Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.77K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Moskva davlat universiteti professori Vladimir Yakuninga Toshkent davlat transport universitetining “Faxriy professori” unvoni topshirildi


Toshkent davlat transport universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Davlat siyosati kafedrasi mudiri, professor Vladimir Yakunin hamda muassasa rahabriyati ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/61791

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤13😁4🔥1🤔1
YUNESKO loyihasi doirasida O‘zbekistonda oliy va kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

16-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov YUNESKOning O‘zbekistondagi vakili Sara Noshadiy xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida vazir YUNESKOning O‘zbekistonda ta’lim sohasini rivojlantirishdagi faol ishtiroki va ko‘rsatayotgan ko‘magi uchun minnatdorlik bildirib, ushbu hamkorlik yuksak baholanayotganini ta’kidladi.

Tomonlar YUNESKOning “Oʻzbekistonning qishloq joylarida ishga joylashtirish koʻnikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida 2020–2026-yillar mobaynida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarni muhokama qildilar.

Loyihaning keyingi bosqichida 4 ta texnikumni ta’mirlash va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, uchrashuvda vazir tomonidan YUNESKOning UNITWIN dasturi doirasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Qoʻqon davlat universitetida “Yashil iqtisodiyot” va “Barqaror rivojlanish” yo‘nalishlarida xalqaro kafedralar tashkil etish taklifi ilgari surildi.

#XalqaroHamkorlik #Vazir #Uchrashuv #YUNESKO

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤23🔥5👍2
#Mirziyoyev #uchrashuv #Xitoy #hamkorlik

Ostona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Ta’lim, fan, turizm va madaniyat, kadrlar tayyorlash va xitoy tilini o‘rganish sohalaridagi almashinuvlarni rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirildi.

O‘zbekistonda Xitoyning Shimoli-g‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi universitetining filiali faoliyat ko‘rsatmoqda, Urganch universiteti negizida Pekin universiteti bilan hamkorlikda Xalqaro matematika markazi tashkil etilgan.

O‘tgan yili Konfutsiy instituti faoliyatining 20 yilligi nishonlandi, Xitoyning "Lu Ban ustaxonasi" professional ta’lim tizimi joriy etilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍6🤔3🎉2😱1
Germaniyaning KfW Taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

17-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Germaniyaning KfW Taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi tayinlangan direktori Petar Georgiyev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, shuningdek, vazirlikning mas’ul rahbar xodimlari ishtirok etdi. Mazkur uchrashuv doirasida yangi direktor bilan tanishtiruv hamda amaldagi direktor Andreas Shnayder bilan xayrlashuv marosimi o‘tkazildi.

Tomonlar KfW banki bilan kasbiy ta’limni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan hamkorlikni yuksak baholab, mavjud loyihalarning borishi va istiqboldagi rejalarni muhokama qildilar.

Uchrashuvda shuningdek, hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, kasbiy ta’lim muassasalarini modernizatsiya qilish, ularni texnik va metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida fikr almashildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍4🔥1🥰1
Forwarded from Student Esports 2025
🔹🔹🔹🔹

🗣“Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” doirasida o‘tkazilgan musobaqalar

🎮 Bugungi kunda yoshlarning raqamli texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularga sog‘lom raqobat va sport madaniyatini singdirish maqsadida kibersport katta ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda oliy ta’lim tashkilotlarida “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” chempionatining turli bosqichlari tashkil etilib, minglab yoshlar o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazmoqda. Quyida ushbu musobaqalarning muhim voqealari jamlangan.

🟣Samarqand davlat universitetida “Talabalar Kibersport o‘yinlari – Farg‘ona-2025” Respublika chempionatining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🟣Qarshi davlat texnika universitetida talabalar kibersport o‘yinlarining “Counter-Strike 2” turi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

🟣O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” chempionatining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🟣Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida musobaqaning universitet bosqichi o‘tkazildi.

🟣“Dolzarb 90 kun” doirasida TATU Samarqand filialida FC25, Dota2 va CS2 yo‘nalishlari bo‘yicha oliygoh chempionati bo‘lib o‘tdi.

🟣Termiz davlat pedagogika institutida “Just Dance” sport musobaqasi bo‘yicha institut bosqichi o‘tkazildi.

🟣Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida CS2 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🟣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida CS2 yo‘nalishida bahslar bo‘lib o‘tdi va “Ashborn” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, keyingi hududiy bosqichga yo‘l oldi!

🟣TDIU Samarqand filialida “Dota2”, “CS2”, “FC25” yo‘nalishlari bo‘yicha 2 bosqichli chempionat tashkil etildi. Unda Iqtisodiyot fakulteti RI-121 guruhi 1-o‘rinni egalladi.

🟣Namangan davlat pedagogika institutida “Dota2”, “CS2”, “FC25” o‘yinlari bo‘yicha Kibersport musobaqasi o‘tkazildi va g‘olib talabalar diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

🟣Xalqaro innovatsion o‘tkazilgan kibersport o‘yinlarida Pedagogika va iqtisodiyot fakultetining “Phantom” jamoasi g‘alaba qozonib, viloyat bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

🟣O‘zbekiston Milliy universitetida chempionatning universitet bosqichi o‘tkazildi va g‘oliblar I, II va III darajali diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🟣Jizzax davlat pedagogika universitetida “Dota 2” va “CS2” boyicha chempionat tashkil etildi.

🟣Guliston davlat universitetida “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqasining universitet chempionati muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

🟣Urganch davlat universitetida “Counter-Strike 2” chempionatida Fizika-matematika fakultetining “EON” jamoasi g‘alaba qozondi.

🟣Termiz davlat universitetida kibersport bo‘yicha o‘tkazilgan OTM bosqichida viloyat chempionatida universitet sharafini himoya qiladigan jamoa aniqlandi.

🟣Belarus-O‘zbekiston institutida CS2 yo‘nalishi bo‘yicha OTM saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🟣“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida CS2 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Turnir davomida yoshlar o‘zlarining strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish salohiyatlarini namoyish etishdi.

🟣Toshkent kimyo-texnologiya institutida Dota2 bo‘yicha qiziqarli bahslar o‘tkazildi. Unda “Sensatsiya” jamoasi g‘olib bo‘lib, keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

🟣Shahrisabz davlat pedagogika institutida yoshlar orasida raqamli texnologiyalarga qiziqishni oshirish va talabalar o‘rtasida kibersportni targ‘ib qilish maqsadida CS2 chempionati o‘tkazildi.

🟣O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talaba-yoshlari ishtirokida kibersportning CS2 turi bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi.

🟣Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Talabalar kibersport o‘yinlari – Farg‘ona-2025” respublika musobaqasining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.


✅ Mazkur chempionat OTM talabalari orasida katta qamrovga ega bo‘lib, yoshlarga zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, jamoaviy ishlash madaniyatini shakllantirish va sog‘lom raqobatni ta’minlashda muhim vositaga aylanmoqda.

Chempionat rasmiy sahifalari:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16😱5👍4👏3🔥2