Qonunchilik palatasida vazirlik hisoboti eshitildi
2025-yil 7-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining navbatdagi majlisida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining hisobot eshituvi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev, Parlament tadqiqotlari instituti vakillari hamda Yoshlar parlamenti aʼzolari ishtirok etdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/76329
#Qonunchilik_palatasi #hisobot
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

51❤22👍11👏2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb_90_kun
Xalqaro Nordik universitetini 700 dan ortiq talaba muvaffaqiyatli tamomladi
2022-yilda Xalqaro Nordik universiteti bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun ilk bor eshik ochgan edi.
Bugungi kunga kelib, ushbu ta’lim muassasasining ilk bitiruvchilari katta hayot sari yo'l oldi. Yoshlar ijod saroyida Nordik universitetining 594 nafar bakalavr, 113 nafar magistratura bosqichi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Xalqaro Nordik universitetini 700 dan ortiq talaba muvaffaqiyatli tamomladi
2022-yilda Xalqaro Nordik universiteti bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun ilk bor eshik ochgan edi.
Bugungi kunga kelib, ushbu ta’lim muassasasining ilk bitiruvchilari katta hayot sari yo'l oldi. Yoshlar ijod saroyida Nordik universitetining 594 nafar bakalavr, 113 nafar magistratura bosqichi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍7🔥4
#tabrik
Ilm-fan ravnaqiga bagʻishlangan umrning munosib eʼtirofi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan akademik Neʼmatilla Ibrohimovga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni berilgani munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi nomidan samimiy tabrik izhor etamiz.
Akademik Neʼmatilla Ibrohimovga berilgan ushbu yuksak unvon — mamlakatimizda ilm-fanni, ayniqsa, sharqshunoslik va manbashunoslik sohalarini rivojlantirish, boy merosimizni ilmiy asosda oʻrganish va keng targʻib etish, ilmiy maktab yaratish va iqtidorli yoshlarni tarbiyalashdagi ulkan xizmatlarning yuksak davlat darajasida eʼtirof etilgani ifodasidir.
Olim tavalludining 80 yilligi arafasida taqdim etilgan mazkur mukofot nafaqat akademik Neʼmatilla Ibrohimov uchun, balki butun milliy ilm-fan hamjamiyati uchun faxr va iftixordir.
Akademik Neʼmatilla Ibrohimovning uzluksiz izlanishlari, vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy faoliyati va ziyoli avlodni shakllantirish yoʻlidagi fidokorona xizmati barcha uchun namuna va ilhom manbaidir. Mazkur eʼtirof milliy ilmiy-tadqiqot maktabining bardavomligi va istiqbolini yana bir bor tasdiqlaydi.
Chuqur ehtirom ila akademik Neʼmatilla Ibrohimovga sihat-salomatlik, yangi yutuqlar va kelajak avlodni tarbiyalashda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi

👍30❤24🔥7👏6😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ESLATMA
⚡️ Bugun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashning oxirgi kuni
Bugun, 8-avgust soat 23:59 ga qadar oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan abituriyentlar quyidagilarni tanlashi lozim:
➖ oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM);
➖ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish);
➖ taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin);
➖ tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri).
📱 Abituriyentlar test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.
🌎 Sayt manzili: my.uzbmb.uz (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi => “OTM tanlash”)
📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bugun, 8-avgust soat 23:59 ga qadar oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan abituriyentlar quyidagilarni tanlashi lozim:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤35👍7🔥4👏2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda o‘tkazilgan “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasida 900 nafardan ortiq talaba uchun ish o‘rni aniq bo‘ldi
7-avgust kuni Namangan shahrida oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari uchun keng ko‘lamdagi “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
“Barkamol avlod” sport majmuasida tashkil etilgan ushbu tadbir “Kelajakka qadam” dasturi va “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida tashkil etildi.
Yarmarka doirasida 240 ta yirik ish beruvchi va tijorat banklari tomonidan 1 500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi.
Tadbirda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari va texnikumlar bitiruvchilarining 8 667 nafari ishtirok etdi. Ulardan 2 253 nafari ish beruvchilar bilan bevosita suhbatda bo‘lib, 914 nafar talaba aniq ish o‘rni topishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, biznes g‘oyalarini taqdim etgan talabalarning 68 nafari tadbirkorlikka yo‘naltirildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/76336
#Kelajakka_qadam #TalabaEkspo2025 #Namangan #Bandlik

