Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#rasmiy_bayonot

⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

2025/2026-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi.

Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyatiga ega.

Hozirda 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Talabalar turar joyi” axborot tizimiga yuklash jarayoni olib borilmoqda. Shu sababli talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha ishga tushmagan.

Mazkur texnik ishlar yakunlangach, 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi.

☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤51👍15🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ANONS

Akademik mustaqillik qancha ko‘p bo‘lsa — rektor mas’uliyati shuncha oshadi

Bugun, 15-avgust, soat 20:00 da “O‘zbekiston” telekanalining “Muvozanat” ko‘rsatuvida O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Inomjon Majidov ishtirokida suhbat efirga uzatiladi.

Muloqotda:

➡️OTMlarda tayyorlanayotgan kadrlar ish beruvchilar talabiga qanchalik mos?

➡️Prezident yig‘ilishida bitiruvchilar bandligini ta’minlash yuzasidan rektorlarga qanday vazifalar yuklatilgani haqida so‘z yuritiladi.

📺Tomosha qilishni tavsiya qilamiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍4🔥2😁1
Qoraqalpogʻiston oliygohlarida bitiruvchilar bandligini taʼminlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

15-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari doirasida Qoraqalpoq davlat universitetida hududdagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilar bandligini taʼminlash masalasiga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi Murat Atamuratov, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari Bayrambay Otemuratov, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, oliy va kasbiy ta’lim muassasalari rektorlari hamda direktorlar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/78348

#vazir #Qoraqalpog‘iston #yig‘ilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤29👍13🔥3😁1🎉1
#InnoWeek_2025

Buxoro davlat texnika universitetida InnoWeek-2025 – innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi doirasida Ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi va Startaplar festivali bo‘lib o‘tdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍13👏3🎉3😁2
Qoraqalpog‘iston oliygohlarining xalqaro reytinglarda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari muhokama qilindi

15-avgust kuni Qoraqalpoq davlat universitetida xalqaro reytinglardagi o‘rinlarni yaxshilash, ilmiy-tadqiqot ishlari va ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida O‘zbekiston milliy universiteti bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Yig‘ilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Amanjol Ayapov, O‘zbekiston milliy universiteti rektori Inomjon Madjidov, Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Axmed Reymov hamda yetakchi professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/78413

#vazir #Qoraqalpog‘iston #yig‘ilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤46👍21😁8🤔2🎉1