Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Qoraqalpog‘iston oliygohlarining xalqaro reytinglarda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari muhokama qilindi

15-avgust kuni Qoraqalpoq davlat universitetida xalqaro reytinglardagi o‘rinlarni yaxshilash, ilmiy-tadqiqot ishlari va ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida O‘zbekiston milliy universiteti bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Yig‘ilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Amanjol Ayapov, O‘zbekiston milliy universiteti rektori Inomjon Madjidov, Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Axmed Reymov hamda yetakchi professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/78413

#vazir #Qoraqalpog‘iston #yig‘ilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤46👍21😁8🤔2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi

Ginnes rekordi sari yo‘l: Andijonlik yoshlar poytaxtga yo‘l oldi

18-avgust kuni 2 000 nafar O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordlar kitobidagi rekordni yangilashi kutilmoda.

Ushbu tadbirda Respublikamizning turli viloyatlaridan talaba yoshlar hamda maktab o‘quvchilari qatnashadi.

Jarayonda ishtirok etish maqsadida viloyatlardan yoshlar poytaxt tomon yo‘l olmoqda. Videorolikda “Anjanliklar keldi” shiori ostida Toshkentga yo‘l olgan yoshlar aks etgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤39👍30😁20🔥10🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi

Sirdaryolik yoshlar yangi Ginnes rekordi sari poytaxtga yo'l oldi

18-avgust kuni 2 000 nafar O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordlar kitobidagi rekordni yangilashi kutilmoda.

Ushbu tadbirda Respublikamizning turli viloyatlaridan talaba-yoshlar hamda maktab o‘quvchilari qatnashadi.

Jarayonda ishtirok etish maqsadida Sirdaryo viloyati yoshlari Toshkentga yo'l olishdi!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤32👍12🔥7😁7🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi

“Buxoriylar yetib keldi: Rekord uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!”

Buxoro davlat texnika universitetining iqtidorli yoshlari bugun Toshkent shahriga katta maqsad bilan yetib keldi!

Rekord o‘rnatish yo‘lidagi bu safar — faqatgina Ginnes kitobiga kirish emas, balki Yangi O‘zbekiston yoshlarining ilmga, texnika va innovatsiyaga bo‘lgan cheksiz ishtiyoqining ramzidir. 🚀

Yangi O‘zbekiston yoshlari bir maqsad, bir ruh va bir g‘oya atrofida birlashib, o‘zining qat’iyati, ijodi va kuchi bilan Vatanimiz nomini baland ko‘tarishga bel bog‘lagan. 🇺🇿

18-avgust — faqat rekord kuni emas, bu yoshlarning tarixga muhrlanadigan kunidir!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
25❤32👍16😁5🔥4🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Agar siz “Qaysi kasbni tanlasam ekan?” deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, biz sizga eng yaxshi yo‘lni ko‘rsatamiz.

Kogon tuman politexnikumiga 2025-2026-o'quv yili uchun qabul davom etmoqda. 11-sinfni tamomlagan o'quvchilar 4 ta yo'nalish bo'yicha hujjat topshirishlari mumkin.

➡️Avtomobil transportiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash;
➡️Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari;
➡️Payvandlash texnologiyasi va jihozlari;
➡️Suv xoʻjaligi va melioratsiya

📌Arizalar my.edu.uz platforma orqali onlayn yuboriladi!

Batafsil ma’lumot uchun  99 387 69 39

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍8🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi

Ginness rekordlari tarixida oʻz nomini mangulikka muhrlashni maqsad qilgan qashqadaryolik yoshlar ham Toshkent sari yoʻl oldilar.


Tarixiy kun – 18-avgust sanasida 2 000 nafar Oʻzbekiston yoshlari Ginness rekordlar kitobidagi eng yuksak natijani yangilash uchun bir manzilda jam boʻladilar.

Qarshi davlat texnika universiteti talabalari va Yoshlar texnoparki a’zolari ushbu jarayonda faol ishtirok etish maqsadida bugun poytaxtga joʻnab ketdilar.

Biz boʻlajak rekordchi yoshlarimizga ishonamiz! Temuriylar olgʻa!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤13😁11🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi

NamDTU talabalari Ginnes rekordi sari yo‘l oldi!

18-avgust kuni 2 000 nafar O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordlari kitobiga yangi sahifa yozish maqsadida Toshkentda birlashmoqda.

