Surxondaryoda tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Termiz davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ishtirokida viloyatdagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Termiz shahridagi oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari qatnashdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/75804
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤24👍22😁3🔥2😱1
#Qovun_sayli_2025
“Qovun sayli” festivalida olimlar 140 dan ortiq mahsulot bilan ishtirok etadi
Joriy yilning 8-10 avgust kunlari Xiva shahrida — “Ichan qal’a” va “Arda Xiva” majmualarida an’anaviy “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tadi.
Ushbu festival doirasidagi ko‘rgazmada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan, xalqaro standartlarga mos 140 dan ortiq xildagi qovunni qayta ishlash mahsulotlari namoyish etiladi. Ta’kidlash joizki, bu raqam o‘tgan yildagidan ancha yuqori bo‘lib, o‘tgan yili 93 turdagi mahsulot taqdim etilgan edi.
Ko‘rgazmadagi barcha mahsulotlar o‘zining yuqori sifati, ekologik tozaligi va zamonaviy Yevropa dizaynida tayyorlangan qadoqlari bilan ajralib turadi.

❤25👍13🤩5🎉4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ziyolilar.talaba” 2025 | Taqdirlash marosimi
2025-yil 5-avgust kuni Toshkentda Ziyo Forum va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan “Ziyolilar.talaba” loyihasining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
4000+ ariza ichidan saralangan 100 nafar iqtidorli talaba – ilm-fan, san’at, sport va boshqa yo'nalishlardagi yutuqlari bilan boshqalarga namuna bo‘la olishadi.
Yoshlar – kelajagimiz!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2025-yil 5-avgust kuni Toshkentda Ziyo Forum va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan “Ziyolilar.talaba” loyihasining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
4000+ ariza ichidan saralangan 100 nafar iqtidorli talaba – ilm-fan, san’at, sport va boshqa yo'nalishlardagi yutuqlari bilan boshqalarga namuna bo‘la olishadi.
Yoshlar – kelajagimiz!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍13🔥2😁1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchi2025
Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialida “Bitiruvchilar oqshomi 2025” tadbiri bo‘lib o‘tdi
2024/2025-o‘quv yilida bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlayotgan bitiruvchilar uchun tashkil etilgan ushbu tantanali tadbirda talabalar, ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Joriy yilda filialni jami 352 nafar talaba tamomladi:
➡️ 201 nafar — kunduzgi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha,
➡️ 151 nafar — sirtqi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitirdi.
Filial mas’ullariga ko‘ra, bitiruvchilarning 80,5 foizi bugungi kunga kelib to‘liq ish bilan ta’minlangan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialida “Bitiruvchilar oqshomi 2025” tadbiri bo‘lib o‘tdi
2024/2025-o‘quv yilida bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlayotgan bitiruvchilar uchun tashkil etilgan ushbu tantanali tadbirda talabalar, ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Joriy yilda filialni jami 352 nafar talaba tamomladi:
Filial mas’ullariga ko‘ra, bitiruvchilarning 80,5 foizi bugungi kunga kelib to‘liq ish bilan ta’minlangan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍12😁4🔥1
#Dayjest #Dolzarb_90kunlik
#28.07-05.08.2025
“Dolzarb 90 kun” — ilm, ijod va tashabbus ruhi!
Yurtimiz bo‘ylab oliy ta’lim muassasalarida talabalar va yoshlar uchun turli ilmiy-amaliy, ijodiy va tashkiliy tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#28.07-05.08.2025
“Dolzarb 90 kun” — ilm, ijod va tashabbus ruhi!
Yurtimiz bo‘ylab oliy ta’lim muassasalarida talabalar va yoshlar uchun turli ilmiy-amaliy, ijodiy va tashkiliy tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.
🔹 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;🔹 TATU Samarqand filiali;🔹 TDTU Olmaliq filiali;🔹 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;🔹 Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;🔹 TATU Urganch filiali;🔹 Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;🔹 Namangan davlat pedagogika instituti ;🔹 Qo‘qon davlat universiteti;🔹 Guliston davlat pedagogika instituti;🔹 Toshkent davlat tibbiyot universiteti;🔹 Buxoro davlat tibbiyot instituti;🔹 Andijon davlat tibbiyot instituti ;🔹 Buxoro Xalqaro universiteti;🔹 Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti;🔹 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;🔹 O‘zMU Jizzax filiali;🔹 Milliy estrada san’ati instituti;🔹 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”Milliy tadqiqot universiteti;🔹 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;🔹 Namangan davlat texnika universiteti;🔹 Buxoro davlat pedagogika instituti;🔹 Andijon davlat universiteti;🔹 Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti ;🔹 Farg‘ona davlat texnika universiteti ;🔹 Jizzax politexnika instituti;🔹 Namangan davlat chet tillari instituti;🔹 Buxoro davlat universiteti;🔹 Nukus davlat pedagogika instituti;🔹 Geologiya fanlari universiteti;🔹 Qarshi davlat universiteti;🔹 Termiz davlat pedagogika instituti;🔹 Jizzax davlat pedagogika universiteti;🔹 Samarqand davlat chet tillar instituti;🔹 Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;🔹 Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;🔹 Shahrisabz davlat pedagogika instituti;🔹 Toshkent arxitektura-qurilish universiteti ;🔹 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;🔹 Samarqand davlat tibbiyot universiteti;🔹 Toshkent davlat texnika universiteti;🔹 Sharda Universiteti;🔹 Buxoro davlat texnika universiteti;🔹 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;🔹 O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali;🔹 Termiz iqtisodiyot va servis universiteti;🔹 Chirchiq davlat pedagogika universiteti;🔹 Farg‘ona davlat universiteti;🔹 TTA Urganch filiali.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍4🔥3
#tashrif
Talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari doirasida Termiz davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida u institutda talabalarni turar joylarga joylashtirish maqsadida tashkil etilgan maxsus markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Institut rahbariyati va faol volontyor-talabalar tomonidan markazda amalga oshirilayotgan ishlar, xizmat ko‘rsatish tartibi, mavjud imkoniyatlar hamda jarayonlarning ochiqligi va shaffofligi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Yakunda vazir o‘rinbosari yangi o‘quv yilida talabalar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, joylashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, markaz faoliyati monitoringini olib borish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

