Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Guliston davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazdi


Aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirish, fuqarolarning oʻrinli murojaatlariga joyida yechim topish, taʼlim sohasidagi dolzarb muammolarni hal etish maqsadida 2025-yil 29-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Guliston davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazdi.

Qabulda professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar hamda mahalliy aholi vakillari oʻz muammo va takliflari bilan ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida koʻtarilgan masalalar mazmunan turlicha boʻlib, ularning har biri vazir tomonidan diqqat bilan eshitildi va tegishli tartibda koʻrib chiqildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/73758

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👏19❤16🔥3😁2😱2
TALABAEXPO – 2025 ANDIJONDA!

2025-yil 30-iyul kuni Andijon shahrida yirik kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi!

“Kelajakka qadam” dasturi va “Dolzarb 90 kun” doirasida o‘tkazilayotgan TalabaExpo – 2025 ko‘rgazmasi bitiruvchi talabalarning ishga joylashishiga real imkoniyat yaratadi.

Ko‘rgazmada:
✔️2000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan 300 ga yaqin yirik ish beruvchilar va tijorat banklari;

✔️10 ming nafarga yaqin talaba-yoshlar;

✔️Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va abituriyentlar.


Tashkilotchilar:
↪️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
↪️Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
↪️“Oʻzmilliybank” AJ;
↪️Savdo-sanoat palatasi;
↪️Andijon viloyati hokimligi.


Tadbir doirasida sizni quyidagilar kutmoqda:
➡️“Talaba – kelajak” muloqotlari;
➡️Seminar va treninglar;
➡️Biznes va startap loyihalar taqdimotlari;
➡️Imtiyozli kreditlar bo‘yicha maslahatlar;
➡️Madaniy shou va musiqiy dasturlar.


Andijon viloyatidagi oliygoh bitiruvchilari, boshqa hududlarda tahsil olayotgan andijonlik yoshlar, shuningdek, abituriyentlar — sizni ham ko‘rgazmaga taklif qilamiz!

📍Manzil: Andijon davlat universiteti (Universitet ko‘chasi, 129-uy)

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍11🔥2🤩2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦
🌟🌟🌟🌟🌟

🇺🇿 Ayni daqiqalarda Andijonda “TalabaExpo — 2025” kasb ko‘rgazmasi boshlanish arafasida

Andijon davlat universitetida “Kelajakka qadam” dasturi va “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida tashkil etilgan  ushbu tadbir orqali viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash va biznesga jalb qilish maqsad qilingan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22😱6🔥5😁3🤔1
#qonunchilik_yangiliklari

Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi

“O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va jahon miqyosida targ‘ib qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–230-son, 28.07.2025-y.) qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra:

🔹Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi;

🔹Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi;

🔹2026-yildan har 2-yilda 1 marta estrada san’ati bo‘yicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro ko‘rik-tanlovi o‘tkazib boriladi.

Shuningdek, Botir Zokirovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy film yaratiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23🔥6👍5😱1🎉1
🔴 🟦🟦  🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Andijonda “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi boshlandi!


“Kelajakka qadam” dasturi va “Dolzarb 90 kun” doirasida Andijon shahrida oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari uchun yirik ko‘lamdagi “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasiga start berildi.

Mazkur tadbir Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Oʻzmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi, Andijon viloyati hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Tadbirda so‘z olganlar mazkur kasb ko‘rgazmasining bitiruvchilar bandligini ta’minlashdagi ahamiyati, yoshlarni kelajakdagi maqsadlariga erishishlari yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi haqida so‘z yuritdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/73891

#Kelajakka_qadam #TalabaEkspo2025 #Andijon #bandlik

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤14😱11🔥3👏3
🟦🟦

🔸 TOEFL iBT xalqaro imtihoni uchun ro‘yxatga olish
boshlandi!

🔸 GRE imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤12😁3🤔2😱2
#Xalqaro_hamkorlik

Fransiya elchisi bilan uchrashuv: hamkorlik natijalari koʻrib chiqildi


30-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oreliya Bushezning diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Bushez xonimning elchi sifatidagi faoliyati davomida ikki tomonlama hamkorlik doirasida erishilgan natijalarga ijobiy baho berib, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida qayd etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/73987

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍6🔥5😁3🤔2