Toshkent xalqaro universitetida zamonaviy Sun’iy intellekt o‘quv markazi ochildi
Toshkent xalqaro universitetida zamonaviy Sun’iy intellekt o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu markaz Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda tashkil etilib, sun’iy intellekt sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilg‘or ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va mamlakatimizda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirishni maqsad qilgan.
Ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ham ishtirok etib, ushbu tashabbusning nafaqat oliy ta’lim tizimi, balki butun iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatini ta’kidladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤33👍10🔥2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro davlat universitetida “Talaba ligasi” yozgi sport o‘yinlari boshlandi
Buxoro davlat universiteti Universal sport majmuasida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Talaba ligasi” yozgi sport o‘yinlariga start berildi.
Musobaqalarda Toshkent shahri va respublika viloyatlaridagi turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan buxorolik talabalar ishtirok etmoqda. Ular voleybol, basketbol, futbol, tennis, shaxmat va shashka kabi sport turlari bo‘yicha o‘z mahorat va iqtidorlarini namoyish etishmoqda.
Mazkur loyiha yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi.
#BuxDU95yilligi #Dolzarb90kun
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍8🤩8
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining II Qurultoyida ishtirok etdi
14-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining II Qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida mas’ul xodimlar, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, kasaba uyushmalari vakillari ham qatnashdi.
Qurultoyda so‘nggi besh yillik faoliyat yakunlari va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi, jumladan, oliy ta’lim tizimida kasaba uyushmalarining o‘rni va hamkorlik istiqbollari, professor-o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish, yoshlarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan tashabbuslar alohida qayd etildi.

❤23🔥4👍3🤩1
Forwarded from Innovatsion rivojlaniş agentligi
#diqqat_tanlov
🏆 🏆 🏆
Eng yaxshi ixtirochi va ratsionalizatorlar tanlovida ishtirok eting!
📢 Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi va unda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan 16 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan ixtirochi va ratsionalizatorlar qatnashishi mumkin.
⚠️ G‘oliblar “InnoWeek – 2025” – Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi doirasida taqdirlanadi.
❤️🔥 Tanlovga taqdim etiladigan ishlanmalar ixtirochilik va ratsionalizatorlik ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha elektron platforma (ixtiro.ilmiy.uz) orqali 2025-yil 14-sentabrga qadar (shu kuni ham 23:55gacha) elektron shaklda qabul qilinadi.
☎️ Ma’lumot uchun: +99871 203-32-23 (244 / 416).
🌐 Batafsil
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Eng yaxshi ixtirochi va ratsionalizatorlar tanlovida ishtirok eting!
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍7😱3🔥1👏1
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbek talabalari Ginnes rekordini yangilamoqchi
18-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2 000 nafar yosh muhandis bir vaqtda 2 000 ta robotni yig‘ib, ishga tushiradi. Talaba-yoshlarimiz bu ishi bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirishi kutilmoqda.
Tadbirda poytaxtimizdagi va respublikaning turli hududlardan kelgan minglab yoshlar ishtirok etadi. Ular orasida Prezident maktablari oʻquvchilari, imkoniyati cheklangan yosh muhandislarimiz ham bor.
Ma’lumot uchun, 2023-yilda Hindistonda 1 459 nafar o‘quvchi bir vaqtda mini‑robot yasagan. Yoshlarimiz bu ko‘rsatkichdan yuqoriga chiqishni rejalashtiryapti.
Bu voqea — yosh muhandislarimizning kuchi, birdamligi va kelajakka ishonchi ramzi bo‘ladi.
Ana shunday tarixiy voqeaga birgalikda guvoh bo‘laylik!
@hilola_umarova

👍56❤32😁9🔥8
#Tayinlov
Filologiya fanlari nomzodi Ayapov Amanjol Tlepovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi.
Amanjol Ayapov 1978-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanida tavallud topgan. 2000-yilda Qoraqalpog‘iston davlat universitetining jurnalistika yo‘nalishini tamomlagan.
2017–2020-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Shu kunga qadar A.Ayapov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali direktori lavozimida ishlab kelgan.

👍51❤32🔥8😱4👏2
#rasmiy_bayonot
⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!
2025/2026-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi.
Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyatiga ega.
Hozirda 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Talabalar turar joyi” axborot tizimiga yuklash jarayoni olib borilmoqda. Shu sababli talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha ishga tushmagan.
Mazkur texnik ishlar yakunlangach, 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi.

☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤51👍15🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ANONS
Akademik mustaqillik qancha ko‘p bo‘lsa — rektor mas’uliyati shuncha oshadi
Bugun, 15-avgust, soat 20:00 da “O‘zbekiston” telekanalining “Muvozanat” ko‘rsatuvida O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Inomjon Majidov ishtirokida suhbat efirga uzatiladi.
Muloqotda:
➡️ OTMlarda tayyorlanayotgan kadrlar ish beruvchilar talabiga qanchalik mos?
➡️ Prezident yig‘ilishida bitiruvchilar bandligini ta’minlash yuzasidan rektorlarga qanday vazifalar yuklatilgani haqida so‘z yuritiladi.
📺 Tomosha qilishni tavsiya qilamiz!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Akademik mustaqillik qancha ko‘p bo‘lsa — rektor mas’uliyati shuncha oshadi
Bugun, 15-avgust, soat 20:00 da “O‘zbekiston” telekanalining “Muvozanat” ko‘rsatuvida O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Inomjon Majidov ishtirokida suhbat efirga uzatiladi.
Muloqotda:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍4🔥2😁1
Qoraqalpogʻiston oliygohlarida bitiruvchilar bandligini taʼminlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
15-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari doirasida Qoraqalpoq davlat universitetida hududdagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilar bandligini taʼminlash masalasiga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi Murat Atamuratov, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari Bayrambay Otemuratov, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, oliy va kasbiy ta’lim muassasalari rektorlari hamda direktorlar ishtirok etdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/78348
#vazir #Qoraqalpog‘iston #yig‘ilish

❤29👍13🔥3😁1🎉1