❤20🔥5👍3👏2🤔1
“TalabaExpo-2025” Namanganda!
Ertaga, 7-avgust kuni Namanganda keng miqyosdagi kasb koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
“Kelajakka qadam” dasturi va “Dolzarb 90 kun” doirasida oʻtkazilayotgan “TalabaExpo-2025” koʻrgazmasi bitiruvchi talabalar ishga joylashishi uchun qulay imkoniyatlar taqdim etadi!
Tadbir doirasida sizni quyidagilar kutmoqda:
Tashkilotchilar:
Namangan viloyatidagi oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari, boshqa hududlarda tahsil olayotgan namanganlik yoshlar, shuningdek, talabalar, abituriyentlar, barchangizni ushbu koʻrgazmaga taklif etamiz!
📍 Manzil: Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasi.
➡️ Ko‘rgazma soat 8:00 dan boshlanib 19:00 gacha davom etadi.
Koʻrgazmaga marhamat!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Ertaga, 7-avgust kuni Namanganda keng miqyosdagi kasb koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
“Kelajakka qadam” dasturi va “Dolzarb 90 kun” doirasida oʻtkazilayotgan “TalabaExpo-2025” koʻrgazmasi bitiruvchi talabalar ishga joylashishi uchun qulay imkoniyatlar taqdim etadi!
Tadbir doirasida sizni quyidagilar kutmoqda:
✔️ “Talaba – kelajak” muloqotlari;✔️ Seminar va treninglar;✔️ Biznes va startap loyihalar taqdimotlari;✔️ Imtiyozli kreditlar boʻyicha maslahatlar;✔️ Madaniy shou va musiqiy dasturlar.
Tashkilotchilar:
↪️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,↪️ Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;↪️ “Oʻzmilliybank” AJ;↪️ Savdo-sanoat palatasi;↪️ Namangan viloyati hokimligi.

❤21🔥2👍1👏1🤔1