Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.77K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Kasbiy_ta’lim #seminar #Karyera_markazlari

Namanganda “Karyera markazlari”ni tashkil etish bo‘yicha respublika seminari bo‘lib o‘tdi


5-iyul kuni To‘raqo‘rg‘on tumani agrotexnologiyalar texnikumida “Texnikumlarda xorijiy va mahalliy ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali bitiruvchilar bandligiga ko‘maklashish maqsadida “Karyera markazlari”ni tashkil etish” mavzusida respublika seminari tashkil etildi.

Seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari boshliqlari, texnikum direktorlari, ish beruvchi korxonalar vakillari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/66402

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍3🔥2😁2🤔1
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

🏢O‘zbekiston davlat konservatoriyasida
2025/2026-o‘quv yili uchun Kasbiy (ijodiy) imtihonlar — joriy yilning 7-14-iyul kunlari yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi.

*Eslatma:
Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan institut hududiga yetib kelishlari lozim.

📌 Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

📍 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko'chasi, 1-uy

🔹 Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot

#Qabul2025 #Kasbiy #Ijodiy #Imtihon

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍4🔥2
“Kelajakka qadam”: bitiruvchilar taqdiri – davlat eʼtiborida

5-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov rahbarligida “Kelajakka qadam” dasturi ijrosi hamda bitiruvchilarni bandlikka yoʻnaltirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Toshkent shahridagi vazirlik binosida oflayn, viloyatlardagi markaziy studiyalar orqali onlayn tarzda tashkil etilgan yigʻilishda barcha oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, masʼul prorektorlar va hududiy boʻlinma boshliqlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Prezident topshiriqlariga muvofiq, bitiruvchilarning mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishi, “Kelajakka qadam” dasturining toʻliq va samarali ijrosi masalalari muhokama etildi. Vazir Q.Sharipov oʻz nutqida bu yoʻnalishdagi vazifalar milliy ahamiyatga ega ekanini alohida taʼkidladi.

“Bitiruvchilarning bandligini taʼminlash – bugungi kundagi hayot-mamot masalasi. Har bir talabaning taqdiri – oliygoh rektorining, hududiy boshqarmaning shaxsiy masʼuliyatidir”, – deya vazir qayd etdi.


Yigʻilishda “Oʻzmilliybank” AJ, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi va Iqtisodiyot hamda moliya vazirligi mutasaddilari ishtirok etib, faol hamkorlik va hamohanglik zarurligi alohida koʻrsatib oʻtildi.

Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍4🔥2👏1🤔1