Forwarded from National Erasmus+ Office Uzbekistan
2025-yilgi Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) tanlovi doirasida moliyalashtirish uchun tanlab olingan 173 ta loyihadan 10 tasi Markaziy Osiyodagi oliy ta’lim muassasalarini (OTM) o‘z ichiga oladi. Ulardan 6 tasi O‘zbekiston ishtirokida bo‘lib, 4 ta loyiha bo‘yicha O‘zbekiston yetakchi – Grantholder sifatida qatnashmoqda:
🔹 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (Erasmus+ CBHE Cyber4CA)🔹 Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (Erasmus+ CBHE GreenEngine)🔹 Nukus davlat texnika universiteti (Erasmus+ CBHE MECAS)🔹 Qo‘qon universiteti (Erasmus+ CBHE GreenCamUz)
Umumiy hisobda, O‘zbekistonning 19 ta OTMlari (Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlaridan) ishtirok etmoqda. Markaziy Osiyo (Region 6) uchun ajratilgan umumiy byudjet taxminan 5,6 million yevroni tashkil etadi. Bundan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning 11 ta universiteti hamda tegishli vazirliklari ham ushbu loyihalarga jalb qilingan.
🔹 Nukus davlat texnika universiteti🔹 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti🔹 Toshkent xalqaro universiteti🔹 Boshqaruv va kelajak texnologiyalari universiteti🔹 Qo‘qon universiteti🔹 Yangi Asr universiteti
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (OTFIV) jami 4 ta loyihada qatnashmoqda, shulardan 2 tasida to‘laqonli hamkor sifatida ishtirok etmoqda. Shuningdek, 7 ta nodavlat tashkilotlar ham O‘zbekistondan ishtirok etmoqda, jumladan vazirliklar, assotsiatsiyalar, korxonalar va ittifoqlar:
🔹 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi🔹 Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim vazirligi🔹 Orol va Amudaryo himoyasi ittifoqi🔹 UNICON.UZ – Ilmiy, texnik va marketing tadqiqotlar markazi🔹 “INNO TEXNOPARK” MChJ
🔘 4 ta mintaqaviy loyiha: qishloq turizmidagi ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, Ekoinformatika bo‘yicha magistratura dasturi, Kiberxavfsizlik bo‘yicha innovatsion ta’lim dasturi, Sun’iy intellekt bo‘yicha ilg‘or o‘quv kurslari.🔘 1 ta milliy loyiha: Green Deal ustuvorligi doirasida yangi ishtirokchi OTMlarni qo‘llab-quvvatlash (Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit barqarorligi).🔘 1 ta transmintaqaviy loyiha: Gruziya va O‘zbekiston universitetlari ishtirokida barqaror “Yashil muhit” uchun ijodiy muhandislikni rivojlantirish.
Batafsil: https://erasmus.uz/publications/577-erasmus-cbhe-2025-natijalari-e-lon-qilindi
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21🔥8👍6
Kadrlar malakasini oshirish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov rahbarligida kadrlar malakasini oshirish hamda akademik litseylar faoliyatini takomillashtirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Yigʻilishda ushbu yoʻnalishlar uchun masʼul boʻlgan vazirlik boʻlimi xodimlari taʼlim sifati, ilm-fan va innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirish, xorijiy ilgʻor tajribalarni joriy etishga qaratilgan bir qator takliflarni ilgari surdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/74556
#yigʻilish #vazir #markaziy_apparat #takliflar
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤10🔥5🤔3🎉1
Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi.
Jim turish — bu illatga ijozat berishdir.
Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!
Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12😁10❤8🔥2
HAMMANI ZIR QAQSHATGAN 1-AVGUST!
Erta tongdan, odatdagidek, bugun qanday kunligiga qaradim. 1-avgust! Birdaniga ilon chaqqandek bo‘ldi, xotiram uyg‘ondi, qaynoq suv sepgandek bo‘ldi.
Uzoq yillar davomida ko‘pchilikni zir qaqshatgan 1-avgust!
Bu kunda butun O‘zbekiston sukunatga cho‘mardi: telefonlar, boshqa aloqa vositalari, hech qanday gadjetlar ishlamasdi, telefon orqali shunchaki aloqaga chiqib bo‘lmasdi, hatto... Hammasi o‘chirilardi, atayin...
