Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
G‘uzor tumanidagi kasbiy ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi

31-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi politexnikumlarda bo‘lib, ularning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini joyiga chiqib o‘rgandi.

Vazir o‘rinbosariga Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari A.Qobilov, G‘uzor tuman hokimi B.Suyunov, Qarshi davlat universiteti rektori D.Nabiyev va boshqa mutasaddilar hamrohlik qildi.

O‘rganish jarayonida, jumladan 3-son politexnikumda xalqaro ta’lim dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quv binolari va laboratoriyalar holati, jihozlar tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, 1-son politexnikumda Germaniyaning “Avestos” kompaniyasi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan “Ausbildung” dasturi va zamonaviy avtodrom qurilishi bilan yaqindan tanishildi.

Jarayon yakunida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

#Xizmat_safari #Kasbiy_taʼlim #Qashqadaryo

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤56🔥9👍4👏2🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon #TTJ

⚡️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!


Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

❗️Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤39👍8🤩5👏1
📣 Erasmus+ CBHE 2025 natijalari e'lon qilindi!

2025-yilgi Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) tanlovi doirasida moliyalashtirish uchun tanlab olingan 173 ta loyihadan 10 tasi Markaziy Osiyodagi oliy ta’lim muassasalarini (OTM) o‘z ichiga oladi. Ulardan 6 tasi O‘zbekiston ishtirokida bo‘lib, 4 ta loyiha bo‘yicha O‘zbekiston yetakchi – Grantholder sifatida qatnashmoqda:
🔹Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (Erasmus+ CBHE Cyber4CA)
🔹Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (Erasmus+ CBHE GreenEngine)
🔹Nukus davlat texnika universiteti (Erasmus+ CBHE MECAS)
🔹Qo‘qon universiteti (Erasmus+ CBHE GreenCamUz)


Umumiy hisobda, O‘zbekistonning 19 ta OTMlari (Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlaridan) ishtirok etmoqda. Markaziy Osiyo (Region 6) uchun ajratilgan umumiy byudjet taxminan 5,6 million yevroni tashkil etadi. Bundan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning 11 ta universiteti hamda tegishli vazirliklari ham ushbu loyihalarga jalb qilingan.

🆕 O‘zbekistondan 6 ta yangi OTM birinchi bor CBHE loyihalarida ishtirok etmoqda. Ularning 2 tasi davlat, 4 tasi esa xususiy OTMlardir:
🔹Nukus davlat texnika universiteti
🔹Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
🔹Toshkent xalqaro universiteti
🔹Boshqaruv va kelajak texnologiyalari universiteti
🔹Qo‘qon universiteti
🔹Yangi Asr universiteti


Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (OTFIV) jami 4 ta loyihada qatnashmoqda, shulardan 2 tasida to‘laqonli hamkor sifatida ishtirok etmoqda. Shuningdek, 7 ta nodavlat tashkilotlar ham O‘zbekistondan ishtirok etmoqda, jumladan vazirliklar, assotsiatsiyalar, korxonalar va ittifoqlar:
🔹Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
🔹Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim vazirligi
🔹Orol va Amudaryo himoyasi ittifoqi
🔹UNICON.UZ – Ilmiy, texnik va marketing tadqiqotlar markazi
🔹“INNO TEXNOPARK” MChJ


📊 Loyiha turlari:
🔘4 ta mintaqaviy loyiha: qishloq turizmidagi ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, Ekoinformatika bo‘yicha magistratura dasturi, Kiberxavfsizlik bo‘yicha innovatsion ta’lim dasturi, Sun’iy intellekt bo‘yicha ilg‘or o‘quv kurslari.
🔘1 ta milliy loyiha: Green Deal ustuvorligi doirasida yangi ishtirokchi OTMlarni qo‘llab-quvvatlash (Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit barqarorligi).
🔘1 ta transmintaqaviy loyiha: Gruziya va O‘zbekiston universitetlari ishtirokida barqaror “Yashil muhit” uchun ijodiy muhandislikni rivojlantirish.


📈 Loyihalar 10 ta dasturga qo‘shilgan davlatlardan bo‘lgan 18 ta universitet va 3 ta nodavlat tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi.

🔗 Batafsil tanlov natijalari bilan tanishing: https://erasmus-plus.ec.europa.eu/news/173-new-projects-proposed-for-funding-to-support-international-cooperation-in-higher-education

Batafsil: https://erasmus.uz/publications/577-erasmus-cbhe-2025-natijalari-e-lon-qilindi

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21🔥8👍6
Kadrlar malakasini oshirish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov rahbarligida kadrlar malakasini oshirish hamda akademik litseylar faoliyatini takomillashtirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Yigʻilishda ushbu yoʻnalishlar uchun masʼul boʻlgan vazirlik boʻlimi xodimlari taʼlim sifati, ilm-fan va innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirish, xorijiy ilgʻor tajribalarni joriy etishga qaratilgan bir qator takliflarni ilgari surdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/74556

#yigʻilish #vazir #markaziy_apparat #takliflar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤10🔥5🤔3🎉1
Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi.
Jim turish — bu illatga ijozat berishdir.
Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!


Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12😁10❤8🔥2
HAMMANI ZIR QAQSHATGAN 1-AVGUST!


Erta tongdan, odatdagidek, bugun qanday kunligiga qaradim. 1-avgust! Birdaniga ilon chaqqandek bo‘ldi, xotiram uyg‘ondi, qaynoq suv sepgandek bo‘ldi.
Uzoq yillar davomida ko‘pchilikni zir qaqshatgan 1-avgust!

Bu kunda butun O‘zbekiston sukunatga cho‘mardi: telefonlar, boshqa aloqa vositalari, hech qanday gadjetlar ishlamasdi, telefon orqali shunchaki aloqaga chiqib bo‘lmasdi, hatto... Hammasi o‘chirilardi, atayin...

