Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.77K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Axborot xizmatlari: zamonaviy yondashuv, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt doirasida yangi bilimlar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sun’iy intellekt” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarning uchinchi chaqiruvi muvaffaqiyatli yakunlandi.

10–12-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan mazkur seminar yuqori saviyada, malakali ekspertlar ishtirokida tashkil etildi. Unda mamlakatimizdagi 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, xorijiy universitetlar filiallarining matbuot kotiblari qatnashdi.

Tinglovchilar axborot xizmatlarining bugungi kun talablariga moslashuvi, raqamli kommunikatsiya vositalari, PR strategiyalari, ijtimoiy tarmoqlardagi kontent siyosati, shuningdek, sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.

Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus sertifikatlari topshirildi.

#Seminar_trening #Malaka_oshirish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥6👏5🥰4🤩2
#XizmatSafari #Xorazm #Jarayon

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

Safar davomida “Yoshlik” sport majmuasi va Bilim va malakalarni baholash agentligining viloyat bo‘limida test sinovlariga tayyorgarlik holati hamda Urganchdagi 2- va 3-son politexnikumlardagi qurilish ishlari o‘rganildi.

Shuningdek, Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida yangidan barpo etilgan Axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍7🔥3👏2