❤17🔥6👏4😁4🎉4
Qabulning ikkinchi bosqichi
Bilimni baholash agentligi
#Soʻragan_edingiz #Ovozli_chat
Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan ovozli chatda (05.08.2025) oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bo‘yicha savollarga batafsil javob berildi.
04:10 Maqsadlini belgilasak nima bo‘ladi? Belgilamasak nima bo‘ladi? Maqsadli nima o‘zi?
08:58 Maqsadlini tanlasam nimadan yutaman, nimadan yutqazaman?
14:18 Maqsadli qabulda nogironligi bor abituriyentning imtiyozi qanday qo‘llaniladi?
18:25 O‘qishi xorijda bo‘lgan talabalar hozir O‘zbekiston universitetlariga dokument topshirsa bo‘ladimi? Imtihonlar tugamadimi?
20:57 Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun ajratilgan kvota Toshkent shahriga amal qiladimi?
25:29 Birinchi fanda ona-tili, adabiyot, ikkinchi fan ingliz tili filologiya o‘zbek tili yo‘nalishga topshirsa va qabul qilinsa, perevod qilib ingliz tili yo‘nalishiga o‘zgartirsa bo‘ladimi?
28:33 Harbiylar farzandlari uchun ajratilgan 5 foizlik kvota bor, shu kvota faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadimi? Ushbu kvotada davlat grantini tanlash kerakmi yoki taʼlim yo‘nalishinimi?
32:17 Agar abituriyent davlat grant ustuvorligini tanlasa, ertaga birorta tanlagan yo‘nalishidan kontraktidan chiqazib yuboriladimi, faqat grantga raqobat qiloladimi?
36:50 Imtiyozlarda ball qo‘shish qaysi birida bor, qaysi birida yo‘q?
48:31 Tanlovni tez-tez o‘zgartirsa muammo bo‘lmaydimi?
59:47 Chet tilidan nemis tilini tanlaganlar faqat nemis tilini tanlaganlar bilan raqobatlashadimi yoki chet tili sifatida fransuz, ingliz tiliga topshirganlar bilan aralash raqobatlashadimi?
1:00:59 Nogironligi bor bo‘lgan shaxslar ham kontraktda o‘qisa bo‘ladimi?

❤14👍2🔥2😁2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
♻️Energetika va neft-gaz sohasida malakali mutaxassis bo‘lishingiz uchun imkoniyat
Buxoro energetika, neft va gaz sanoati texnikumiga 2025-2026-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda. Bu texnikumga 9- va 11-sinfni tamomlagan o'quvchilar hujjat topshirishlari mumkin
9-sinf bitiruvchilar uchun 5 ta yo‘nalish:
11-sinf bitiruvchilari uchun 10 ta mutaxassislik:
📌 Arizalar my.edu.uz platforma orqali onlayn yuboriladi!
Foydali jihati, texnikum o‘quvchilari uchun bepul turar joy — yotoqxona mavjud!
Bugun o‘qishni boshlang – ertaga energetika va neft-gaz sohasidagi eng yaxshi ish o‘rinlari sizniki bo‘ladi!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Buxoro energetika, neft va gaz sanoati texnikumiga 2025-2026-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda. Bu texnikumga 9- va 11-sinfni tamomlagan o'quvchilar hujjat topshirishlari mumkin
9-sinf bitiruvchilar uchun 5 ta yo‘nalish:
🔸 Quyosh panellarini oʻrnatish va ularga texnik xizmat koʻrsatish;🔸 Elektrik;🔸 Avtomatika va nazorat-oʻlchash asboblari sozlovchisi;🔸 Gaz jihozlarini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish;🔸 Payvandlovchi;
11-sinf bitiruvchilari uchun 10 ta mutaxassislik:
🔸 Neft va gaz sohasida kimyoviy tahlil ishlari;🔸 Neft va gazni qayta ishlash;🔸 Nasos va kompressor qurilmalarini ishlatish;🔸 Quduqlarni kapital taʼmirlash ishlari;🔸 Neft va gaz quduqlarini ekspluatatsiya va qidiruv maqsadlarida burgʻilash ishlari;🔸 Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari boʻyicha);🔸 Muqobil va noanʼanaviy energiya manbalari qurilmalariga xizmat koʻrsatish;🔸 Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha);🔸 Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish;🔸 Gaz jihozlari va quvurlarini montaj qilish, foydalanish va taʼmirlash texnigi;
Foydali jihati, texnikum o‘quvchilari uchun bepul turar joy — yotoqxona mavjud!
Bugun o‘qishni boshlang – ertaga energetika va neft-gaz sohasidagi eng yaxshi ish o‘rinlari sizniki bo‘ladi!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22👍6🔥4🥰3👏2
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!
Belgilangan to‘lovni bugun soat 17:00gacha amalga oshirish mumkin.
2025/2026-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar to‘lovni bugun, 8-avgust soat 17:00 gacha amalga oshirishi lozim.
💡 Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabgorlardan my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlarini kuzatib borishlari so‘raladi.
❗️ Eslatma: Yangi ariza topshirish yoki mavjud arizani tahrirlash imkoniyati mavjud emas.

