#TalabaEkspo_2025 #Samarqand
Eng innovatsion va istiqbolli deya topilgan loyihalar mualliflariga imtiyozli kreditlar ajratildi
Ko‘rgazma doirasida talabalar uchun ishga joylashgach, ularning kasbiy rivoji, shaxsiy brendi, yumshoq ko‘nikmalar (soft skills) hamda professional tarmoqlarga qo‘shilish kabi muhim yo‘nalishlarga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etildi.
Tadbir davomida “O‘zmilliybank” ATB Samarqand viloyat boshqarmasi hamda “Kelajakka qadam” markazi mas’ullari tomonidan bitiruvchi talaba-yoshlar uchun mavjud ish o‘rinlari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari va moliya sohasi bilan bog‘liq dasturlar yuzasidan keng qamrovli taqdimotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, “PALMA SAMARQAND”, “LA ESMERALDA UZ” va “YUKSALISH GROUP” kabi yetakchi kompaniyalar asoschilari o‘zlarining biznesdagi tajribalari, muvaffaqiyat yo‘llari va shaxsiy hayotiy saboqlari bilan talabalar bilan o‘rtoqlashdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/62810
👉 In English
👉 На русском
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤15🔥3👍2
#Dolzarb_90_kun #Kibersport
“Dolzarb 90 kun” doirasida Kibersport musobaqasi: Buxoroda hududiy bosqich yakunlandi
Buxoro davlat texnika universiteti tashabbusi bilan o'tkazilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi “Talabalar kibersport o‘yinlari Farg‘ona–2025” Respublika musobaqasining hududiy bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
🎉 Barcha g‘oliblarni tabriklab, Respublika bosqichida omad tilaymiz!

🏆 Musobaqada Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Counter Strike 2, DOTA 2, FC25 hamda JUST DANCE raqamli raqs turlari bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Quyidagicha natijalar qayd etildi:
JUST DANCE (fidjital raqs):
🥇 1-o‘rin – Buxoro davlat texnika universiteti
🥈 2-o‘rin – Buxoro davlat tibbiyot instituti
🥉 3-o‘rin – Buxoro innovatsiyalar tibbiyot universiteti
DOTA 2:
🥇 1-o‘rin – Osiyo xalqaro universiteti
🥈 2-o‘rin – Buxoro davlat texnika universiteti
Counter Strike 2 (CS2):
🥇 1-o‘rin – Buxoro davlat tibbiyot instituti
🥈 2-o‘rin – Buxoro davlat texnika universiteti
🥉 3-o‘rin – Buxoro innovatsiyalar tibbiyot universiteti
FC25:
🥇 1-o‘rin – Buxoro davlat tibbiyot instituti
🥈 2-o‘rin – Buxoro davlat texnika universiteti
🥉 3-o‘rin – Buxoro davlat universiteti
🎉 Barcha g‘oliblarni tabriklab, Respublika bosqichida omad tilaymiz!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤12🔥5😁3👏2
#XalqaroHamkorlik #Germaniya
Oʻzbekiston–Germaniya hamkorligida yangi bosqich: mamlakatimizda Germaniya universiteti tashkil etiladi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Germaniyaga amaliy safari doirasida Kyoten shahridagi Anxalt amaliy fanlar universitetiga tashrif buyurdi. Safar chogʻida u mazkur universitet Prezidenti, professor Yorg Bagdan bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Uchrashuvning markaziy mavzusi Oʻzbekistonda Germaniya universitetini tashkil etish masalasi boʻldi. Sarvarxon Buzrukxonov mazkur tashabbusni amalga oshirishda Anxalt amaliy fanlar universiteti tajribasi va salohiyati muhim oʻrin tutishi mumkinligini qayd etdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/62883

❤16👍5🔥1