Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.77K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zMUning xalqaro reytinglardagi yutug‘i munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi

19-iyun kuni O‘zbekiston Milliy universitetida QS World University Rankings reytingida erishilgan yutuq munosabati bilan tantanali qutlov marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, ijodkorlar, OTM rahbariyati hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, universitet rektori Inom Madjidov, Yozuvchilar uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, matematik olim Shavkat Alimov, Gavayi universiteti professori Dilmurod Azimov va boshqa nufuzli mehmonlar so‘zga chiqib, universitet jamoasini xalqaro yutuq bilan tabrikladilar.

Qayd etilganidek, QS World University Rankings 2026 natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy universiteti dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatida 721–730 o‘rinlar bandida qayd etilib, o‘tgan yilgi (781–790) ko‘rsatkichga nisbatan 50 pog‘onaga yuqorilagan.

So‘zga chiqqanlar universitet jamoasining tizimli sa’y-harakatlari, ilm-fanga bo‘lgan yondashuvi, xalqaro hamkorlik salohiyati va bitiruvchilarning mehnat bozoridagi faolligini yuksak baholab, bu yutuqni oliy ta’lim tizimidagi muhim tarixiy bosqich sifatida e’tirof etdilar.

Mazkur natija O‘zbekiston Milliy universitetining global miqyosda raqobatbardoshligini mustahkamlash, xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallashga bo‘lgan izchil harakatlarining natijasidir.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤27👍17👏2🔥1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KelajakkaQadam #TalabaExpo2025 #Samarqand

Endi “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi Samarqandda


2025-yil 20-21-iyun kunlari Samarqand shahrida oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchi talabalari uchun “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir “Kelajakka qadam” dasturi, “Dolzarb 90 kun” doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Oʻzmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida bitiruvchilar bandligiga koʻmaklashish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Mazkur koʻrgazma mamlakatimizdagi 300 ga yaqin yirik ish beruvchi korxonalar, tijorat banklari hamda 20 ming nafardan ziyod talaba-yoshlarni bir joyda jamlaydi.

Ushbu keng qamrovli tadbir bitiruvchi talabalar uchun real ish imkoniyatlari, mos kasbni tanlash va kelajakdagi faoliyatni belgilashda muhim bosqich boʻlib xizmat qiladi.

2 kun davom etadigan keng qamrovli ko‘rgazma davomida:

▶️“Talaba – kelajak” bitiruvchilar bilan muloqot;
▶️ Seminar-treninglar;
◀️ Biznes va startap loyihalar taqdimoti;
◀️ Oliygohlar bilan tanishuv;
▶️ Imtiyozli kreditlar;
◀️ Madaniy shou va musiqiy kechalar sizni kutmoqda!

Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari, shuningdek, boshqa hududlarda tahsil olayotgan samarqandlik bitiruvchilarni hamda abituriyentlarni ko‘rgazmaga taklif etamiz!

📍 Manzil: Samarqand shahar, Universitet xiyoboni.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤27👍6🔥3🤔2
Edu.uz pinned a video
#Qabul2025 #Statistika

📊 358 368 nafar abituriyent OTM bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (19-iyun soat 19.00 holatiga)

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili — 314 445 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 36 321 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 6 560 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 042 nafar.

📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

👦🏻 erkaklar — 161 267 nafar
👧🏻 ayollar — 197 101 nafar.

📣 Bu foydali postni abituriyent tanishlaringizga yuborib qo‘ying.

*Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqidagi ma’lumotni my.uzbmb.uz saytining “Statistika” bo‘limi orqali real vaqt rejimida bilish mumkin.

🔹 Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍8🔥5😱3🎉1
Audio
#QonunchilikYangiliklari

❗️Yuridik universitet huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (374-son, 18.06.2025 y.) bilan “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo‘nalishi mavjud oliy ta’lim tashkilotlariga suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom qabul qilindi.


🔰 Nizom 2023/2024 va 2024/2025-o‘quv yillarida TDYuU huzuridagi akademik litseylarga qabul qilingan o‘quvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.

📝 Bitiruvchilar 20-iyunga qadar oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga kirish uchun tavsiya qilishni so‘rab maxsus komissiyaga ariza beradi.

📁 Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
✔️bitiruvchining xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat;
✔️bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik litseyning ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar.

Tavsiya qilingan bitiruvchilarga oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga kirish huquqi dastlabki 2-yil uchun amal qiladi.

🗓 Har yili 1-iyulgacha suhbat komissiyasi tashkil etiladi.

📌 Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 balli tizimda ballar qo‘yish yo‘li bilan baholanadi.

⛔️ Abituriyent quyidagi hollarda o‘qishga qabul qilinmaydi:
➡️yakka tartibdagi suhbat o‘tkazish jadvaliga muvofiq suhbatga kelmaganda;
➡️yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 56 foizidan kam ball to‘planganda.

🗓 Har yili 10-avgustgacha oliy ta’lim tashkilotlari rektorlarining abituriyentlarni bakalavriatga o‘qish uchun tavsiya etish to‘g‘risidagi buyruqlari qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍3🔥2🤩1
#TalabagaQulaylik #OchilishMarosimi #Vazir

Qarshi shahrida zamonaviy Yoshlar texnoparki ish boshladi


19-iyun kuni Qarshi shahrida Yoshlar texnoparkining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabboyev, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adham Xudoyqulov shuningdek, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Texnopark bir vaqtning o‘zida 400 nafar yoshlarni qamrab olish imkoniyatiga ega. Bu yerda “Web-dasturlash”, “Robototexnika”, “3D modellashtirish”, Elektronika, Video montaj, Grafik dizayn, Autocad kabi 7 turdagi zamonaviy oʻquv kurslari doimiy faoliyat yuritadi.

Batafsil:https://gov.uz/oz/edu/news/view/62615

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍3🔥3🤔1