Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Qoraqalpogʻiston oliygohlarida bitiruvchilar bandligini taʼminlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

15-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari doirasida Qoraqalpoq davlat universitetida hududdagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilar bandligini taʼminlash masalasiga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi Murat Atamuratov, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari Bayrambay Otemuratov, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, oliy va kasbiy ta’lim muassasalari rektorlari hamda direktorlar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/78348

#vazir #Qoraqalpog‘iston #yig‘ilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤29👍13🔥3😁1🎉1
#InnoWeek_2025

Buxoro davlat texnika universitetida InnoWeek-2025 – innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi doirasida Ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi va Startaplar festivali bo‘lib o‘tdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍13👏3🎉3😁2
Qoraqalpog‘iston oliygohlarining xalqaro reytinglarda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari muhokama qilindi

15-avgust kuni Qoraqalpoq davlat universitetida xalqaro reytinglardagi o‘rinlarni yaxshilash, ilmiy-tadqiqot ishlari va ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida O‘zbekiston milliy universiteti bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Yig‘ilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Amanjol Ayapov, O‘zbekiston milliy universiteti rektori Inomjon Madjidov, Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Axmed Reymov hamda yetakchi professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/78413

#vazir #Qoraqalpog‘iston #yig‘ilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤46👍21😁8🤔2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi

Ginnes rekordi sari yo‘l: Andijonlik yoshlar poytaxtga yo‘l oldi

18-avgust kuni 2 000 nafar O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordlar kitobidagi rekordni yangilashi kutilmoda.

Ushbu tadbirda Respublikamizning turli viloyatlaridan talaba yoshlar hamda maktab o‘quvchilari qatnashadi.

Jarayonda ishtirok etish maqsadida viloyatlardan yoshlar poytaxt tomon yo‘l olmoqda. Videorolikda “Anjanliklar keldi” shiori ostida Toshkentga yo‘l olgan yoshlar aks etgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤39👍30😁20🔥10🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi

Sirdaryolik yoshlar yangi Ginnes rekordi sari poytaxtga yo'l oldi

18-avgust kuni 2 000 nafar O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordlar kitobidagi rekordni yangilashi kutilmoda.

Ushbu tadbirda Respublikamizning turli viloyatlaridan talaba-yoshlar hamda maktab o‘quvchilari qatnashadi.

Jarayonda ishtirok etish maqsadida Sirdaryo viloyati yoshlari Toshkentga yo'l olishdi!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤32👍12🔥7😁7🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi

“Buxoriylar yetib keldi: Rekord uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!”

Buxoro davlat texnika universitetining iqtidorli yoshlari bugun Toshkent shahriga katta maqsad bilan yetib keldi!

Rekord o‘rnatish yo‘lidagi bu safar — faqatgina Ginnes kitobiga kirish emas, balki Yangi O‘zbekiston yoshlarining ilmga, texnika va innovatsiyaga bo‘lgan cheksiz ishtiyoqining ramzidir. 🚀

Yangi O‘zbekiston yoshlari bir maqsad, bir ruh va bir g‘oya atrofida birlashib, o‘zining qat’iyati, ijodi va kuchi bilan Vatanimiz nomini baland ko‘tarishga bel bog‘lagan. 🇺🇿

18-avgust — faqat rekord kuni emas, bu yoshlarning tarixga muhrlanadigan kunidir!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
25❤32👍16😁5🔥4🎉1