❤15👍3🔥3😱2
Oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyadan xoli muhit”ni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida 2025-yil 26-mart kuni imzolangan “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimida korrupsion omillarni aniqlash va bartaraf etish hamda korrupsiyadan xoli muhitni yaratish bo‘yicha Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sherzod To‘xtaboyev va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi har ikki tashkilot mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbirda tizimda korrupsion xavf-xatarlarni bartaraf etish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishida amalga oshirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
#Taqdimot #Korrupsiyaga_qarshi_kurash #Oliy_taʼlim

❤15👍7🤔4🔥1👏1
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish boshlanadi.
—
Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёев начнется расширенное совещание по вопросам обеспечения занятости выпускников высших учебных заведений.
#Prezident #Yigʻilish
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
—
Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёев начнется расширенное совещание по вопросам обеспечения занятости выпускников высших учебных заведений.
#Prezident #Yigʻilish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍38❤7🔥2😁1🎉1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliygohlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish boshlandi.
Oxirgi 7-yilda oliy ta’limda qabul 4,5 barobar oshib, qamrov 42 foizga yetgan bo‘lsada, kadrlar tayyorlash tizimi real ehtiyojga mos emasligi qayd etildi.
Misol uchun, yiliga 20 ming avtomobil chiqarayotgan "BYD" zavodida 100 ta bo‘sh ish o‘rni bor. Shuning to‘rtdan biri – robototexnika va bo‘yoqlash, robotlarni dasturlash muhandislari.
Zavodda kadr yetishmayotgani uchun xorijdan 80 nafar mutaxassis kelib ishlamoqda. Zavod 4-5-yilda to‘liq quvvatga o‘tib, yiliga 500 ming avtomobil chiqarishni boshlasa, 4 ming nafar oliy malakali kadrlar kerak bo‘ladi.
- dedi davlatimiz rahbari.
#Prezident #Yigʻilish
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oxirgi 7-yilda oliy ta’limda qabul 4,5 barobar oshib, qamrov 42 foizga yetgan bo‘lsada, kadrlar tayyorlash tizimi real ehtiyojga mos emasligi qayd etildi.
Misol uchun, yiliga 20 ming avtomobil chiqarayotgan "BYD" zavodida 100 ta bo‘sh ish o‘rni bor. Shuning to‘rtdan biri – robototexnika va bo‘yoqlash, robotlarni dasturlash muhandislari.
Zavodda kadr yetishmayotgani uchun xorijdan 80 nafar mutaxassis kelib ishlamoqda. Zavod 4-5-yilda to‘liq quvvatga o‘tib, yiliga 500 ming avtomobil chiqarishni boshlasa, 4 ming nafar oliy malakali kadrlar kerak bo‘ladi.
“Bu – bitta loyiha bo‘yicha hisob-kitoblar. Yaqin 3-4-yilda ishga tushadigan 83 milliard dollarlik yirik loyihalar hisobiga sanoatni o‘zida 500 mingga yaqin kadr zarur”,
- dedi davlatimiz rahbari.
#Prezident #Yigʻilish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24👍23🔥1😁1
Qirqta oliygohga moliyaviy mustaqillik berilgani bugun o‘z samarasini bergani ta’kidlandi
Masalan, iqtisodiyot, yuridik, tibbiyot, tillar va pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarning yetarli mablag‘i bor. Lekin eng dolzarb bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi, veterinariya, muhandislik, aniq va tabiiy fanlar (STEM) yo‘nalishidagi ayrim oliygohlar daromad topishga o‘rganmayotgani, yoshlar uchun jozibador emasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Prezidentimiz “tarmoq-korxona-oliygoh” zanjirini yo‘lga qo‘yishni jadallashtirish zarurligi qayd etdi.
Bu borada 25 ta muhandislik oliygohi hamkor korxonalarda 438 ta kafedra ochdi. Masalan, neft-gaz tarmog‘i ta’lim-ishlab chiqarish klasterlarini tashkil qildi. Buxoro texnika universiteti esa neft-gazdan tashqari yana 10 ta korxonada 20 ta kafedra filiali faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Buxoro viloyatida yaqin yillarda yirik gaz-kimyo majmuasi ishga tushishi kutilmoqda. Xorijiy kompaniyalar tomonidan Ustyurtdagi yangi loyihalar bo‘yicha ishlar boshlangan.
Prezidentimiz bu quvvatlarga mutaxassislar qayerda tayyorlanadi, ilmiy izlanishlar kim tomonidan olib boriladi, degan savollarga hozirdan javob topish kerakligini ta’kidladi.

