Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zbekiston—Xitoy kasbiy ta’lim hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda

24–27-iyul kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boʻlim boshlig‘i Farrux Azimov hamda Chilonzor tuman 1-son politexnikumi direktori Baxodir Ziyamuxammedov Xitoyning Guanchjou shahrida o‘tkazilgan Ta’lim hamkorligi haftaligi tadbirlarida ishtirok etdi.

Xaftalik doirasida Xunan Millatlar kasbiy ta’lim kolleji va Chilonzor tuman 1-son politexnikumi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolandi hamda “Guanchjou ustaxonalari” forumida xalqaro hamkorlik, sanoat ehtiyojlariga mos kasbiy ta’lim tizimi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdrk, Guanchjou oziq-ovqat kasbiy ta’lim kollejidagi ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan ta’lim tizimi o‘rganildi, 37 ta mutaxassislik bo‘yicha 10 mingdan ortiq kadr tayyorlanayotgan fakultetlar faoliyati bilan tanishildi hamda sun’iy intellekt, grafika va dizayn, elektrotexnika yo‘nalishlarida hamkorlikda kadrlar tayyorlashga kelishib olindi.

#XalqaroHamkorlik #Kasbiy_taʼlim

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1❤16👍12🔥4🥰2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Osiyo xalqaro universitetining bitiruv marosimi boʻlib oʻtdi

27-iyul kuni Buxoro shahridagi ARK maydonida Osiyo xalqaro universitetining bitiruv marosimi oʻtkazildi.

Marosim doirasida 460 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, 100 ga yaqin professor-oʻqituvchilar va taʼlim jarayonida faol ishtirok etgan xodimlar maxsus nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandi.

Tadbirning konsert qismida milliy va zamonaviy kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤9🔥4😱2😁1
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

🇺🇿IQAC tomonidan davlat oliygohlarida tashkil etilayotgan Britaniya dasturlariga qabul davom etmoqda!

🎓 Talabalar Britaniya standardlari asosida o'qitilib, yakunda hamkor davlat oliygohining, shuningdek Angliyaning hamkor universitetidan diplom olish imkoniga ham ega bo'ladilar.

⚫️Yo'nalishlar:
- Biznes boshqaruvi
- IT (Cybersecurity, Data Science, AI)
- Arxitektura

✔️Darajalar: Bakalavriat va magistratura

Ba'tafsil ma'lumot uchun:
📞 +998712002024 |✈️@iqacuz_bot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍10🔥3🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhandislik_tanlovi #Ishlanma

HETA Pro – kelajakning qishloq xo‘jaligiga qadam!

Ixtirochi Akbarali Turdiyev tomonidan ishlab chiqilgan, 35 ot kuchiga ega avtonom elektro traktor respublika miqyosidagi muhandislik tanlovining yakuniy bosqichida taqdim etildi.

📌 Loyihaning asosiy afzalliklari:
✅ To‘liq haydovchisiz boshqaruv tizimi
✅ Qishloq xo‘jaligi ishlarini avtomatlashtirish imkoniyati
✅ Elektr quvvatida ishlaydi – ekologik toza va iqtisodiy tejamli
✅ Yer haydash, urug‘ sepish va boshqa agrotadbirlarni o‘zi bajara oladi.


“HETA Pro” loyihasi nafaqat zamonaviy texnologiyalarning yurtimiz qishloq xo‘jaligiga kirib kelishini, balki kelajakda dehqonchilikda inson mehnatini yengillashtirish yo‘lida katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍27❤16🔥5🤩5🤔3
#Qabul_2025 #Dayjest

2025/2026-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish bo‘yicha muhim xabarlar dayjesti


my.uzbmb.uz platformasida OTM va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bo‘yicha videoyo‘riqnoma;

O‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti

🔹 BAKALAVR:

➖ KUNDUZGI;

➖
KECHKI;

➖
MASOFAVIY;

➖ Bakalavriat turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati.

🔸 MAQSADLI QABUL:

➖ Sog‘liqni saqlash;

➖
Maktab ta’limi;

➖ San’at sohasi.

🔹 IMTIYOZLI KVOTALAR:

➖ Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun;

➖
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun;

➖
5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun;

➖
Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun.

