Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.77K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#TalabaEkspo_2025 #Samarqand

Eng innovatsion va istiqbolli deya topilgan loyihalar mualliflariga imtiyozli kreditlar ajratildi

Ko‘rgazma doirasida talabalar uchun ishga joylashgach, ularning kasbiy rivoji, shaxsiy brendi, yumshoq ko‘nikmalar (soft skills) hamda professional tarmoqlarga qo‘shilish kabi muhim yo‘nalishlarga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etildi.

Tadbir davomida “O‘zmilliybank” ATB Samarqand viloyat boshqarmasi hamda “Kelajakka qadam” markazi mas’ullari tomonidan bitiruvchi talaba-yoshlar uchun mavjud ish o‘rinlari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari va moliya sohasi bilan bog‘liq dasturlar yuzasidan keng qamrovli taqdimotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, “PALMA SAMARQAND”, “LA ESMERALDA UZ” va “YUKSALISH GROUP” kabi yetakchi kompaniyalar asoschilari o‘zlarining biznesdagi tajribalari, muvaffaqiyat yo‘llari va shaxsiy hayotiy saboqlari bilan talabalar bilan o‘rtoqlashdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/62810

👉 In English
👉 На русском

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤15🔥3👍2
#Dolzarb_90_kun #Kibersport

“Dolzarb 90 kun” doirasida Kibersport musobaqasi: Buxoroda hududiy bosqich yakunlandi

Buxoro davlat texnika universiteti tashabbusi bilan o'tkazilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi “Talabalar kibersport o‘yinlari Farg‘ona–2025” Respublika musobaqasining hududiy bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.

🏆 Musobaqada Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Counter Strike 2, DOTA 2, FC25 hamda JUST DANCE raqamli raqs turlari bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Quyidagicha natijalar qayd etildi:

JUST DANCE (fidjital raqs):
🥇 1-o‘rin – Buxoro davlat texnika universiteti
🥈 2-o‘rin – Buxoro davlat tibbiyot instituti
🥉 3-o‘rin – Buxoro innovatsiyalar tibbiyot universiteti

DOTA 2:
🥇 1-o‘rin – Osiyo xalqaro universiteti
🥈 2-o‘rin – Buxoro davlat texnika universiteti

Counter Strike 2 (CS2):
🥇 1-o‘rin – Buxoro davlat tibbiyot instituti
🥈 2-o‘rin – Buxoro davlat texnika universiteti
🥉 3-o‘rin – Buxoro innovatsiyalar tibbiyot universiteti

FC25:
🥇 1-o‘rin – Buxoro davlat tibbiyot instituti
🥈 2-o‘rin – Buxoro davlat texnika universiteti
🥉 3-o‘rin – Buxoro davlat universiteti


🎉 Barcha g‘oliblarni tabriklab, Respublika bosqichida omad tilaymiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤12🔥5😁3👏2