👍15❤9🔥1😁1
Davlatimiz rahbari rektorlar vakolatini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilish zarurligini ta’kidladi.
Endilikda, “Yangi O‘zbekiston” universitetining baholash tizimi oliygohlarda ham yo‘lga qo‘yiladi.
Moliyalashtirish oliygohlar to‘plagan ballariga qarab amalga oshiriladi.
Oliygohlarga bitiruvchilar bandligiga qarab – 40 ball, ilmiy tadqiqotlar uchun tarmoq buyurtmasi va mahsulotini sotishiga qarab – 30 ball, ilmiy salohiyati, tan olingan xalqaro jurnallardagi maqolalari uchun – 20 ball; tadqiqotlar uchun jalb qilgan mahalliy va xorijiy grant uchun 10 ballgacha beriladi.
Masalan, Qarshi texnika universiteti jami ballarning 85 foizini to‘plasa, bu yilgi byudjetdan berilayotgan 78 milliard so‘mga qo‘shimcha 20 foizlik bonus beriladi. Agar 56 foizdan kam to‘plasa, keyingi o‘quv yiliga moliyalashtirish qisqaradi.
Milliy universitet, Irrigatsiya kabi ilmiy oliygohlar, Madaniyat va san’at, Konservatoriya kabi ijtimoiy oliygohlarni texnika yo‘nalishidagi amaliy oliygohlar bilan tenglashtirib bo‘lmasligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga reyting mezonlarini ishlab chiqishda buni ham hisobga olish topshirildi.

