Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Axborot xizmatlari: zamonaviy yondashuv, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt doirasida yangi bilimlar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sun’iy intellekt” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarning uchinchi chaqiruvi muvaffaqiyatli yakunlandi.

10–12-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan mazkur seminar yuqori saviyada, malakali ekspertlar ishtirokida tashkil etildi. Unda mamlakatimizdagi 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, xorijiy universitetlar filiallarining matbuot kotiblari qatnashdi.

Tinglovchilar axborot xizmatlarining bugungi kun talablariga moslashuvi, raqamli kommunikatsiya vositalari, PR strategiyalari, ijtimoiy tarmoqlardagi kontent siyosati, shuningdek, sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.

Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus sertifikatlari topshirildi.

#Seminar_trening #Malaka_oshirish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥6👏5🥰4🤩2
#XizmatSafari #Xorazm #Jarayon

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

Safar davomida “Yoshlik” sport majmuasi va Bilim va malakalarni baholash agentligining viloyat bo‘limida test sinovlariga tayyorgarlik holati hamda Urganchdagi 2- va 3-son politexnikumlardagi qurilish ishlari o‘rganildi.

Shuningdek, Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida yangidan barpo etilgan Axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍7🔥3👏2
Yana bir tarixiy yutuq!

🇺🇿 Ilk bor O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi dunyoning eng nufuzli texnologik festivallaridan biri — TEKNOFEST’ning rasmiy akademik hamkoriga aylandi

🏛 Bu sharafga Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) muyassar bo‘ldi!

📌Akademik hamkorlik nimalarni beradi?
✔️TTPUga o‘z ilmiy va texnologik salohiyatini xalqaro miqyosda namoyish etish
✔️Talaba va yosh olimlar uchun TEKNOFEST doirasidagi loyihalarda ishtirok etish va tajriba orttirish
✔️Ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish
✔️Global akademik va ilmiy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi.

*Ma’lumot uchun: TEKNOFEST — har yili 1 milliondan ortiq ishtirokchini jamlaydigan, butun dunyodagi eng ilg‘or universitetlar, texnoparklar, startaplar va korporatsiyalarni birlashtiruvchi xalqaro innovatsion maydon hisoblanadi.


👍 TTPUning ushbu platformadagi ishtiroki — bu nafaqat universitet, balki butun O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun xalqaro nufuzni oshirish sari tashlangan muhim qadamdir!

📝 TEKNOFEST hamkorlari ro‘yxati

#TEKNOFEST #TTPU #AkademikHamkorlik #Innovatsiya #YoshlarTexnologiyasi

Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤17🎉3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣Abituriyentlar diqqatiga!

Endilikda O‘zbekistonning 14 ta texnikumida BTEC xalqaro ta’lim dasturi asosida 100% grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud!

💡Bu dastur sizga nima beradi?
✔️100 foiz grant asosida ta’lim olish
✔️ Xalqaro darajadagi kasb egasi bo‘lish
✔️ Buyuk Britaniyada amaliyot o‘tash
✔️ 70 dan ortiq davlatda tan olinadigan diplom
✔️ Yevropa, Osiyo va Amerikada o‘qish va ishlash imkoniyati.

🧑🏻‍💻 Hujjatlar 20-iyulga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi.

➡️Ta’lim shakli: kunduzgi

📊 Ajratilgan kvotalar bilan tanishing:
🟢9-sinf bitiruvchilari uchun kvota👈
🟢11-sinf bitiruvchilari uchun kvota👈 (qabul avgust oyida boshlanadi)

✍️ Kasb tanlang, xalqaro imkoniyatlarga yo‘l oching!

#BTEC #Texnikum #XalqaroTaʼlim #Abituriyent2025

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24👍8🔥5🥰2😱2
4️⃣4️⃣4️⃣

📣 Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar qabuli boshlandi

2025-yil 15-iyuldan boshlab mustaqil izlanuvchilikka o‘qishga hujjatlar qabuli boshlandi. Jarayon 1 oy davom etadi.

