Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zbekiston oliygohlari “THE Global Sustainable Development Congress”da o‘z pavilonini taqdim etdi

16–19-iyun kunlari Istanbul shahrida “Times Higher Education” (THE) agentligi tomonidan tashkil etilgan “Global Sustainable Development Congress” (Barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro kongress) bo‘lib o‘tmoqda.

Kongress davomida iqlim o‘zgarishi, inklyuzivlik, ta’lim tizimining barqaror rivojlanishdagi o‘rni kabi global masalalar yuzasidan panel sessiyalar, seminar va muloqotlar tashkil etiladi.

Xalqaro tadbirda 100 dan ortiq mamlakatning davlat va nodavlat tashkilotlari, universitetlar, vazirliklar vakillaridan iborat 5000 dan ziyod delegat ishtirok etmoqda.

Kongress doirasida tashkil etilgan universitetlar ko‘rgazmasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekistonning 9 ta oliy ta’lim muassasasi qatnashmoqda.

#XalqaroAnjuman #THE #Reyting

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍8🔥2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonning 9 ta oliygohi “THE Global Sustainable Development Congress”da o‘z pavilonini taqdim etmoqda

“Times Higher Education” (THE) agentligi tomonidan tashkil etilgan mazkur xalqaro anjumanda 100 dan ortiq davlatlardan 5 mingdan ziyod delegat — davlat va nodavlat tashkilotlar, universitetlar, vazirliklar vakillari ishtirok etmoqda.

Ushbu nufuzli anjuman doirasida bugun “THE Impact Ranking-2025” natijalari ham e’lon qilinishi kutilmoqda.

#XalqaroAnjuman #THE #Reyting #Koʻrgazma

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤9🔥6👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TerDMAU talabalari yozgi amaliyotni Boysun tumanida o‘tayapti (video)


Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Mexanika va konchilik ishi fakulteti talabalari Termiz davlat universitetining Boysun tumanidagi Darband o‘quv-amaliyot bazasida ikki haftalik yozgi amaliyotda ishtirok etmoqda.

Mazkur amaliyot davomida talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, tabiiy sharoitda kasbga oid ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

#Jarayon #Amaliyot #Boysun #TerDMAU

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤6🔥1👏1
#Eʼlon

18–20-iyun kunlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida damli cholg‘ular ansambllari va orkestrlarining “Damli sozlar navosi” II xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival doirasida:
🟢ijrochilar o‘rtasida tanlov dasturlari,
🟢mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman,
🟢festival g‘oliblarini taqdirlash va yopilish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📞 Ma’lumot uchun telefon: +99871239-46-53

Barcha musiqasevarlar festival tadbirlarida ishtirok etishga taklif etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijro, nazorat va murojaatlar bilan ishlash tizimlari takomillashtiriladi (video)

#Mirziyoyev #videoselektor #islohotlar #boshqaruv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥18❤6👍3
#xalqaro_hamkorlik

Moskva davlat universiteti professori Vladimir Yakuninga Toshkent davlat transport universitetining “Faxriy professori” unvoni topshirildi


Toshkent davlat transport universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Davlat siyosati kafedrasi mudiri, professor Vladimir Yakunin hamda muassasa rahabriyati ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/61791

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤13😁4🔥1🤔1