Butun O‘zbekiston bitta nuqtaga tiqilardi, barcha: abituriyent ham, ota-ona, yaqinlari, ta’lim va test tizimi asabi tarang, to‘siq ko‘chalar, falajlangan poytaxt va ichki ishlar kordonlari bamisoli favqulodda vaziyatni eslatardi.
Mamlakat testxonalardagi jimjitlik bo‘lgan bu paytda hamma g‘imir-g‘imir harakatlar yerto‘lalarda, bunkerlarda, tambalangan xonalar ichkarisida amalga oshardi. Eng qizig‘i, “yashirincha” shuncha qalloblik qilinishini oddiy xalq farzandlari ham bilardi, ammo hech kim buni oshkor qilolmas yoki o‘zlari ham bu ”qimmat imkoniyat”dan foydalanolmas edilar.
Dahshat... dahshat... dahshat...
1-avgustdagi “shu ishlar” ni deb qanchadan-qancha taqdirlar singan, qanchadan-qancha kelajaklar barbod bo‘lgan. Bu shunchaki dahshat edi.
Bugun esa oliy ta’lim tizimi rivojlanyapti, endi hech kim 1-avgustdan hayiqmaydi, qo‘rqmaydi. Imtihonga kirishdan hech kim bezillamaydi.
Endi davlat imtihonlari shaffof, ochiq-oshkora o‘tkazilyapti, qanday yaxshi... Bugun yoshlarimiz biladi — agar puxta tayyorgarlik ko‘rishsa, bilimli bo‘lishsa, albatta, talabaga aylanishadi.
Mana shu adolatning nurlari bugun har bir yigit-qizga birdek!
Va biz buni bilamiz!
Sherzodxon Qudratxo‘ja
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍113❤50🔥29😁16🤩5
O‘tgan yillardagi kabi, joriy yilda ham akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratilgan.
Gap shundaki, 9-sinf bitiruvchilari my.edu.uz elektron platformasidagi shaxsiy kabinet orqali texnikumlar qabuliga ham bir vaqtning o‘zida onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Bu imkoniyat akademik litseylarning saralash bosqichidan o‘ta olmagan abituriyentlarga texnikumlarda o‘qishni davom ettirish imkonini beradi.
Eslatma: Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025-yil 10-avgustga (shu kuni ham) qadar uzaytirilgan.
#Qabul2025 #Texnikum #Qulaylik #Eslatma
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30👍14🔥3
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi samolyotda inson hayotini saqlab qoldi
Bu haqda Mathrubhumi News kanali dasturida ma’lum qilindi.
2025-yil 29-iyul kuni Toshkent–Dehli yo‘nalishidagi reys davomida bir yo‘lovchining ahvoli yomonlashganida, Toshkent davlat tibbiyot universitetining Xalqaro fakultetida tahsil olayotgan hindistonlik talaba Mohamed Anees unga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi va uning hayotini saqlab qolishga yordam berdi.
— deya hikoya qildi Mohamed Anees.

“Samolyot parvozi vaqtida ekipaj ‘Agar bortda shifokor yoki tibbiy xodim bo‘lsa, iltimos, xabar bering‘ degan e’lon berdi. Men o‘zimni tanishtirib, yordam bera olishimni aytdim. Bemor — 48 yoshli ayol juda xavotirlangan, yuragi tez urayotgandi. Tekshiruvdan so‘ng taxikardiya xuruji borligini aniqladim va darhol karotid massajini boshladim. 10–15 soniya ichida bemorning ahvoli yaxshilana boshladi. Samolyot Dehliga qo‘nganidan so‘ng, bemorni tibbiyot xodimlariga topshirdik”,
— deya hikoya qildi Mohamed Anees.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤88👏55👍36🔥13🥰3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navoiyda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sayyor qabuli o‘tkazildi
31-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Navoiy shahrida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda vazirlik markaziy apparati mas’ullari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.
Qabul davomida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari sohaga oid muammo hamda takliflarini bildirdi.
#sayyor_qabul #murojaatlar #Navoiy
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
31-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Navoiy shahrida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda vazirlik markaziy apparati mas’ullari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.
