Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchi_2025
Urganch davlat universitetida diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida magistratura mutaxassisliklari hamda bakalavriat bosqichini tamomlagan bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, faxriy ustozlar, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari A.Akramov hamda universitet rektori vazifasini bajaruvchi S.Xodjaniyazov bitiruvchilarga tabrik so‘zlarini yo‘llab, ularga kelgusi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladilar. Faxriy ustozlar ham yoshlarga ezgu tilaklarini bildirib o‘tdilar.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Maʼlumot o‘rnida, 2024/2025 o‘quv yilida jami 6 677 nafar talaba universitetni muvaffaqiyatli tamomlab, shundan 222 nafari magistr, 6 455 nafari bakalavr diplomini qo‘lga kiritdi. 83 nafar bakalavr imtiyozli diplom bilan bitirdi.
Tadbir doirasida bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Hozirgi kungacha 5 ming nafarga yaqin bitiruvchi ish bilan ta’minlandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤8🔥3🥰2🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda O‘zbekistonning 14 ta texnikumida BTEC xalqaro ta’lim dasturi asosida 100% grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud!
🧑🏻💻 Hujjatlar 20-iyulga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi.
📊 Ajratilgan kvotalar bilan tanishing:
#BTEC #Texnikum #XalqaroTaʼlim #Abituriyent2025
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍3🔥3🥰2🤩2
Oliy ta’lim xodimlari uchun yangi imkoniyat!
Oliy ta’lim tizimi pedagoglari va mutaxassislari uchun “Andragogik yondashuv va interaktiv metodlar” yo‘nalishida qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kursi ishlab chiqildi.
Kurs Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etilib, ochiq onlayn kurslar — mk.bimm.uz platformasiga joylashtirildi.
Kurs bepul, masofaviy va istalgan vaqtda o‘qish mumkin!
Kurs sizga nima beradi?
➖Andragogika tamoyillari bilan tanishish
➖Interaktiv metodlardan o‘quv jarayonida foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar
➖Ochiq ma’ruzalarni samarali tashkil etish bo‘yicha zarur bilimlar
20+ dan ortiq darslar sizni kutmoqda! Imkoniyatni boy bermang — o‘z ustingizda ishlashni bugunoq boshlang!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27❤20🔥1
#Eʼlon
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi.
Joriy yilning 24–31-avgust kunlari Bo‘stonliq tumanida tashkil etilayotgan “Karyera Oromgohi 2025” – bu 2- va 3-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan 7 kunlik bepul o‘quv oromgohi bo‘lib, sizga o‘z yo‘lingizni topishda amaliy yordam beradi.
Oromgohda sizni nimalar kutmoqda?
➡️ Rezyume tayyorlash va intervyu ko‘nikmalari;
➡️ Raqamli savodxonlik va shaxsiy brend;
➡️ Jamoada ishlash, muloqot va yetakchilik;
➡️ Top kompaniyalar bilan jonli uchrashuvlar.
Ishtirokchilar soni chegaralangan. Tanlov asosida 200 nafar eng faol talaba tanlab olinadi.
➡️ Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Ish qidiryapsiz, lekin nimadan boshlashni bilmaysizmi?
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi.
Joriy yilning 24–31-avgust kunlari Bo‘stonliq tumanida tashkil etilayotgan “Karyera Oromgohi 2025” – bu 2- va 3-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan 7 kunlik bepul o‘quv oromgohi bo‘lib, sizga o‘z yo‘lingizni topishda amaliy yordam beradi.
Oromgohda sizni nimalar kutmoqda?
Ishtirokchilar soni chegaralangan. Tanlov asosida 200 nafar eng faol talaba tanlab olinadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤32🤔9🔥5👍4
#soʻragan_edingiz
Vazirlikning 1006 ishonch raqami hamda @EduuzuniversalBot’i orqali eng ko’p berilayotgan savollarga javoblar
✅ JAVOB: Faqat 2 ta holatda ruxsat beriladi:
🟢 Talaba oila qurgan bo‘lsa va turmush o‘rtog‘i boshqa hududda doimiy yashasa, o‘sha hududdagi OTMga ko‘chiriladi;
🟢 Talabaning ota-onasi (yoki o‘zi) davlat xizmatchisi bo‘lib, ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chgan bo‘lsa, farzandi yoki turmush o‘rtog‘ining o‘qishi o‘sha hududdagi OTMga ko‘chiriladi (tegishli vazirlik xati asosida).
✅ JAVOB: Bir davlat OTMi ichida yo‘nalish yoki ta’lim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy) o‘zgartirish mumkin.
🟢 Buning uchun 5-avgustgacha transfer.edu.uz saytida ariza topshiriladi. Qabul qilish qarori – OTM rektorining vakolatida.
✅ JAVOB: Bunda ham vazirlikning transfer.edu.uz sayti orqali 5-avgustgacha ariza beriladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Vazirlikning 1006 ishonch raqami hamda @EduuzuniversalBot’i orqali eng ko’p berilayotgan savollarga javoblar
❓ Qanday hollarda o‘qishni boshqa davlat OTMiga ko‘chirish mumkin?
✅ JAVOB: Faqat 2 ta holatda ruxsat beriladi:
❓ Yo‘nalish yoki ta’lim shaklini o‘zgartirmoqchiman. Nima qilishim kerak?
✅ JAVOB: Bir davlat OTMi ichida yo‘nalish yoki ta’lim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy) o‘zgartirish mumkin.
❓ Faqat ta’lim shaklini o‘zgartirmoqchiman (masalan, kunduzgidan sirtqiga) nima qilishim kerak?
✅ JAVOB: Bunda ham vazirlikning transfer.edu.uz sayti orqali 5-avgustgacha ariza beriladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍6🔥1
#xalqaro_hamkorlik
50 nafar o‘zbekistonlik talaba har yili Vengriyaning Obuda universitetida tahsil oladi
16-iyul kuni Vengriyaning Budapesht shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Vengriyadagi yetakchi oliygohlardan biri — Obuda universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, jumladan, akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha aniq mexanizmlarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda oliy va kasbiy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sohasidagi istiqbolli loyihalar, jumladan, O‘zbekistondan har yili 50 nafar talabani Obuda universitetiga yuborish tashabbusi atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar mazkur tashabbusning huquqiy asosini ta’minlash maqsadida ta’lim yo‘nalishlari, qabul shartlari, moliyalashtirish mexanizmi va kvotalar taqsimoti aks etgan hujjat loyihasini muhokama qildilar.
Shohrux Daliyev ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik barqaror va amaliy natijalarga ega ekanini qayd etar ekan, bu hamkorlik o‘zaro ishonch va manfaatli sheriklikka asoslanganini alohida ta’kidladi.

