Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Dayjest #Mehnat_yarmarkasi

Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini topish va ish bilan ta’minlanishlariga ko‘maklashish maqsadida Mehnat yarmarkasi tashkil etilmoqda.


🔹Urganch davlat universiteti;

🔹Navoiy davlat universiteti;

🔹Urganch davlat pedagogika instituti;

🔹Guliston davlat universiteti;

🔹Buxoro davlat universiteti;

🔹O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

🔹TDTU Olmaliq filiali;

🔹Farg‘ona davlat universiteti;

🔹Termiz davlat pedagogika instituti.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍8👏3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchi_2025

“CHDPU bitiruvchisi – 2025” diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi


Chirchiq davlat pedagogika universitetida “CHDPU bitiruvchisi – 2025” nomli diplom topshirish marosimi tantanali tarzda o‘tkazildi. Tadbirda bitiruvchi talabalar, ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylar, professor-o‘qituvchilar hamda Toshkent viloyatidagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Marosimda ta’kidlanganidek, 2024–2025 o‘quv yilida jami 5 072 nafar talaba universitetni tamomladi. Shuningdek, qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tizimini 827 nafar talaba muvaffaqiyatli yakunlab, maxsus diplomga ega bo‘ldi.

Bitiruvchilarning bandlik darajasi 75 foizni tashkil etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤30🎉5👍3🔥2
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda belgilangan asosiy vazifalar.

#Infografika #Mirziyoyev #yigʻilish #bitiruvchilar #bandlik

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤13😁3🔥1
Qovun sayli–2025: UrDU pavilyoni sayyohlar e’tiborida

Ayni kunlarda “Ichan qal’a” va “Arda Xiva” majmualarida an’anaviy “Qovun sayli” festivali o‘tkazilmoqda. Tadbirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti ham faol ishtirok etmoqda.

Jumladan, ko‘rgazmada universitet olimlari tomonidan xalqaro standartlarga mos 140 dan ortiq turdagi qovunni qayta ishlash mahsulotlari taqdim etilmoqda. Shuningdek, Qovunchilik bo‘limi tomonidan qovunning yangi navlarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari ham keng jamoatchilikka namoyish qilinmoqda.

Universitetning zamonaviy va o‘ziga xos pavilyoni nafaqat yurtimiz mehmonlari, balki xorijiy sayyohlar e’tiborini ham tortmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤7🔥1
#magistratura2025

⚡️11–12-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin


✅ 2025/2026-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.


🟥Arizalarni koʻrib chiqish natijasida koʻplab murojaatlar turli muayyan (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, yuklangan hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa) sabablarga koʻra rad etilgan.

⭐️Shuni inobatga olib, my.edu.uz tizimidan magistraturaga oʻqishga kirish uchun ariza yuborgan va kamchiliklar mavjud boʻlganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga 11–12-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

❌Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

☝️Muhim eslatma, xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida boʻlmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar esa koʻrib chiqilmaydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29❤18🔥7🤩3🤔2
#Eʼlon #Tanlov #Vakansiya #Kasbiy_taʼlim

📣 Vakant direktor lavozimlari uchun ochiq mustaqil tanlov

🔰 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi 34 ta kasbiy ta’lim tashkilotlarining vakant direktor lavozimi uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.

📃 Vakant direktor lavozimlari ro‘yxati bu yerda👈

🌐 Talabgorlar tomonidan arizalarni yuborish 👉 https://vacancy.edu.uz/ sayti orqali amalga oshiriladi.

🗓Hujjatlar 2025-yil 17-avgustiga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤35👍11🔥2🎉1
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.

Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.

#oʻqishni_koʻchirish #kasbiy_ijodiy_imtihon #ruxsatnoma

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤47👍12🔥3
Edu.uz pinned a photo
#Rasmiy_xabar #Kasbiy_taʼlim

2025/2026-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2025-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

▪️Tibbiyot texnikumlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar.

▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.

2025/2026-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 549 ta texnikumga jami 143 114 ta (shundan 66 484 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:

➖kunduzgi ta’limda – 102 194 ta (49 234 ta davlat granti),
➖kechki ta’limda – 2 250 ta,
➖dual ta’lim shaklida – 38 670 ta (17 250 ta davlat granti).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤48👍15🔥4😁4🎉3
Bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi (video)

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish ahamiyati, unda ko‘tarilgan masalalar, berilgan topshiriqlar “O‘zbekiston24” telekanalida tahlil qilindi.

#Prezident #bandlik #bitiruvchi #vazifalar #tahlilnoma

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤31👍5😁1
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

🏛 IQAC tomonidan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tashkil etilayotgan Britaniya dasturlariga qabul davom etmoqda!

🎓 Talabalar Britaniya standardlari asosida o‘qitilib, yakunda Toshkent arxitektura-qurilish universitetining, shuningdek Angliyadagi hamkor universitetning diplomini olish imkoniga ham ega bo‘ladilar.

⚫️Yo‘nalishlar:
- Biznes boshqaruvi
- IT
(Cybersecurity, Data Science, AI)
- Arxitektura


✔️Darajalar: Bakalavriat va magistratura

Batafsil ma’lumot uchun:
📞 +998712002024 |✈️@iqacuz_bot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19🔥4👍3
#SoʻraganEdingiz

SAVOL: 2023-yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti magistraturasiga A1 darajadagi ingliz tili sertifikati bilan qabul qilinganmiz. O‘qish davomida B2 olish talabi qo‘yilgan edi. Prezidentning 2024-yildagi yangi hujjatiga ko‘ra B1 sertifikatimiz bilan shu yili himoyaga ruxsat beriladimi?


✔️JAVOB: Yo‘q. Yangi tartib 2024-yil 24-maydan keyin magistraturaga qabul qilinganlarga tatbiq etiladi, shuning uchun 2023-yilda kirganlarga eski talablar B2 sertifikat sharti amal qilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/76929

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
😁26❤9👍5🔥2
4️⃣4️⃣4️⃣

💥 QVZning navbatdagi mavsumiga BUYURTMALAR qabul qilish boshlandi!

😃Qatnashish istagidagi jamoalarga qo‘yiladigan barcha talablar (pdf formatida) va buyurtma namunasi (word formatida) bu yerda:

➡️Talablar: https://t.me/qvz_uz/3959
➡️Namuna: https://t.me/qvz_uz/3960

Murojaat uchun:
☎️ +99893-547-09-09

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍5🔥3🤔2