Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Vazir Nukus shahridagi test sinovlari jarayoni va politexnikum faoliyati bilan yaqindan tanishdi

22-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Nukus shahrida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkazilayotgan binoga tashrif buyurib, imtihon jarayoni, texnik va tashkiliy shart-sharoitlar bilan tanishdi. U abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, ta’lim tizimida shaffoflik va imkoniyatlar tengligini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, vazir Nukus shahridagi 1-sonli politexnikumda bo‘lib, u yerda Buyuk Britaniyaning BTEC ta’lim dasturi asosida xalqaro o‘quv kurslarini joriy etish masalalari, shuningdek muassasadagi qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Vazir qurilish ishlarida ishtirok etayotgan mutaxassislar bilan suhbatlashib, aniq tavsiyalarini berdi.

Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤24👍18🤔4🔥3😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchi_2025

Nukusda bitiruv marosimi o‘tkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 2024/2025-o‘quv yili yakuni munosabati bilan “Oq yo‘l, aziz bitiruvchi!” shiori ostida diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda filial rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi rahbariyati, xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Joriy o‘quv yili davomida filialni jami 306 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lib, ulardan 297 nafari kunduzgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, 9 nafari esa magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilardir.

Tadbir doirasida bitiruvchilar tomonidan “Veterinarlik qasamyodi”ni tantanali qabul qilish marosimi o‘tkazildi.

2024/2025-o‘quv yili yakuni bo‘yicha filial bitiruvchilarining bandlik darajasi 70 foizni tashkil etib, 214 nafar bitiruvchi ish bilan ta’minlangan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤31👍8🔥3👏3🥰2
🟦🟦🟦

📢 SAT imtihoni uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi!

🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda "College Board" tashkiloti bilan hamkorlikda SAT imtihonlari tashkil etilmoqda.

🗓 Imtihon sanalari:
🗓 2025-yil 23-avgust
🗓 2025-yil 13-sentyabr
🗓 2025-yil 4-oktyabr
🗓 2025-yil 8-noyabr
🗓 2025-yil 6-dekabr
🗓 2026-yil 14-mart
🗓 2026-yil 2-may
🗓 2026-yil 6-iyun

🗺 Imtihon quyidagi hududlarda o‘tkaziladi:
1.  Farg‘ona
2.  Namangan

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun manzil: USTIGA BOSING

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

☎️ (95) 515-68-68

📨 @IlmiyMarkazUz

✍️ SAT imtihonida omad tilaymiz!

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤45👍15🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MuhandislikTanlovi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
tomonidan o’tkazilayotgan Muhandislik sohasidagi respublika tanlovining loyihalar taqdimoti boshlanishiga oz fursat qoldi. Unda “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

🏆 G‘oliblar:
9 ta elektromobil,
xorijiy stajirovka,
va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Birgalikda innovatsion g‘oyalar va ilmiy-amaliy ishlanmalar gʻalabasi guvohi bo‘lamiz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍12🔥3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YangiOʻzbekiston #MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi #chellenj

Fargʻona davlat texnika universiteti talabalari Ginnes rekordlari tarixida yangi sahifa ochishga bel bog‘laganlar!


⚡️Yangi O‘zbekiston yoshlari muhandislik missiyasini birgalikda amalga oshiramiz, rekord o‘rnatib tarix yaratamiz, bu biz uchun katta imkoniyat!


✅ Reja: 25 daqiqada 2 000 ta konstruktor-robot yig‘iladi!

⚙️ Maqsad: Ginnes rekordini o‘rnatish!

🔰 Agar siz:
✔️robototexnikaga qiziqsangiz,
✔️ yoshingiz 15–20 oralig‘ida bo‘lsa,
✔️ Vatan nomidan tarixga kirishni xohlasangiz,

BIZ BILAN BIR SAFDA BO‘LING!

📱 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: missiya.edu.uz
🗓 Muddat: 2025-yil 25-iyulgacha!

“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍4😱3🔥1
🟦🟦
#Muhandisliktanlovi

Ayni damda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o’tkazilayotgan Muhandislik sohasidagi respublika tanlovining loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.

Quyidagi havola orqali jonli efirni tomosha qilishingiz mumkin:

➡️ https://youtube.com/live/th_l40oIEII?feature=share

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍8🔥2
🎓 Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi va talabalari uchun “YOSH GIDLAR MAKTABI” DASTURIga start berilmoqda!

🎯 Dastur maqsadi:
Turizm va gidlikka qiziqqan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
Tajribali gidlar bilan “ustoz-shogird” tizimida stajirovka tashkil etish;
Yozgi ta’tilni mazmunli va samarali o‘tkazish
.

❇️Dastur bosqichlari:
- dasturda qatnashish istagida boʻlgan oliy va kasbiy taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalarini saralash;
- “Yosh gidlarni tayyorlash” bo'yicha qisqa muddatli kursda o'qish (4 hafta);
- oʻquvchi va talabalarga tajribali gidlarni biriktirish orqali 15 kunlik stajirovka tashkil etish.

✅ Ishtirokchilarga beriladigan imkoniyatlar:
▪️Tajribali gidlar bilan stajirovka (15 kun);
▪️Yo‘l haqi (500 ming so‘m) va yashash xarajatlari (1 mln so‘m) uchun moliyaviy ko‘mak;
▪️30% chegirma bilan gid-tarjimonlar tayyorlash bo'yicha 6 oylik to'liq kursda o‘qish huquqi.

🗓 Arizalar qabul qilinadi:
📅 22–26 iyul, 2025-yil
📧 Ariza va 200–300 so‘zli motivatsiya xatlarini quyidagi oliy ta’lim muassasasining elektron manziliga yuboring.

❗️Nomzodlar kamida bitta horijiy tilni bilishi zarur.

🏫 Kurslar o‘tkaziladigan OTMlar:1️⃣Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (info@tsuos.uz);
2️⃣O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (uzdjtu@uzswlu.uz)
3️⃣“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti (info@univ-silkroad.uz)
4️⃣Urganch davlat universiteti (info@urdu.uz)
5️⃣Samarqand davlat chet tillari instituti (info@samdchti.uz)
6️⃣Andijon davlat chet tillari instituti (asifl@edu.uz)
7️⃣Buxoro davlat universiteti (buxdu_rektor@buxdu.uz)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤34👍10🔥2🤔2
Vazir muhandislik tanlovi doirasidagi loyihalar bilan tanishdi

2025-yil 23-iyul kunidan boshlab “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlari bo‘yicha muhandislik sohasidagi respublika ko’rik tanlovining yakuniy (respublika) bosqichi o‘z ishini boshladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tanlovda ishtirok etayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Tanlovda 40 yoshgacha bo‘lgan talabalar, o‘qituvchilar va amaliyotchi muhandislar ishtirok etmoqda. Ular alohida 3 toifada baholanadi.

Joriy yilda tanlovga muhandis.edu.uz platformasi orqali 1262 ta ariza qabul qilindi. Saralash bosqichda 1055 ta ariza texnik ekspertizadan o‘tdi va 135 nafar ishtirokchi yakuniy bosqichga yo‘llanma oldi.


Yakuniy bosqich “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z g‘oya, loyiha va ixtirolarini Tashkiliy qo‘mita a’zolari va soha mutaxassislaridan iborat komissiya oldida himoya qilmoqda.

Tanlovning barcha jarayonlari shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.

Bizni
kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤12🔥1🤔1