👍22❤9
#Qabul2025 #Qulaylik
Abituriyentlar test sinovlarini topshirayotgan bir paytda, ularni hayajon bilan kutib turgan ota-onalar va yaqinlar uchun hududda maxsus konsert dasturlari tashkil etilmoqda.
Jonli ijrolar, kuy-qo‘shiqlar va ko‘tarinki ruhdagi chiqishlar orqali ularning vaqtini mazmunli o‘tkazish, ruhiy ko‘mak berish maqsad qilingan.

😁32❤11👍9👏4🤔2
#ovozli_chat #magistratura #imtiyozlar
🔜 “Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun magistratura bosqichiga kirishda qanday imtiyozlar mavjud?” mavzusida ovozli chat tashkil etiladi.
🗓 Sana: 2025-yil 18-iyul
🕔 Vaqt: 17:00
🔗 Mehmon: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassisi Ulug‘bek Xodiyev
🎙 Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov
📌 Ovozli suhbatni o‘tkazib yubormaslik uchun quyidagi havola orqali kirib, qo‘ng‘iroqcha belgisini bosib qo‘ying:
https://t.me/huquqplus?livestream
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🗓 Sana: 2025-yil 18-iyul
🕔 Vaqt: 17:00
🎙 Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov
📌 Ovozli suhbatni o‘tkazib yubormaslik uchun quyidagi havola orqali kirib, qo‘ng‘iroqcha belgisini bosib qo‘ying:
https://t.me/huquqplus?livestream
Ushbu tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Finlandiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar” dasturi doirasida, Toshkent shahar “Sharoyit Plyus” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍5🔥1😱1
#viktorina
❓Talabalar davlat oliy ta’lim muassasasining biridan boshqasiga nechta holatda o‘qishini ko‘chirishi mumkin?

Anonymous Quiz
18%
1 ta
63%
2 ta
12%
3 ta
7%
4 ta
👍18❤3🔥2😁2😱1
#viktorina
❓Talabalar davlat oliy ta’lim muassasasining biridan boshqasiga 2 ta sababga ko’ra o‘qishini ko‘chirishi mumkin. Bular qaysilar?

10%
Turmush o‘rtog‘i o‘sha OTMda ishlasa, ijarada yashash sharoiti bo’lmasa
73%
Talaba oila qurishi munosabati bilan, davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda
5%
Farzandli bo‘lsa, talaba to’lov-kontraktni o’z vaqtida to’lay olmasa
12%
Har qanday holatda
👍19❤10😱2🔥1😁1
#viktorina
❓Davlat organida ishlaydigan xodimning turmush o‘rtog‘i yoki farzandi, uning ish joyi o‘zgarganligi sababli o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lsa, arizasiga qanday hujjat ilova qilishi kerak?

51%
Tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi
32%
Vaqtincha yashayotgan joyi to’g’risidagi ma’lumotnoma
13%
Hech qanday hujjat ilova qilmaydi
5%
Mahalliy hokimlik tavsiyasi
👍22❤11🔥1