🔸 MAGISTRATURA:

➖
KUNDUZGI;

➖
KECHKI;

➖
MASOFAVIY;

➖ Magistratura turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati.

➖ Davlat granti kvotasi ulushining taʼlim sohalari va bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

➖Yangi tashkil etilgan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati;

➖ Tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini o‘qishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤22👍7🔥3👏1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhandislik_tanlovi #Ishlanma

Ion almashinuvchi, ultrafiltratsion membranalar — muhandislik tanlovi yakuniy bosqichida taqdim etilgan innovatsion ishlanma


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan muhandislik yo‘nalishidagi respublika tanlovining yakuniy bosqichida Bozorov Yoqubjon Sherali o‘g‘li tomonidan ishlab chiqilgan ion almashinuvchi, ultrafiltratsion membranalar loyihasi taqdim etildi.

📌Qurilma quyidagi texnik imkoniyatlarga ega:

✅ Tarkibida turli metall ionlari va tuzlar mavjud bo‘lgan suvlarni tozalash imkonini beradi;
✅ Suv tarkibidagi kerakli komponentlarni ajratib olishni ta’minlaydi;
✅ Yuqori selektivlik va o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega;
✅ Mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqilgan, atrof-muhitga xavfsiz.


Bunday turdagi filtratsion membranalar sanoat, kimyo va ekologiya sohalarida keng qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, resurslardan samarali foydalanish hamda barqaror rivojlanishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤27👍8🥰2🔥1👏1
#Bitiruvchi_2025 #Diplom_topshirish_marosimi

O‘zDJTUda magistratura bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi


28-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rahbariyat vakillari, bitiruvchi magistrantlar hamda ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Marosim davomida bitiruvchilarning mehnati, intilishi va erishgan yutuqlari iliq tilaklar va hayajonli lahzalar fonida e’tirof etildi. Bu kun yosh mutaxassislar hayotidagi unutilmas sahifaga aylandi.

Ma’lumot uchun, 2024–2025-o‘quv yilida 253 nafar magistrant universitetni muvaffaqiyatli tamomladi, shundan 237 nafariga diplomlar tantanali tarzda topshirildi, 105 nafar bitiruvchi grant asosida tahsil olgan hamda bitiruvchilarning 80 foizdan ortig‘i ish bilan ta’minlangan.

Yutuqli bitiruvchilar orasida1 nafar Prezident stipendiyasi,1 nafar Aleksandr Faynberg nomidagi stipendiya, 6 nafar Rektor stipendiyasi sohibi bor hamda 2 nafar xorijiy talaba magistraturani muvaffaqiyatli yakunladi va 3 nafar bitiruvchi esa xorijdagi nufuzli oliygohlarda malaka oshirib qaytdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤29👏12👍8🎉2🔥1
Tarixiy natijaga erishgan sportchilarimiz tantanali kutib olindi

2025-yil 16–27-iyul kunlari Germaniyaning Reyn-Rur shahri mezbonlik qilgan Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi tarixiy natijaga erishdi. 113 davlat orasida umumjamoa hisobida 13-oʻrinni egallagan sportchilarimiz musobaqani 4 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medali bilan yakunladi.

Bugun yurtimiz faxri boʻlgan universiadachilar Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Marosimda Prezidentning sport boʻyicha vakili Odil Abduraxmanov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Sport vazirligi va Milliy olimpiya qoʻmitasi rahbariyati, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda sportchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlar mamlakatimiz Mustaqilligining 34 yilligiga munosib tuhfa boʻlgani, sport sohasiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor samarasi ekani taʼkidlandi.

Ushbu Universiadada dunyoning 113 davlatidan 5 100 nafardan ziyod talaba 18 sport turi boʻyicha kuch sinashdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi 11 sport yoʻnalishi boʻyicha 18 ta OTMda tahsil olayotgan 53 nafar sportchi bilan ishtirok etdi.

Suzish, yengil atletika va badiiy gimnastika yoʻnalishlarida ilk bor medallar qoʻlga kiritildi. Delegatsiyamiz Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori — 1-oʻrinni egalladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤47👍26🔥10