Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Universiada2025

Madina Mirabzalova Universiada oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritdi


Germaniyada boʻlib oʻtayotgan Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlarining taekvondo WT bahslarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan sportchimiz, Oʻzbekiston Milliy Universiteti talabasi Madina Mirabzalova bronza medalini qoʻlga kiritdi.

U ushbu yutuq bilan Oʻzbekiston delegatsiyasi jamgʻarmasi hisobiga navbatdagi medalni taqdim etdi.

Yurtimiz bayrog‘ini xalqaro maydonda baland ko‘targan Madina Mirabzalovani ushbu yutug‘i bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤40👍18🎉12👏2
Universiada-2025: O‘zbekiston terma jamoasi kuchli oltilikda

Germaniyaning Reyn-Rur shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Rhine-Ruhr 2025” yozgi Universiadasi jahon yoshlar sport hayotidagi eng yirik va nufuzli tadbirlardan biri hisoblanadi. Unda 150 davlatdan 8500 nafardan ortiq talabalar-sportchilar ishtirok etmoqda. Ushbu katta sport bayramida O‘zbekiston terma jamoasi ham faol qatnashmoqda.

Yurtimiz sharafini 18 ta oliy ta’lim muassasasidan 53 nafar talaba-sportchi himoya qilmoqda. Ular Universiada doirasidagi 11 ta sport turi bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etyapti.

O‘zbekiston 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan hozirgacha jami 6 ta medal to‘plab, umumiy hisobda 6-o‘rinni egallab turibdi. Bu yurtimiz yoshlari xalqaro maydonda tobora o‘z o‘rnini topayotganini, ularda yuksak salohiyat, intilish va iroda borligini yana bir bor namoyon etmoqda.

Mamlakatimizda yoshlar sportini rivojlantirish, sport infratuzilmasini mustahkamlash va xalqaro tajribalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini berayotganini bu natijalar yaqqol ifoda etmoqda.

Universiada musobaqalari hali davom etmoqda va yurtimiz sportchilari oldida yana yangi imkoniyatlar ochiq. Biz ulardan yangi g‘alabalar va muvaffaqiyatli natijalarni kutib qolamiz.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤42👍28🔥8👏6🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qarshi davlat texnika universiteti talabalari Ginnes rekordlari tarixida yangi sahifa ochishga bel bog‘laganlar!


⚡️Iqtidorlilar safiga qo‘shiling! Biz bir bo‘lsak, ulkan marralarni zabt etamiz, O‘zbekiston nomini dunyoga yanada mashhur qilish vaqti keldi!


✅ Reja: 25 daqiqada 2 000 ta konstruktor-robot yig‘iladi!

⚙️ Maqsad: Ginnes rekordini o‘rnatish!

🔰 Agar siz:
✔️robototexnikaga qiziqsangiz,
✔️ yoshingiz 15–20 oralig‘ida bo‘lsa,
✔️ Vatan nomidan tarixga kirishni xohlasangiz,

BIZ BILAN BIR SAFDA BO‘LING!

📱 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: missiya.edu.uz
🗓 Muddat: 2025-yil 25-iyulgacha!

Birlashsak - Vatanmiz, O‘zbekistonmiz! Biz rekord o‘rnatamiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤39👍13😁4🔥3😱2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Test sinovlari davom etmoqda!

🎓 Minglab yoshlar bugun orzular sari bir qadam yaqinlashmoqda. Har bir javob, har bir daqiqa – mehnat, sabr va umidning mevasidir.

Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32❤15🎉9👍6🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 “Taxlilnoma”ning bugungi dasturidagi mavzulardan biri – Oliy ta’limga qabul: kecha va bugun.

📺 20-iyul kuni soat 21:00 da efirga uzatiladigan “Taxlilnoma”da oliy ta’limga qabul jarayonidagi katta o‘zgarishlar va superyangiliklar muhokama qilinadi.

🎓 Abituriyentlar, ularning ota-onalari, ustozlar va ta’lim sohasiga qiziquvchi barcha yurtdoshlarimiz uchun muhim va dolzarb ma’lumotlar!

Ko‘ring, xabar toping!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤22👍9🎉3🔥2😱1
6-kun natijalari e’lon qilindi

2025-yil 19-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Natijalarni 4 xil usulda bilish mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytidagi “Natijani olish” bo‘limiga pasport seriyasi va raqami hamda JShShIRni kiritgan holda (shaxsiy kabinetdan ham bilish mumkin).

2️⃣ mandat.uzbmb.uz saytiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Agentlikning quyidagi telegram botlariga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @bmba_natija_bot
👉 @bmba_natija_1bot
👉 @bmba_natija_2bot

4️⃣  SMS xabarnoma xizmati orqali: 5100 raqamiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abituriyentning ID raqamini yuborgan holda (xizmat haqi mavjud).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤37👍24🔥6👏2🤔2
Reyn-Rur-2025 yozgi Universiada o‘yinlaridan yana bir xushxabar!

Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etishda davom etmoqda.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Shamsiddin Qurbonov taekvondo WT sport turi bo‘yicha 58 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Sportchimiz musobaqa davomida yuksak mahorat va iroda namoyon etib, qator kuchli raqiblar bilan kechgan shiddatli janglar natijasida delegatsiyamizga navbatdagi medalni taqdim etdi.

#Universiada #Germaniya #Natija #Bronza

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤35👍15🔥3👏2🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 Navbatdagi ochiq muloqotga oz fursat qoldi

Biznes yuritishda muammolarga duch kelyapsizmi yoki takliflaringiz bormi? Sizni eshitishga va qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz! Har bir ovoz biz uchun muhim.

Prezidentning tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tadigan navbatdagi ochiq muloqoti doirasida o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

👍 Murojaatlaringizni quyidagi usullarda yuborishingiz mumkin:

📞 1094 yoki 1100 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling.

👍 “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasi orqali yozing.

Operatorlarimiz kecha-yu kunduz faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤14🔥4👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
– Faxr bilan ayta olamanki, bugungi kunda yosh tadbirkor hisoblanaman!

Yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar va ularning samarali ijrosi bugun hayotiy misollar orqali o‘z isbotini topmoqda.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti bitiruvchisi Elbek Rahimov “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida 1 milliard so‘mlik imtiyozli kredit
olib, bugungi kunda muvaffaqiyatli yosh tadbirkorga aylangan.

Elbek Rahimov o‘z orzu va g‘oyasini faqat niyat darajasida emas, balki aniq rejaga aylantirib, amaliyotga tatbiq eta oldi.

✔️“Kelajakka qadam” loyihasi bugungi O‘zbekiston yoshlari uchun ajoyib tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22👍13😁6🔥4🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti yoshlari Ginnes rekordi yo‘lida!

🇺🇿Yangi O‘zbekiston – ulkan imkoniyatlar mamlakati! O‘zbek yoshlari yangi tarix, yangi rekord yaratish uchun maydonga tushishga shay!

📌 Reja: 25 daqiqada 2 000 ta konstruktor robot yig‘iladi.
🎯 Maqsad: Ginnes rekordini o‘rnatish!

📣Yoshlar, sizni yirik muhandislik missiyasi kutmoqda!

Agar siz:
⏺Texnologiyaga qiziqsangiz
⏺ Yoshingiz 15–20 oralig‘ida bo‘lsa
⏺ Vatan nomidan tarixga kirishni xohlasangiz — bu imkoniyat aynan Siz uchun!

➡️Ro‘yxatdan o‘tish: missiya.edu.uz
2️⃣ Muddat: 25-iyulgacha!

📰 Ginnes — maqsadimiz. Texnologiya — yo‘limiz. Birdamlik — kuchimiz!

Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashamiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25👍21🔥8👏1
#QonunchilikYangiliklari

Ayrim hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyuldagi PF–114-son Farmoni bilan oliy ta’lim tashkilotlarining boshqaruv samaradorligini oshirish, xorijiy yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash va ta’lim xizmatlari eksportini kengaytirishga qaratilgan qator o‘zgarishlar belgilandi.


Xususan, Farmonga muvofiq:

▪️ Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ta’lim jarayonlari endilikda nafaqat Italiyaning Turin politexnika universiteti, balki boshqa ilg‘or xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida tashkil etiladi.

▪️Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilish jarayonida abituriyentlarning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlaridagi baholarni inobatga olish tartibini joriy etuvchi norma mazkur Farmon bilan o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

Mazkur huquqiy o‘zgarish oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlarning faqat test sinovlari va ijodiy yoki kasbiy imtihonlardagi natijalari asosida baholanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

▪️ Bakalavriatga qabul jarayonlari “avval test – so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍10🔥2
Universiada-2025: Najmiddin Qosimxojiyev bronza medalini qo‘lga kiritdi

2025-yil 21-iyul kuni Germaniyaning Reyn-Rur shaharlari va Berlinda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon yozgi Universiada doirasida o‘tkazilgan taekvondo bahslarida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi, milliy terma jamoamiz a’zosi Najmiddin Qosimxojiyev 74 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Sportchimiz kuchli raqiblarga qarshi shiddatli bahslar olib borib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Najmiddin Qosimxojiyevni ushbu xalqaro sport maydonidagi yutug‘i bilan samimiy tabriklaydi.

Yangi zafarlar, mustahkam iroda va bardavom muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤30👍22👏3🔥2🎉1
Oliy ta’limga qabul: kecha va bugun

“Avval test, keyin tanlov” tamoyiliga asoslangan qabul jarayonidagi eng so‘nggi o‘zgarishlar, yangilangan mexanizmlar, soddalashtirilgan imtihon, shuningdek, bu yilgi superyangiliklar haqida mutaxassislar fikri, real raqamlar va faktlar tahlili “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan “Tahlilnoma” dasturida muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤29👍7🔥2😁2🤔1