Ish beruvchilar tomonidan rad etilishi mumkinmi?

03:28 SAVOL: Bundan keyin sirtqi ta’lim o‘rni qanday to‘ldiriladi? Ma’lum ish o‘rniga ega abituriyentlar uchun qanday ta’lim shakli taklif etiladi?

04:33 SAVOL: Hozir 1-bosqichda kunduzgida tahsil olayotgan talaba keyingi o‘quv yilidan o‘qishini sirtqiga ko‘chirsa bo‘ladimi? Yuqori bosqichda o‘qiyotganlarchi?

04:56 SAVOL: Ikkinchi mutaxassislik uchun sirtqi ta’lim shakli saqlanib qolinadimi? Yoki unda ham yopildimi?

05:33 SAVOL: Maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakli qanday va qachondan yo‘lga qo‘yiladi?

06:30 SAVOL: Masofaviy ta’lim shakli tashkil etish uchun qanday talablar bor, hozirda nechta OTMda masofaviy ta’lim shakli mavjud va unga qaysi abituriyentlar topshirishi mumkin?

👉 Matn shaklida o‘qish.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤8😱3🔥1
#Qabul2025 #OTM #Texnikum #AL

📌Akademik litsey, Texnikum, OTM, 2-mutaxassislik, O‘qishni ko‘chirish — qaysi platformalar orqali qachon hujjat topshirish mumkin?

➖ Akademik litseylarga qabul (10-iyundan 10-iyulgacha)
👉 my.edu.uz

➖ OTM va texnikumlarga qabul (5-iyundan 25-iyungacha)
👉 my.uzbmb.uz

➖ Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulgacha)
👉 magistr.edu.uz

➖ Texnikumni a’lo baho bilan tamomlagan abituriyentlarni suhbat asosida OTMga qabul qilish (5-iyuldan 25-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz

➖ Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz

➖ O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustgacha)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

📣 Bu foydali postni abituriyent tanishlaringizga yuborib qo‘ying.

🔹 Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25👍7🔥4👏2🤩1
📣 “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi g‘oliblari bilan tanishing!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida ilk bor tashkil etilgan “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi nihoyasiga yetdi.

🇺🇿 Tanlovda mamlakat bo‘ylab 27 nafar bitiruvchi talaba o‘z bitiruv malakaviy ishi va dissertatsiyalari bilan ishtirok etdi. Ular orasidan eng dolzarb, chuqur tadqiq qilingan va amaliy takliflarga boy 10 ta ish saralab olindi. Tanlovning yakuniy – taqdimot bosqichida 10 nafar talaba o‘z tadqiqot ishlarini hakamlari hay’ati oldida taqdim qilishdi.

Taqdimot bosqichidan so‘ng, 10 nafar ishtirokchilar orasidan quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:

🥇 1-o‘rin: Kuvatova Gulbonu — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
🥈 2-o‘rin: Butayeva Tamara — Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
🥉 3-o‘rin: Gumerova Sabina — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

🤝 Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari Obidjonov Javohir va Azimova Komilaxonning tadqiqot ishlari alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi.

👑 G‘oliblarni chin qalbdan tabriklaymiz va ilm yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

📝 Telegram 😄 LinkedIn

💻 Instagram ↗️ Bluesky
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍5🔥1🤔1