Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#qabul2025 #oʻrganish

Akademik litseylarda test sinovlari jarayonlaridagi shaffoflik o‘rganildi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Toshkent shahridagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining ochiqlik va halollik tamoyillari asosida o‘tkazilishini o‘rgandilar.

Ushbu tashrif davomida test jarayonlarini adolatli o‘tkazish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, imtihonlarning texnik va tashkiliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. Binolar va sport maydonlari kuzatuv kameralari bilan to‘liq jihozlangani, ota-onalar va mustaqil kuzatuvchilar uchun maxsus monitorlar o‘rnatilgani qayd etildi.

2025/2026-o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan my.edu.uz portali orqali 49 mingdan ortiq ariza kelib tushgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤45👍12🔥7🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

✅ Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan abituriyentlar 15 kun davomida quyidagilarni tanlashi lozim:

➖ oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM);
➖ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish);
➖ taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin);
➖ tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri).

📱 Abituriyentlar test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.

🌎 Sayt manzili: my.uzbmb.uz (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi => “OTM tanlash”)

📆 Muddat: 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kunlari ham)

📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤37🔥6👍5
Bakalavr_kvota_kunduzgi_2025.pdf
15.2 MB
#Kvota #Bakalavr #Kunduzgi #Qabul2025

Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍49❤24🤔6🔥4🤩1
Bakalavr_kvota_kechki_2025.pdf
12.3 MB
#Kvota #Bakalavr #Kechki #Qabul2025

Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤28🤔7🔥5👍4
Bakalavr_kvota_masofaviy_2025.pdf
11 MB
#Kvota #Bakalavr #Masofaviy #Qabul2025

Masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤33👍8🔥3😱1🎉1
Maqsadli_qabul_maktab_kvota_2025.pdf
10.7 MB
#MaqsadliKvota #Bakalavr #MaktabTaʼlimi #Qabul2025

Maktab ta’limi sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maktab ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍3🔥2
Maqsadli_qabul_tibbiyot_kvota_2025.pdf
11.8 MB
#MaqsadliKvota #Bakalavr #SogʻliqniSaqlash #Qabul2025

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍15🔥3
Edu.uz pinned a file
Maqsadli_qabul_san'at_kvota_2025.pdf
9.3 MB
#MaqsadliKvota #Bakalavr #Sanʼat #Qabul2025

San’at sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sanʼat sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan teatrlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va teatrlar kesimida) tasdiqlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤15🤔12😱3👍2🔥1
5yil_ish_staji_xotin_qizlar_kvota_2025.pdf
9.9 MB
#ImtiyozliKvota #Qabul2025

⚡️Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha
qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍7😁5🤔2🎉2
Nogironligi_bor_fuqarolar_uchun2_foizli_grant_2025.pdf
10.3 MB
#ImtiyozliKvota #Qabul2025

⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 2 %li qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

✅ Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika bo‘yicha jami 3 907 ta qo‘shimcha davlat granti kvotasi ajratildi.

▪️Ta’lim shakllari kesimida:

➡️ kunduzgi
ta’lim shakli uchun – 2 968 ta;
➡️ kechki ta’lim shakli uchun – 575 ta;
➡️ masofaviy ta’lim shakli uchun – 364 ta.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤26👍7🔥5😁1
Magistratura_kvota_kunduzgi_2025.pdf
15.4 MB
#Qabul2025
#magistratura_kunduzgi

⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi


2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.

JAMI: 20 210 ta.

Davlat granti: 9 922 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 725 ta, rus tili – 1 197 ta,

Kontrakt: 10 288 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 538 ta, rus tili – 1 750 ta.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤50🔥21👍5😁4🤩1
Magistratura_kvota_kechki_2025.pdf
10.9 MB
#Qabul2025
#magistratura_kechki

⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi


2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti tasdiqlandi.

JAMI: 1 319 ta.

Shundan, o‘zbek tili – 1 107 ta, rus tili – 138 ta,
qoraqalpoq tili – 74 ta.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤38👍6🎉3🔥1
Magistratura_kvota_masofaviy_2025.pdf
10.2 MB
#Qabul2025
#magistratura_masofaviy

⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi


2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga MASOFAVIY ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.

JAMI: 420 ta.

Shundan, o‘zbek tili – 352 ta, rus tili – 53 ta,
qoraqalpoq tili – 15 ta.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤40👍9😱2🔥1
#Qabul2025 #Oʻtish_bali

⚡️2025/2026-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal oʻtish bali o‘zgarishsiz qoldi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤34😱32🎉12🔥7🤔5
Edu.uz pinned a photo
Magistratura_turdosh_2025.pdf
424 KB
#Qabul2025 #Magistratura_turdosh

⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati

Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin.

Magistratura kvotasi bu yerda:
👉 KUNDUZGI
👉 KECHKI
👉 MASOFAVIY

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤32👏9👍6🔥3😁2
Edu.uz pinned a file