Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi.
Jim turish — bu illatga ijozat berishdir.
Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!


Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12😁10❤8🔥2
HAMMANI ZIR QAQSHATGAN 1-AVGUST!


Erta tongdan, odatdagidek, bugun qanday kunligiga qaradim. 1-avgust! Birdaniga ilon chaqqandek bo‘ldi, xotiram uyg‘ondi, qaynoq suv sepgandek bo‘ldi.
Uzoq yillar davomida ko‘pchilikni zir qaqshatgan 1-avgust!

Bu kunda butun O‘zbekiston sukunatga cho‘mardi: telefonlar, boshqa aloqa vositalari, hech qanday gadjetlar ishlamasdi, telefon orqali shunchaki aloqaga chiqib bo‘lmasdi, hatto... Hammasi o‘chirilardi, atayin...

Butun O‘zbekiston bitta nuqtaga tiqilardi, barcha: abituriyent ham, ota-ona, yaqinlari, ta’lim va test tizimi asabi tarang, to‘siq ko‘chalar, falajlangan poytaxt va ichki ishlar kordonlari bamisoli favqulodda vaziyatni eslatardi.

Mamlakat testxonalardagi jimjitlik bo‘lgan bu paytda hamma g‘imir-g‘imir harakatlar yerto‘lalarda, bunkerlarda, tambalangan xonalar ichkarisida amalga oshardi. Eng qizig‘i, “yashirincha” shuncha qalloblik qilinishini oddiy xalq farzandlari ham bilardi, ammo hech kim buni oshkor qilolmas yoki o‘zlari ham bu ”qimmat imkoniyat”dan foydalanolmas edilar.

Dahshat... dahshat... dahshat...
1-avgustdagi “shu ishlar” ni deb qanchadan-qancha taqdirlar singan, qanchadan-qancha kelajaklar barbod bo‘lgan. Bu shunchaki dahshat edi.

Bugun esa oliy ta’lim tizimi rivojlanyapti, endi hech kim 1-avgustdan hayiqmaydi, qo‘rqmaydi. Imtihonga kirishdan hech kim bezillamaydi.
Endi davlat imtihonlari shaffof, ochiq-oshkora o‘tkazilyapti, qanday yaxshi... Bugun yoshlarimiz biladi — agar puxta tayyorgarlik ko‘rishsa, bilimli bo‘lishsa, albatta, talabaga aylanishadi.
Mana shu adolatning nurlari bugun har bir yigit-qizga birdek!

Va biz buni bilamiz!


Sherzodxon Qudratxo‘ja

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍113❤50🔥29😁16🤩5
⚡️Eslatma: 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish davom etmoqda

O‘tgan yillardagi kabi, joriy yilda ham akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratilgan.

Gap shundaki, 9-sinf bitiruvchilari my.edu.uz elektron platformasidagi shaxsiy kabinet orqali texnikumlar qabuliga ham bir vaqtning o‘zida onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Bu imkoniyat akademik litseylarning saralash bosqichidan o‘ta olmagan abituriyentlarga texnikumlarda o‘qishni davom ettirish imkonini beradi.

🗓 Texnikumlarga ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 10-avgust (shu kuni ham)

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: my.edu.uz platformasida

▶️ Video yo‘riqnoma

Eslatma: Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025-yil 10-avgustga (shu kuni ham) qadar uzaytirilgan.

#Qabul2025 #Texnikum #Qulaylik #Eslatma

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30👍14🔥3
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi samolyotda inson hayotini saqlab qoldi

Bu haqda Mathrubhumi News kanali dasturida ma’lum qilindi.

2025-yil 29-iyul kuni Toshkent–Dehli yo‘nalishidagi reys davomida bir yo‘lovchining ahvoli yomonlashganida, Toshkent davlat tibbiyot universitetining Xalqaro fakultetida tahsil olayotgan hindistonlik talaba Mohamed Anees unga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi va uning hayotini saqlab qolishga yordam berdi.

“Samolyot parvozi vaqtida ekipaj ‘Agar bortda shifokor yoki tibbiy xodim bo‘lsa, iltimos, xabar bering‘ degan e’lon berdi. Men o‘zimni tanishtirib, yordam bera olishimni aytdim. Bemor — 48 yoshli ayol juda xavotirlangan, yuragi tez urayotgandi. Tekshiruvdan so‘ng taxikardiya xuruji borligini aniqladim va darhol karotid massajini boshladim. 10–15 soniya ichida bemorning ahvoli yaxshilana boshladi. Samolyot Dehliga qo‘nganidan so‘ng, bemorni tibbiyot xodimlariga topshirdik”,

— deya hikoya qildi Mohamed Anees.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤88👏55👍36🔥13🥰3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navoiyda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sayyor qabuli o‘tkazildi

31-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Navoiy shahrida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda vazirlik markaziy apparati mas’ullari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.

Qabul davomida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari sohaga oid muammo hamda takliflarini bildirdi.