👍16❤10🔥2🤔2👏1
Bundan buyon bitiruvchilarni ishga joylashda o‘zini o‘zi band qilganlik inobatga olinmasligi belgilandi
“Yangi O‘zbekiston” universitetida rektorlar maktabi orqali rektor va prorektorlikka nomzodlar maqsadli tayyorlanadi.
O‘quv kursida eng yaxshi natija ko‘rsatgan rektorlikka nomzodlar malaka oshirish uchun Garvard universitetiga yuboriladi.
Ko‘p masalalarda rektorlarga mustaqillik beriladi. Avvalo, barcha oliygohlar tashkiliy va akademik mustaqil bo‘ladi.
Bunda har bir nomzod oliygoh kengashida o‘zining yillik dasturini himoya qiladi.
Rektorlar belgilangan moliyalashtirish va shtati doirasida professor-o‘qituvchilar va boshqaruv xodimlarini o‘zi taqsimlaydi.
Bundan tashqari, rektorlarga “super” kontrakt summasini tabaqalashgan holda belgilash vakolati beriladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Yangi O‘zbekiston” universitetida rektorlar maktabi orqali rektor va prorektorlikka nomzodlar maqsadli tayyorlanadi.
O‘quv kursida eng yaxshi natija ko‘rsatgan rektorlikka nomzodlar malaka oshirish uchun Garvard universitetiga yuboriladi.
Ko‘p masalalarda rektorlarga mustaqillik beriladi. Avvalo, barcha oliygohlar tashkiliy va akademik mustaqil bo‘ladi.
Ya’ni, rektor o‘rinbosarlarini o‘zi tayinlaydi (amaldagi tartibga ko‘ra, vazirlik bilan kelishish kerak).
Bunda har bir nomzod oliygoh kengashida o‘zining yillik dasturini himoya qiladi.
Rektorlar belgilangan moliyalashtirish va shtati doirasida professor-o‘qituvchilar va boshqaruv xodimlarini o‘zi taqsimlaydi.
Bundan tashqari, rektorlarga “super” kontrakt summasini tabaqalashgan holda belgilash vakolati beriladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤12🔥4😱3👏1
Prezidentimiz yana bir tashabbusni ilgari surdi.
- dedi davlatimiz rahbari.
Endilikda abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan bo‘lsa, lekin to‘plagan balli boshqa oliygohdagi to‘lmagan yo‘nalishga to‘g‘ri kelsa, shu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
Bu davlat va xususiy oliygohlar o‘rtasida raqobatning rivojlanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
#Prezident #Yigʻilish
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Biz abituriyentlarga 5 ta oliygohni tanlash imkonini berdik. Bu – oliy ta’limda katta sakrash, desak adolatdan bo‘ladi. Buni yanada kengaytiramiz”
- dedi davlatimiz rahbari.
Endilikda abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan bo‘lsa, lekin to‘plagan balli boshqa oliygohdagi to‘lmagan yo‘nalishga to‘g‘ri kelsa, shu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
Bu davlat va xususiy oliygohlar o‘rtasida raqobatning rivojlanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
#Prezident #Yigʻilish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍40❤12🔥5🎉1
Prezident hozirda band bo‘lmagan 92 ming bitiruvchini ishga joylashtirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi
20 ming nafar bitiruvchi magistratura va ikkinchi mutaxassislik bilan qamrab olinadi. Yana 20 ming nafar bitiruvchini 10 mingga yaqin korxonadagi staj talab qilmaydigan ish o‘rinlariga joylashtirish mumkin.
Har bir viloyatda biznes-inkubatorlar tashkil qilib, ularda tadbirkorlik startaplari, marketing, dizayn, AT xizmatlari orqali 15-20 ming bitiruvchini band qilish topshirildi.
Kimyo, energetika, geologiya, avtosanoat, metallurgiya, farmatsevtika tarmoqlarida 10 ming muhandis, texnolog, operator, standartlash, sifat nazorati, moliya, iqtisodiyot yo‘nalishi bitiruvchilarini ishga joylash imkoniyati bor.
Shuningdek, to‘qimachilik, charm, elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat kabi mahalliy sanoat tarmoqlarida 5-7 ming bitiruvchini doimiy ish bilan ta’minlash mumkin.
Mutasaddilarga 6 ming bitiruvchini transport, logistika, yo‘l, qurilish, kommunal sohalar bilan qamrab olish, pedagogika, tibbiyot, ijtimoiy himoya, madaniyat, san’at sohalari muassasalari va o‘quv markazlarida 10 ming bitiruvchini ishli qilish topshirildi.
Yana 30 ming bitiruvchiga biznesini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashiladi.

👍14❤8🔥1😁1😱1
Umuman, yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklarga 300 million dollar resurs ajratilgan.
Bitiruvchilarning ko‘pchiligi katta kredit olib, qaytara olmasligidan xavotir olayotgani uchun imtiyozli kredit resursining bir qismini bitiruvchini ishga olgan korxonalarga ham berish taklifi ma’qullandi.
Endi ishga olingan bitiruvchilar soniga qarab, tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha 18 foizli kredit beriladi.
Masalan, 1 milliard so‘mgacha kredit olganlar kamida 1 nafar, 5 milliard so‘m olganlar esa 5 nafar bitiruvchini ishli qiladi. Imtiyozli kredit olgan korxona bitiruvchini 2-yil ichida ishdan bo‘shatsa, kredit foizi tijorat stavkasiga o‘zgaradi.
Ushbu yangi tizim nafaqat bu yilgi, balki oliygohni tugatganiga 3-yil bo‘lmagan bitiruvchilar uchun ham amal qiladi.

👍21❤11🔥3
Davlatimiz rahbari uyushmagan yoshlar bilan ishlash masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
Shundan 115 ming nafarining bandligini ta’minlash masalasi vazirlik, viloyat va tuman rahbarlari tomonidan hal qilinmoqda. 52 ming tarbiyasi og‘ir yoshlar huquq-tartibot xodimlari tomonidan otaliqqa olingani ham natijasini ko‘rsatdi.
Shu bilan birga, qolgan 5,5 ming ishsiz, 31 ming tarbiyasi og‘ir yoshlar va o‘qishdan chetlatilgan 3 ming talaba bilan tizimli ishlab, hayotda o‘z yo‘lini topishi uchun yordam berish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga hokimlar, mahalla raislari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda 9 ming uyushmagan va o‘qishdan chetlatilgan yoshni tadbirkorlik, xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘rgatib, ishli qilish topshirildi.
Mas’ullar oldiga 31 ming tarbiyasi og‘ir yoshlarni kasb va til to‘garaklari, sport musobaqalari, harbiy-vatanparvarlik tadbirlariga jalb qilish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

❤25👍7😁4👏2😱1