Qabul davomida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari sohaga oid muammo hamda takliflarini bildirdi.
#sayyor_qabul #murojaatlar #Navoiy
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤12🤔3😱3🔥1
Kasbiy taʼlim xizmatlarini takomillashtirishga oid takliflar ko‘rib chiqildi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov rahbarligida kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Yigʻilishda ushbu yoʻnalishlar uchun masʼul boʻlgan xodimlar taʼlim sifatini yaxshilash, sohani raqamlashtirish, texnikumlarga qabul jarayonlarini takomillashtirish, xorijiy hamkorlarni jalb etishga qaratilgan bir qator takliflarni ilgari surdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/74754
#yigʻilish #vazir #markaziy_apparat #takliflar
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov rahbarligida kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Yigʻilishda ushbu yoʻnalishlar uchun masʼul boʻlgan xodimlar taʼlim sifatini yaxshilash, sohani raqamlashtirish, texnikumlarga qabul jarayonlarini takomillashtirish, xorijiy hamkorlarni jalb etishga qaratilgan bir qator takliflarni ilgari surdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/74754
#yigʻilish #vazir #markaziy_apparat #takliflar
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍6🔥3🤔2🎉2
Forwarded from Innovatsion rivojlaniş agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025
🔤 🔤 🔤 🔤 🔤 🔤 🔤 🔤
Yilning innovatsion haftaligi sizni kutmoqda!
🟡 Mamlakatimizning ilm-fan va innovatsion faoliyat sohasidagi natijalarini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni istaysizmi?
✅ Unda sizni 9-11-oktabr kunlari CAEx ko‘rgazmalar zalida “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan InnoWeek-2025 – innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligida kutib qolamiz.
🟢 InnoWeek-2025 — ko‘rgazmalar, tanlovlar, forumlar, master-klasslar, startap pitchinglar, xakatonlar – barchasi shu yerda!
❗️ InnoWeek-2025 | 9-11-oktabr | CAEx
Batafsil: www.innoweek.uz
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Yilning innovatsion haftaligi sizni kutmoqda!
🗣 InnoWeek - mahalliy va xalqaro kompaniyalar, davlat idoralari vakillari, investorlar, olimlar, startaperlar hamda ekspertlarni bir nuqtada birlashtiruvchi platforma.
Batafsil: www.innoweek.uz
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤15🔥6👏4
Magistraturaga my.gov.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalari ham belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi
Magistraturaga kirishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalarini qabul qilish bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2025-yil 1-30-iyul kunlari magistraturaga my.gov.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalari belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Bunda:
✅ushbu toifadagi abituriyentlarga arizalarining holatini my.edu.uz platformasiga OneID orqali kirgan holda kuzatib borish imkoniyati yaratiladi;
✅ro‘yxatdan o‘tgan arizalarning asossiz rad qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vazirlik bu borada abituriyentlarning hech bir xavotirlanishiga asos yo‘qligini hamda tanlovlar adolat, ochiq-oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

👍47❤28🤔6🔥4😱3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zJOKUda “BITIRUVCHI –2025” bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini 2024/2025-o‘quv yilida tamomlayotgan bitiruvchilarning tantanali Bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda bitiruvchi talabalar, ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylar va professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etdi.
Ushbu o‘quv yilida O‘zJOKUni jami 632 nafar talaba, shundan 594 nafar bakalavriatning 10 ta yo‘nalishi hamda 38 nafar talaba magistratura bosqichining 10 ta mutaxassisligi bo‘yicha tahsilni muvaffaqiyatli yakunlashdi. Bu kechada yoshlarning 58 nafari imtiyozli diplomni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, bu o‘quv yili bitiruvchilarining 74 foizi to‘liq ish bilan ta’minlangan.

❤15👍12🔥3
Oliy taʼlim muassasalarida ichki moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi tashabbuslar koʻrib chiqildi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov rahbarligida joriy yilning oʻtgan davrida byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlardan maqsadli hamda samarali foydalanish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va ichki audit xizmatini yanada samarali tashkil etish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/74972

❤17👍3🔥3😱1