Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Toshkent xalqaro universitetida zamonaviy Sun’iy intellekt o‘quv markazi ochildi

Toshkent xalqaro universitetida zamonaviy Sun’iy intellekt o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu markaz Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda tashkil etilib, sun’iy intellekt sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilg‘or ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va mamlakatimizda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirishni maqsad qilgan.

Ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ham ishtirok etib, ushbu tashabbusning nafaqat oliy ta’lim tizimi, balki butun iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatini ta’kidladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤33👍10🔥2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️❗️❗️❗️

Buxoro davlat universitetida “Talaba ligasi” yozgi sport o‘yinlari boshlandi

Buxoro davlat universiteti Universal sport majmuasida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Talaba ligasi” yozgi sport o‘yinlariga start berildi.

Musobaqalarda Toshkent shahri va respublika viloyatlaridagi turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan buxorolik talabalar ishtirok etmoqda. Ular voleybol, basketbol, futbol, tennis, shaxmat va shashka kabi sport turlari bo‘yicha o‘z mahorat va iqtidorlarini namoyish etishmoqda.

Mazkur loyiha yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi.

#BuxDU95yilligi #Dolzarb90kun

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍8🤩8
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining II Qurultoyida ishtirok etdi

14-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining II Qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida mas’ul xodimlar, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, kasaba uyushmalari vakillari ham qatnashdi.

Qurultoyda so‘nggi besh yillik faoliyat yakunlari va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi, jumladan, oliy ta’lim tizimida kasaba uyushmalarining o‘rni va hamkorlik istiqbollari, professor-o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish, yoshlarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan tashabbuslar alohida qayd etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤23🔥4👍3🤩1
#diqqat_tanlov

🏆🏆🏆

Eng yaxshi ixtirochi va ratsionalizatorlar tanlovida ishtirok eting!

📢 Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi va unda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan 16 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan ixtirochi va ratsionalizatorlar qatnashishi mumkin.

⚠️ G‘oliblar “InnoWeek – 2025” – Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi doirasida taqdirlanadi.

❤️‍🔥 Tanlovga taqdim etiladigan ishlanmalar ixtirochilik va ratsionalizatorlik ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha elektron platforma (ixtiro.ilmiy.uz) orqali 2025-yil 14-sentabrga qadar (shu kuni ham 23:55gacha) elektron shaklda qabul qilinadi.

☎️ Ma’lumot uchun: +99871 203-32-23 (244 / 416).

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍7😱3🔥1👏1
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbek talabalari Ginnes rekordini yangilamoqchi

18-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2 000 nafar yosh muhandis bir vaqtda 2 000 ta robotni yig‘ib, ishga tushiradi. Talaba-yoshlarimiz bu ishi bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirishi kutilmoqda.

Tadbirda poytaxtimizdagi va respublikaning turli hududlardan kelgan minglab yoshlar ishtirok etadi. Ular orasida Prezident maktablari oʻquvchilari, imkoniyati cheklangan yosh muhandislarimiz ham bor.

Ma’lumot uchun, 2023-yilda Hindistonda 1 459 nafar o‘quvchi bir vaqtda mini‑robot yasagan. Yoshlarimiz bu ko‘rsatkichdan yuqoriga chiqishni rejalashtiryapti.

Bu voqea — yosh muhandislarimizning kuchi, birdamligi va kelajakka ishonchi ramzi bo‘ladi.

Ana shunday tarixiy voqeaga birgalikda guvoh bo‘laylik!

@hilola_umarova
👍56❤32😁9🔥8