Mazkur yirik tadbirda faol ishtirok etish uchun Namangan davlat texnika universitetining 80 nafar talabasi poytaxt sari yo‘l oldi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤11😱4👏1🤩1
“AI-Enhanced Academic Research and Writing Assistant” loyihasining o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu o‘quv dasturning asosiy maqsadi - Business Finance, Agriculture Enviromental, Medicine & Biology, IT Engineering & Math yo‘nalishlari bo‘yicha saralab olingan 200 nafar tadqiqotchi olimlarning, sun’iy intellekt texnologiyalari orqali akademik yozuv, adabiyotlar va ma’lumotlar tahlilini tizimlashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirgan holda, tadqiqotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Mashg‘ulotlar muntazam ravishda joriy yilning 2-avgust sanasidan boshlab haftaning har shanba kuni Innovatsion rivojlanish agentligi binosida oflayn shaklda amalga oshirilmoqda.

Maʼlumot uchun: Loyiha Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasining moliyaviy ko‘magi doirasida amalga oshirilmoqda.

Batafsil ma’lumotlar:
+998933225689
+998951705995
📧:englishforscience@gmail.com

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi

Yoshlarimiz Ginnes rekordini o'rnatish uchun yo'lga otlandi

Yoshlarimiz "Yangi O‘zbekiston uchun!" Ginnes rekordini o‘rnatishga harakat qilayotganlari haqida yozgan edik.

Bugun Nukus davlat texnika universiteti bosh binosi oldidan bir guruh yoshlarimiz joriy yilning 18-avgust kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan tadbirda ishtirok etish uchun yo‘lga otlanishdi.

Rejaga ko‘ra, tadbir davomida 25 daqiqada 2 000 ta konstruktor robot yig‘ilishi kerak.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤27👍8😁7🔥2🥰2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi

“Farg‘onaliklar yetib keldi: Rekord uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!”

Farg‘ona davlat texnika universitetining iqtidorli yoshlari bugun Toshkent shahriga katta maqsad bilan yetib keldi!
🔹Rekord o‘rnatish yo‘lidagi bu safar faqatgina Ginnes kitobiga kirish emas, balki Yangi O‘zbekiston yoshlari, xususan, farg‘onalik talabalarning ilmga, texnika va innovatsiyaga bo‘lgan cheksiz ishtiyoqining ramzidir.

📌Bir maqsad, bir ruh va bir g‘oya atrofida birlashgan yoshlarimiz o‘z qat’iyati, ijodi va kuchi bilan Vatanimiz nomini baland ko‘tarishga bel bog‘lagan.

18-avgust faqat rekord kuni emas, bu yoshlarning tarixga muhrlanadigan kunidir!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤23🎉7🔥5😁4🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi

Ginnes rekordi sari yo‘l: Jizzaxlik yoshlar poytaxtga yetib keldi

18-avgust kuni 2 000 nafar O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordlar kitobidagi rekordni yangilashi kutilmoda.

Ushbu tadbirda Respublikamizning turli viloyatlaridan talaba-yoshlar hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etadi.

Jizzax politexnika instituti talabalari mazkur jarayonda faol ishtirok etish maqsadida ayni paytda poytaxtga yetib bordilar.

Yoshlarimizni yirik muhandislik missiyasi kutmoqda!
Rekord o‘rnatamiz! O‘zbekistonni dunyoga tanitamiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤40👍14😁9😱3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

Mukofot jamgʻarmasi 170 million boʻlgan “Oʻzbekiston menda yashaydi” milliy kontentlar tanlovi eʼlon qilindi


Gʻoliblar “Eng yaxshi videorolik”, “SI yordamida tayyorlangan eng yaxshi videorolik”, “Eng koʻp ovoz yigʻgan videorolik” va “Eng yaxshi rasmlar toʻplami” nominatsiyalarida aniqlanadi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/announcement/127

Videoni 4K formatida ko‘ring

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤24👍8🔥5😁1😱1
#Dolzarb90kun
#Hamkorlik_kubogi

Oliy ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida “Hamkorlik kubogi” o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirliklari hamkorligida poytaxtimizdagi oliy ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka hamda kibersport turi bo‘yicha “Hamkorlik kubogi” tashkil etildi.

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘tgan bellashuvlar O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xodimlari o‘rtasida kechdi.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/4145

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤28👏7👍4😁4😱4