📌Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

✔️Oliy taʼlim muassasasining magistratura diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun) haqida hujjat, yoxud mutaxassislik dasturi bo‘yicha oliy maʼlumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi (Eslatma: agar diplom ma’lumotlari elektron tizim orqali integratsiya qilingan bo‘lsa, nusxa topshirish majburiy emas);

✔️Kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis (nusxalari yoki havolalari bilan birga);

✔️Qisqacha biografik maʼlumotnoma;

✔️Ish joyidan tavsifnoma.

📞 Batafsil ma’lumot uchun: +99871 203-32-23 (245)

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26👍11🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro davlat texnika universiteti yoshlari Ginnes rekordiga yo‘l olmoqda! Siz-chi?

🛠 Biz — texnologiyaga oshno, ijodkor va g‘ayratli yosh ixtirochilarmiz. Endi esa rekord o‘rnatish va o‘z nomimizni tarixga muhrlash vaqti keldi!

📌 Reja: 25 daqiqada 2 000 ta konstruktor robot yig‘iladi.
🎯 Maqsad: Ginnes rekordini o‘rnatish!

Agar siz:
✔️Texnologiyaga qiziqsangiz
✔️ Yoshingiz 15–20 oralig‘ida bo‘lsa
✔️ Vatan nomidan tarixga kirishni xohlasangiz — biz bilan bir safda bo‘ling!

📲 Ro‘yxatdan o‘ting: missiya.edu.uz
🗓 Muddat: 25-iyulgacha!


🚀 Birgalikda o‘z salohiyatimizni namoyon qilamiz. Rekord o‘rnatamiz!

#YangiOʻzbekiston #MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
11❤35👍17🔥7😱2🤔1
#Tanlov #Natija #KasbiyTaʼlim

📣Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy natijalari e’lon qilindi

🔺Tanlovning III boshqichida 279 ta raqamli ta’lim resurslari Respublika Tanlov hay’ati tomonidan baholandi hamda nominatsiyalar bo‘yicha jami 41 ta, shundan
🥇 17 ta 1-o‘rin,
🥈 15 ta 2-o‘rin va
🥉 9 ta 3-o‘rin g‘oliblari aniqlandi.

Hamkorlikda ishlab chiqilgan va Respublika bosqichida qatnashib 1-, 2-, 3-o‘rin uchun g‘olib deb topilgan raqamli ta’lim resurslari mualliflarining har biriga tegishli darajadagi diplom beriladi, g‘olib o‘rin uchun belgilangan pul mukofoti ular o‘rtasida teng taqsimlanadi;


🖥 RO‘YXATNI YUKLAB OLISH

Sohalar bo‘yicha tanlovning Respublika bosqichida qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallamagan, biroq 75 balldan yuqori keyingi 3 ta o‘rindagi ishtirokchilar vazirlikning “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanadi.


Batafsil:🔺

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun
:
📞712464456 📞977920048

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍5🔥2👏2😁1
#OʻqishniKoʻchirish

⚡️E’lon! Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi

2025/2026-o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”;

➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”.

Arizalar 2025-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤50🔥10👍6👏2😱2
#dayjest #Qabul_2025

Oliy ta’lim muassasalari 2025-2026-o‘quv yili uchun kirish test sinov imtihonlarini samarali o‘tkazishda ko‘maklashmoqda

✔️O‘zbekiston Milliy universiteti;

✔️Buxoro davlat universiteti;

✔️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

✔️Urganch davlat universiteti;

✔️Namangan davlat universiteti;

✔️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

✔️Namangan davlat pedagogika instituti;

✔️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

✔️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

✔️Guliston davlat pedagogika instituti;

✔️Farg‘ona davlat universiteti;

✔️Navoiy davlat universiteti;

✔️Qo‘qon davlat universiteti;

✔️Qarshi davlat universiteti;

✔️Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;

✔️Termiz davlat pedagogika instituti;

✔️Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti;

✔️Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

✔️Qoraqalpoq davlat universiteti;

✔️Nukus davlat texnika universiteti;

✔️Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

✔️Toshkent davlat texnika universiteti;

✔️Urganch davlat pedagogika instituti;

✔️Namangan davlat chet tillari instituti;

✔️“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍6🔥2