Butun O‘zbekiston bitta nuqtaga tiqilardi, barcha: abituriyent ham, ota-ona, yaqinlari, ta’lim va test tizimi asabi tarang, to‘siq ko‘chalar, falajlangan poytaxt va ichki ishlar kordonlari bamisoli favqulodda vaziyatni eslatardi.

Mamlakat testxonalardagi jimjitlik bo‘lgan bu paytda hamma g‘imir-g‘imir harakatlar yerto‘lalarda, bunkerlarda, tambalangan xonalar ichkarisida amalga oshardi. Eng qizig‘i, “yashirincha” shuncha qalloblik qilinishini oddiy xalq farzandlari ham bilardi, ammo hech kim buni oshkor qilolmas yoki o‘zlari ham bu ”qimmat imkoniyat”dan foydalanolmas edilar.

Dahshat... dahshat... dahshat...
1-avgustdagi “shu ishlar” ni deb qanchadan-qancha taqdirlar singan, qanchadan-qancha kelajaklar barbod bo‘lgan. Bu shunchaki dahshat edi.

Bugun esa oliy ta’lim tizimi rivojlanyapti, endi hech kim 1-avgustdan hayiqmaydi, qo‘rqmaydi. Imtihonga kirishdan hech kim bezillamaydi.
Endi davlat imtihonlari shaffof, ochiq-oshkora o‘tkazilyapti, qanday yaxshi... Bugun yoshlarimiz biladi — agar puxta tayyorgarlik ko‘rishsa, bilimli bo‘lishsa, albatta, talabaga aylanishadi.
Mana shu adolatning nurlari bugun har bir yigit-qizga birdek!

Va biz buni bilamiz!


Sherzodxon Qudratxo‘ja

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍113❤50🔥29😁16🤩5
⚡️Eslatma: 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish davom etmoqda

O‘tgan yillardagi kabi, joriy yilda ham akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratilgan.

Gap shundaki, 9-sinf bitiruvchilari my.edu.uz elektron platformasidagi shaxsiy kabinet orqali texnikumlar qabuliga ham bir vaqtning o‘zida onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Bu imkoniyat akademik litseylarning saralash bosqichidan o‘ta olmagan abituriyentlarga texnikumlarda o‘qishni davom ettirish imkonini beradi.

🗓 Texnikumlarga ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 10-avgust (shu kuni ham)

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: my.edu.uz platformasida

▶️ Video yo‘riqnoma

Eslatma: Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025-yil 10-avgustga (shu kuni ham) qadar uzaytirilgan.

#Qabul2025 #Texnikum #Qulaylik #Eslatma

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30👍14🔥3
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi samolyotda inson hayotini saqlab qoldi

Bu haqda Mathrubhumi News kanali dasturida ma’lum qilindi.

2025-yil 29-iyul kuni Toshkent–Dehli yo‘nalishidagi reys davomida bir yo‘lovchining ahvoli yomonlashganida, Toshkent davlat tibbiyot universitetining Xalqaro fakultetida tahsil olayotgan hindistonlik talaba Mohamed Anees unga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi va uning hayotini saqlab qolishga yordam berdi.

“Samolyot parvozi vaqtida ekipaj ‘Agar bortda shifokor yoki tibbiy xodim bo‘lsa, iltimos, xabar bering‘ degan e’lon berdi. Men o‘zimni tanishtirib, yordam bera olishimni aytdim. Bemor — 48 yoshli ayol juda xavotirlangan, yuragi tez urayotgandi. Tekshiruvdan so‘ng taxikardiya xuruji borligini aniqladim va darhol karotid massajini boshladim. 10–15 soniya ichida bemorning ahvoli yaxshilana boshladi. Samolyot Dehliga qo‘nganidan so‘ng, bemorni tibbiyot xodimlariga topshirdik”,

— deya hikoya qildi Mohamed Anees.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤88👏55👍36🔥13🥰3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navoiyda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sayyor qabuli o‘tkazildi

31-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Navoiy shahrida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda vazirlik markaziy apparati mas’ullari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.

Qabul davomida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari sohaga oid muammo hamda takliflarini bildirdi.

#sayyor_qabul #murojaatlar #Navoiy

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤12🤔3😱3🔥1
Kasbiy taʼlim xizmatlarini takomillashtirishga oid takliflar ko‘rib chiqildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov rahbarligida kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Yigʻilishda ushbu yoʻnalishlar uchun masʼul boʻlgan xodimlar taʼlim sifatini yaxshilash, sohani raqamlashtirish, texnikumlarga qabul jarayonlarini takomillashtirish, xorijiy hamkorlarni jalb etishga qaratilgan bir qator takliflarni ilgari surdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/74754

#yigʻilish #vazir #markaziy_apparat #takliflar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍6🔥3🤔2🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

Yilning innovatsion haftaligi sizni kutmoqda!


🟡 Mamlakatimizning ilm-fan va innovatsion faoliyat sohasidagi natijalarini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni istaysizmi?

✅ Unda sizni 9-11-oktabr kunlari CAEx ko‘rgazmalar zalida “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan InnoWeek-2025 – innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligida kutib qolamiz.

🗣InnoWeek - mahalliy va xalqaro kompaniyalar, davlat idoralari vakillari, investorlar, olimlar, startaperlar hamda ekspertlarni bir nuqtada birlashtiruvchi platforma.


🟢InnoWeek-2025 — ko‘rgazmalar, tanlovlar, forumlar, master-klasslar, startap pitchinglar, xakatonlar – barchasi shu yerda!

❗️InnoWeek-2025 | 9-11-oktabr | CAEx

Batafsil: www.innoweek.uz

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤15🔥6👏4