Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zbekiston texnikumlarida xalqaro BTEC dasturlari joriy etilmoqda

17-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Buyuk Britaniyaning “Pearson Education Limited” kompaniyasi vakillari — Ollie Wintle va Kieran Hawkins bilan uchrashdi.

Uchrashuvda 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab 14 ta texnikumda BTEC kvalifikatsiyalarini joriy etishga doir tashkiliy ishlar, hozirgacha erishilgan natijalar, muammolar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, BTEC dasturlarini tarjima qilish, pedagog kadrlar malakasini oshirish, metodik ta’minotni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

#BTEC #Pearson #TaʼlimSifati #Texnikumlar #XalqaroHamkorlik

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍10🔥1🎉1
Endi Vengriya har yili O‘zbekiston fuqarolari uchun 200 ta stipendiya ajratadi

2025-yil 17-iyul kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Vengriya Hukumatlararo Iqtisodiy Hamkorlik bo‘yicha 10-yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev hamda Vengriya Respublikasi Tashqi ishlar va savdo vaziri Piter Siyayrto “Stipendium Hungaricum” stipendiya dasturi bo‘yicha Hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumiga Qo‘shimcha bayonnomani imzoladilar.

Ushbu hujjatga muvofiq, har yili Vengriya tomonidan o‘zbek fuqarolari uchun ajratiladigan ta’lim grantlari soni 200 tagacha oshirildi. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi idoralararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bilan birga, o‘zbekistonlik yoshlar uchun xorijda, xususan Vengriyaning nufuzli OTMlarida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/69589

#xalqaro_hamkorlik #Vengriya

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤33👍14🔥4🥰3
Xitoyning Shensi provinsiyasi hukumati tomonidan O‘zbekiston yoshlari uchun 1,8 million AQSh dollari miqdorida ta’lim granti ajratildi

Avval xabar berganimizdek, 2025-yil 3-iyun kuni Toshkent davlat transport universitetida O‘zbekiston – Xitoy transport fakulteti ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu tadbir doirasida Xitoyning Shensi provinsiyasi delegatsiyasi, jumladan, gubernator Zhao Gang hamda Changan universiteti rahbariyati universitetga tashrif buyurgan.

Bugungi kunda mazkur tashrif va uzoq yillik muzokaralar o‘zining amaliy natijasini berdi. Shensi provinsiyasi hukumati tomonidan Toshkent davlat transport universitetiga ajratilgan grantlar orqali o‘zbekistonlik yoshlar Changan universitetida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ta’lim granti umumiy qiymati 13 million yuanga (taxminan 1,8 million AQSh dollari) teng bo‘lib, 10 nafar PhD, 40 nafar magistratura va 60 nafar bakalavr bosqichi talabalarini qamrab oladi. Dasturlar 1+1 magistratura va 2+2 bakalavriat shaklida amalga oshiriladi.

Mazkur grant dasturi O‘zbekiston–Xitoy ta’lim hamkorligining muhim natijasi bo‘lib, yoshlarimizga xalqaro tajriba, zamonaviy bilim va nufuzli diplomga ega bo‘lish imkonini yaratadi.

#xalqaro_hamkorlik

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤20🔥2😱1
#soʻragan_edingiz

Vazirlikning 1006 ishonch raqami hamda
@EduuzuniversalBot’i orqali eng ko’p berilayotgan savollarga javoblar

❓Testlar kuni nechta smenada bo‘ladi?


✅ JAVOB: Har kuni 2 smenada:
🟢 Birinchi smena – 08:00
🟢 Ikkinchi smena – 15:00

❓Testga qachon yetib borishim kerak?


✅ JAVOB:
🟢Birinchi smena uchun – soat 07:30 ga qadar;
🟢Ikkinchi smena uchun – soat 14:30 ga qadar.

Belgilangan hududga kamida 1–1,5 soat oldin yetib kelish shart.

❓Testga kirishda qanday hujjatlar talab etiladi?


✅ JAVOB:
🟢 Pasport (ID-karta)ning asl nusxasi;
🟢 Abituriyent ruxsatnomasi.

❓Kechiksam testga kira olamanmi?


✅ JAVOB: Afsuski, kechikib kelgan abituriyentlar testga kiritilmaydi.

❗️Eslatma: Testga kech qolmang, hujjatlaringizni oldindan tayyorlab qo‘ying!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍5🔥3
🏆O‘zbekiston maxsus olimpiadasi terma jamoalari xalqaro maydonda munosib g‘alabalarni qo‘lga kiritdi!

2025-yil 13–17-iyul kunlari, Shvetsiyaning Gyoteburg shahrida dunyoning eng yirik yoshlar futbol festivallaridan biri — Gothia Cup doirasida o‘tkazilgan Gothia Special Olympics Trophy 2025 xalqaro futbol turniri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli musobaqada Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikum o‘quvchilaridan iborat terma jamoa munosib ishtirok etib, yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarda hilpiratdi.

Natijalarga ko‘ra;
🥇 O‘g‘il bolalar terma jamoasi musobaqaning barcha bosqichlarida yorqin o‘yin namoyish etib, sharafli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🥈 Qizlar terma jamoasi esa matonat bilan harakat qilib, 2-o‘rinni egallashga muyassar bo‘ldi.

🇺🇿 Biz g‘olib sportchilarimiz bilan faxrlanamiz va ularning bu zafarli yurishlari boshqa yoshlarimiz uchun ham ilhom manbai bo‘lishiga ishonamiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1❤26👍7🔥5👏2