Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Bitiruvchilar bandligini ta’minlash va “Kelajakka qadam” markazlari faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Adilov, Respublika va viloyat Milliy bank vakillari, shuningdek, viloyatdagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda prorektorlari ishtirokida bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda “Kelajakka qadam” markazlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchilarning bandligini ta’minlash yo‘nalishida ko‘rilgan chora-tadbirlar va “Kelajakka qadam” dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

#Dolzarb90kun #Xizmat_safari #Buxoro

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤24👍10🔥4🤔2
25-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning navbatdagi jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha qabuli bo‘lib o‘tdi.

Ushbu qabul doirasida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan fuqarolar, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita vazirga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, uzoq hududlarda yashovchi va vazirlik binosiga shaxsan kela olmagan fuqarolar uchun videokonferensiya aloqasi orqali masofaviy qatnashish imkoniyati ham yaratildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/72670

#Vazir_qabuli #fuqarolar_murojaati #masala_yechim

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤30👍10🔥2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Ushbu video “Tanlov ustuvorligi nima?” deb so‘rayotgan abituriyentlar uchun

#Abituriyent2025 #TanlovUstuvorligi #Foydali

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥15👍13❤8😱2
#qabul2025 #kvota #xotin_qizlar #4_foiz

Joriy yil xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti ajratildi (o‘tgan yili 2000 ta edi)

Quyida ushbu qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti:

✅ Unga ko‘ra:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 284;
📍Andijon viloyati – 312;
📍Buxoro viloyati – 180;
📍Jizzax viloyati – 233;
📍Qashqadaryo viloyati – 337;
📍Navoiy viloyati – 196;
📍Namangan viloyati – 382;
📍Samarqand viloyati – 508;
📍Surxondaryo viloyati – 318;
📍Sirdaryo viloyati – 140;
📍Toshkent viloyati – 218;
📍Farg‘ona viloyati – 529;
📍Xorazm viloyati – 275;
📍Toshkent shahri – 88.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤71👍6🔥2🤔1
2025/2026-oʻquv yilida yangi tashkil etilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi (rasm)

#Qabul2025 #Yangi_yoʻnalishlar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤39👍17🔥2
#xushxabar

Germaniyadan xushxabar:
Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlarida yengil atletikachimiz Sharifa Davronova oltin medalni qoʻlga kiritdi

Bugun yengil atletika sport turida ayollar o‘rtasida uch hatlab sakrash bo‘yicha oʻtkazilgan final bahslarida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi, yengil atletikachimiz Sharifa Davronova ikkinchi urinishda barcha ishtirokchilar orasida eng yuqori 14,33 m natija ko'rsatib, yozgi Universiada oʻyinlari oltin medalini qoʻlga kiritdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤78👍58🔥17🤩5😁2