Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

50 nafar o‘zbekistonlik talaba har yili Vengriyaning Obuda universitetida tahsil oladi


16-iyul kuni Vengriyaning Budapesht shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Vengriyadagi yetakchi oliygohlardan biri — Obuda universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, jumladan, akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha aniq mexanizmlarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda oliy va kasbiy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sohasidagi istiqbolli loyihalar, jumladan, O‘zbekistondan har yili 50 nafar talabani Obuda universitetiga yuborish tashabbusi atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar mazkur tashabbusning huquqiy asosini ta’minlash maqsadida ta’lim yo‘nalishlari, qabul shartlari, moliyalashtirish mexanizmi va kvotalar taqsimoti aks etgan hujjat loyihasini muhokama qildilar.

Shohrux Daliyev ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik barqaror va amaliy natijalarga ega ekanini qayd etar ekan, bu hamkorlik o‘zaro ishonch va manfaatli sheriklikka asoslanganini alohida ta’kidladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤9
#Qabul2025 #Qulaylik

Abituriyentlar test sinovlarini topshirayotgan bir paytda, ularni hayajon bilan kutib turgan ota-onalar va yaqinlar uchun hududda maxsus konsert dasturlari tashkil etilmoqda.

Jonli ijrolar, kuy-qo‘shiqlar va ko‘tarinki ruhdagi chiqishlar orqali ularning vaqtini mazmunli o‘tkazish, ruhiy ko‘mak berish maqsad qilingan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
😁32❤11👍9👏4🤔2
#ovozli_chat #magistratura #imtiyozlar

🔜 “Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun magistratura bosqichiga kirishda qanday imtiyozlar mavjud?” mavzusida ovozli chat tashkil etiladi.

🗓 Sana: 2025-yil 18-iyul
🕔 Vaqt: 17:00

🔗 Mehmon: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassisi Ulug‘bek Xodiyev
🎙 Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov

📌 Ovozli suhbatni o‘tkazib yubormaslik uchun quyidagi havola orqali kirib, qo‘ng‘iroqcha belgisini bosib qo‘ying:
https://t.me/huquqplus?livestream

Ushbu tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Finlandiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar” dasturi doirasida, Toshkent shahar “Sharoyit Plyus” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan tashkil etilmoqda.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍5🔥1😱1
#viktorina

❓Talabalar davlat oliy ta’lim muassasasining biridan boshqasiga nechta holatda o‘qishini ko‘chirishi mumkin?
Anonymous Quiz
18%
1 ta
63%
2 ta
12%
3 ta
7%
4 ta
👍18❤3🔥2😁2😱1
#viktorina

❓Davlat organida ishlaydigan xodimning turmush o‘rtog‘i yoki farzandi, uning ish joyi o‘zgarganligi sababli o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lsa, arizasiga qanday hujjat ilova qilishi kerak?
Anonymous Quiz
51%
Tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi
32%
Vaqtincha yashayotgan joyi to’g’risidagi ma’lumotnoma
13%
Hech qanday hujjat ilova qilmaydi
5%
Mahalliy hokimlik tavsiyasi
👍22❤11🔥1
#BTEC #Texnikum
#Amaliy_seminar

Xalqaro diplom olishni xohlaysizmi? BTEC dasturlari 14 ta texnikumda start oldi!


2025-yil 15–16-iyul kunlari Professional taʼlimni rivojlantirish institutida Buyuk Britaniyaning “Pearson Education Limited” kompaniyasi bilan hamkorlikda BTEC xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish yuzasidan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Pearson” kompaniyasi vakillari Ollie Wintle va Kieran Hawkins, shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Professional taʼlimni rivojlantirish institutining masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Seminar davomida BTEC dasturlarini 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab respublikaning 14 ta texnikumida joriy etish, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv adabiyotlarini tarjima qilish, pedagog kadrlar malakasini oshirish, metodik taʼminotni shakllantirish va boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍11🔥2