#sayyor_qabul #murojaatlar #Navoiy

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤12🤔3😱3🔥1
Kasbiy taʼlim xizmatlarini takomillashtirishga oid takliflar ko‘rib chiqildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov rahbarligida kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Yigʻilishda ushbu yoʻnalishlar uchun masʼul boʻlgan xodimlar taʼlim sifatini yaxshilash, sohani raqamlashtirish, texnikumlarga qabul jarayonlarini takomillashtirish, xorijiy hamkorlarni jalb etishga qaratilgan bir qator takliflarni ilgari surdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/74754

#yigʻilish #vazir #markaziy_apparat #takliflar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍6🔥3🤔2🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

Yilning innovatsion haftaligi sizni kutmoqda!


🟡 Mamlakatimizning ilm-fan va innovatsion faoliyat sohasidagi natijalarini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni istaysizmi?

✅ Unda sizni 9-11-oktabr kunlari CAEx ko‘rgazmalar zalida “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan InnoWeek-2025 – innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligida kutib qolamiz.

🗣InnoWeek - mahalliy va xalqaro kompaniyalar, davlat idoralari vakillari, investorlar, olimlar, startaperlar hamda ekspertlarni bir nuqtada birlashtiruvchi platforma.


🟢InnoWeek-2025 — ko‘rgazmalar, tanlovlar, forumlar, master-klasslar, startap pitchinglar, xakatonlar – barchasi shu yerda!

❗️InnoWeek-2025 | 9-11-oktabr | CAEx

Batafsil: www.innoweek.uz

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤15🔥6👏4
Magistraturaga my.gov.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalari ham belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi
 
Magistraturaga kirishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalarini qabul qilish bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2025-yil 1-30-iyul kunlari magistraturaga my.gov.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalari belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Bunda:
✅ushbu toifadagi abituriyentlarga arizalarining holatini my.edu.uz platformasiga OneID orqali kirgan holda kuzatib borish imkoniyati yaratiladi;
✅ro‘yxatdan o‘tgan arizalarning asossiz rad qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
 
Vazirlik bu borada abituriyentlarning hech bir xavotirlanishiga asos yo‘qligini hamda tanlovlar adolat, ochiq-oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍47❤28🤔6🔥4😱3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zJOKUda “BITIRUVCHI –2025” bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini 2024/2025-o‘quv yilida tamomlayotgan bitiruvchilarning tantanali Bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda bitiruvchi talabalar, ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylar va professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etdi.

Ushbu o‘quv yilida O‘zJOKUni jami 632 nafar talaba, shundan 594 nafar bakalavriatning 10 ta yo‘nalishi hamda 38 nafar talaba magistratura bosqichining 10 ta mutaxassisligi bo‘yicha tahsilni muvaffaqiyatli yakunlashdi. Bu kechada yoshlarning 58 nafari imtiyozli diplomni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, bu o‘quv yili bitiruvchilarining 74 foizi to‘liq ish bilan ta’minlangan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍12🔥3
Oliy taʼlim muassasalarida ichki moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi tashabbuslar koʻrib chiqildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov rahbarligida joriy yilning oʻtgan davrida byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlardan maqsadli hamda samarali foydalanish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va ichki audit xizmatini yanada samarali tashkil etish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/74972

#yigʻilish #vazir #markaziy_apparat #takliflar

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍3🔥3😱1
JIDU litsey o‘quvchilari Viadrina universitetida

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi akademik litseyning iqtidorli o‘quvchilari Germaniyaning Viadrina universitetida yozgi til kurslarida qatnashmoqda.

Tashrif davomida ular universitet ta’lim tizimi, sharoitlari va xalqaro dasturlari bilan tanishdilar.

Mazkur tashrif o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini oshirish va xalqaro tajriba orttirishga xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤29👍12🔥5🤔4😱2
#Dayjest #Qabul2025 #Abituriyent

⚡️Oliy ta’lim muassasalarida yo‘nalish tanlash bosqichi davom
etmoqda

Eslatib o‘tamiz, oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 8-avgustga qadar oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlashlari mumkin.

➖ O‘zbekiston milliy universiteti;

➖ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

➖ O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti;

➖ Toshkent davlat agrar universiteti;

➖ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

➖ Buxoro davlat universiteti;

➖ O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali;

➖ Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;

➖ Andijon davlat tibbiyot instituti;

➖ O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;

➖ Qarshi davlat universiteti;

➖ Qo‘qon davlat universiteti;

➖ Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;

➖Toshkent shahridagi “MEI” Milliy tadqiqot universiteti Federal davlat oliy ta’lim muassasasi filiali;

➖ Urganch davlat pedagogika instituti;

➖ Osiyo xalqaro universiteti;

➖ Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;

➖ Termiz davlat universiteti;

➖ Farg‘ona davlat universiteti;

➖ Andijon davlat texnika instituti;

➖ Namangan davlat chet tillari instituti;

➖ Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali;

➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

➖ TDTU Olmaliq filiali;

➖ Jizzax politexnika instituti;

➖ Andijon davlat chet tillari instituti;

➖ Amiti universiteti;

➖ Namangan davlat universiteti;

➖ Geologiya fanlar universiteti;

➖ International Qualifications and Assessment Centre;

➖ Toshkent Farmatsevtika instituti;

➖ Termiz davlat pedagogika instituti;

➖ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali;

➖ Urganch davlat universiteti;

➖ Buxoro davlat texnika universiteti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤8😁4🤩3🔥1