Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident farmoni yuzasidan tushuntirishlar berildi

5-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda barcha oliy taʼlim tashkilotlari rahbar va masʼul xodimlari uchun iqtisodiy oʻqish onlayn va oflayn shaklda oʻtkazildi.

Iqtisodiy o’qish mavzusi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–117-son Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish va uni amalda samarali tatbiq etish.

Iqtisodiy oʻqishni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev ochib berdi hamda tadbir mavzusi yuzasidan so‘zga chiqdi. U o‘z nutqida ijro intizomini mustahkamlashning dolzarbligi, oliy ta’lim tizimidagi mas’uliyatli yondashuv zarurati hamda farmonning amaliy ahamiyatiga alohida urgʻu berdi.

#iqtisodiy_oʻqish #seminar

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/75799

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤33🔥8👍7
Forwarded from Kongratbay Sharipov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT konferensiyasida nutq so‘zladi va muhim tashabbuslarni ilgari surdi

📌 2025-yil 5-avgust kuni Turkmanistonda o‘tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

🇺🇿 Davlatimiz rahbari o‘z nutqida global tenglik va barqaror taraqqiyot masalalarida ilg‘or takliflarni ilgari surdi. Jumladan, quyidagilar alohida ta’kidlandi:

🔹 O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xususiy sektor ishtirokida zamonaviy transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, savdo jarayonlarini raqamlashtirish va logistikada ochiqlikni ta’minlash borasida tizimli choralar amalga oshirilmoqda;

🔹Savdo tizimining liberallashuvi va investitsiya muhitining yaxshilanishi natijasida raqobatbardoshlik va innovatsion taraqqiyot darajasi oshmoqda;

🔹 Prezidentimiz agrotarmoqni rivojlantirish bo‘yicha Innovatsion xab yaratish taklifini ilgari surdi. Bu xab suvni tejovchi texnologiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi va agrar sohadagi innovatsiyalarni joriy etish uchun muhim platforma bo‘ladi;

🔹 Shuningdek, dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlar uchun Xalqaro tahlil markazi faoliyatida O‘zbekistonning ishtirok etish niyati bildirildi — bu ilmiy tahlil va mutaxassislar hamkorligini mustahkamlashda muhim qadamdir.

📣 Prezidentimiz ta’kidlaganidek:
"Global bozorlarga chiqish barcha uchun teng bo‘lishi kerak. Bu – nafaqat iqtisodiy zarurat, balki birinchi galda, barqaror rivojlanishning muhim omili, xalqaro munosabatlarda ishonch va hamkorlik shartidir".


🔗 Davlatimiz rahbari ilgari surgan tashabbuslar xalqaro maydonda O‘zbekistonning o‘rni mustahkamlanayotganidan dalolat beradi va mintaqaviy hamkorlikda ta’lim, fan va innovatsiyalarning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini yana bir bor namoyon etmoqda.

Facebook | Instagram | Telegram
❤24👍10🔥2😱1🎉1
Surxondaryoda tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Termiz davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ishtirokida viloyatdagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Termiz shahridagi oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari qatnashdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/75804

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24👍22😁3🔥2😱1
#Qovun_sayli_2025

“Qovun sayli” festivalida olimlar 140 dan ortiq mahsulot bilan ishtirok etadi


Joriy yilning 8-10 avgust kunlari Xiva shahrida — “Ichan qal’a” va “Arda Xiva” majmualarida an’anaviy “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tadi.

Ushbu festival doirasidagi ko‘rgazmada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan, xalqaro standartlarga mos 140 dan ortiq xildagi qovunni qayta ishlash mahsulotlari namoyish etiladi. Ta’kidlash joizki, bu raqam o‘tgan yildagidan ancha yuqori bo‘lib, o‘tgan yili 93 turdagi mahsulot taqdim etilgan edi.

Ko‘rgazmadagi barcha mahsulotlar o‘zining yuqori sifati, ekologik tozaligi va zamonaviy Yevropa dizaynida tayyorlangan qadoqlari bilan ajralib turadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍13🤩5🎉4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ziyolilar.talaba” 2025 | Taqdirlash marosimi

2025-yil 5-avgust kuni Toshkentda Ziyo Forum va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan “Ziyolilar.talaba” loyihasining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

4000+ ariza ichidan saralangan 100 nafar iqtidorli talaba – ilm-fan, san’at, sport va boshqa yo'nalishlardagi yutuqlari bilan boshqalarga namuna bo‘la olishadi.

Yoshlar – kelajagimiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍13🔥2😁1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchi2025

Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialida “Bitiruvchilar oqshomi 2025” tadbiri bo‘lib o‘tdi

2024/2025-o‘quv yilida bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlayotgan bitiruvchilar uchun tashkil etilgan ushbu tantanali tadbirda talabalar, ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Joriy yilda filialni jami 352 nafar talaba tamomladi:
➡️201 nafar — kunduzgi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha,
➡️151 nafar — sirtqi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitirdi.

Filial mas’ullariga ko‘ra, bitiruvchilarning 80,5 foizi bugungi kunga kelib to‘liq ish bilan ta’minlangan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍12😁4🔥1
#Dayjest #Dolzarb_90kunlik
#28.07-05.08.2025

“Dolzarb 90 kun” — ilm, ijod va tashabbus ruhi!

Yurtimiz bo‘ylab oliy ta’lim muassasalarida talabalar va yoshlar uchun turli ilmiy-amaliy, ijodiy va tashkiliy tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.

🔹Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

🔹TATU Samarqand filiali;

🔹TDTU Olmaliq filiali;

🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

🔹Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;

🔹TATU Urganch filiali;

🔹Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

🔹Namangan davlat pedagogika instituti ;

🔹Qo‘qon davlat universiteti;

🔹Guliston davlat pedagogika instituti;

🔹Toshkent davlat tibbiyot universiteti;

🔹Buxoro davlat tibbiyot instituti;

🔹Andijon davlat tibbiyot instituti ;

🔹Buxoro Xalqaro universiteti;

🔹Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti;

🔹Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;

🔹O‘zMU Jizzax filiali;

🔹Milliy estrada san’ati instituti;

🔹“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”Milliy tadqiqot universiteti;

🔹O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

🔹Namangan davlat texnika universiteti;

🔹Buxoro davlat pedagogika instituti;

🔹Andijon davlat universiteti;

🔹Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti ;

🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti ;

🔹Jizzax politexnika instituti;

🔹Namangan davlat chet tillari instituti;

🔹Buxoro davlat universiteti;

🔹Nukus davlat pedagogika instituti;

🔹Geologiya fanlari universiteti;

🔹Qarshi davlat universiteti;

🔹Termiz davlat pedagogika instituti;

🔹Jizzax davlat pedagogika universiteti;

🔹Samarqand davlat chet tillar instituti;

🔹Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

🔹Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

🔹Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

🔹Toshkent arxitektura-qurilish universiteti ;

🔹O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;

🔹Samarqand davlat tibbiyot universiteti;

🔹Toshkent davlat texnika universiteti;

🔹Sharda Universiteti;

🔹Buxoro davlat texnika universiteti;

🔹Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

🔹O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali;

🔹Termiz iqtisodiyot va servis universiteti;

🔹Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

🔹Farg‘ona davlat universiteti;

🔹TTA Urganch filiali.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍4🔥3