Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Bu yildan boshlab “Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida bu haqida ma’lum qilindi. Unda mamlakatimizda startaplarni qo‘llab-quvvatlash va yoshlarning innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ortiq startap faoliyat yuritmoqda. Yaqin sakkiz yil oldin esa ularning soni juda kam edi. Ahamiyatlisi, joriy yilning yetti oyi davomida startaplarga rekord darajada – 264 million dollar xorijiy investitsiya jalb qilindi. Bu ko‘rsatkich 2024-yil davomida kirgan investitsiyadan 4 barobar ko‘pdir.

Yoshlarning 1 mingta startap g‘oyasi tijoratlashtiriladi, shundan 200 tasi xalqaro bozorga olib chiqiladi. 100 ta mahalliy startapni xalqaro miqyosda raqobatbardosh biznesga aylantirish uchun 100 million dollar yo‘naltiriladi.

Shuningdek, bu yil ilk bor “Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi. Eng yaxshi 100 ta g‘oya tanlab olinib, har bir startap uchun 1 milliard so‘mgacha investitsiya kiritiladi. Loyihalarni xalqaro brendga aylantirish maqsadida moliyaviy va marketing xizmatlari bo‘yicha ekspertlarning xarajatlari ham qoplab beriladi.

“G‘oliblarni 20-avgust – Tadbirkorlar kunida taqdirlasak, o‘ylaymanki, yosh tadbirkorlarga bu ham katta motivatsiya bo‘ladi”,

- dedi davlat rahbari
.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍6🔥1😁1🎉1
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

📣 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2025-yil 19-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Izoh: Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤24👍4🤔3🔥1
Pedagog xodimlar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

19-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi tomonidan “Pedagog xodimlarning malakasini oshirish tizimini qonunchilikda mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Muhokamada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari ham ishtirok etib, oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berishdi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda 6 ta institut 5 ta mintaqaviy va 16 ta tarmoq muassasalarida oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari hamda akademik litsey rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirib borishi yo‘lga qo‘yilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤31👍9🔥2
Umumtaʼlim fanlaridan 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari


Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari joriy yilning oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

🔹Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Oktabr va noyabr oylaridagi imtihonlar uchun ro‘yxatga olish 20-avgustdan, dekabr oyidagi imtihon uchun esa 10-noyabrdan boshlanadi.

📍Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlab, imtihonda aynan shu hududda ishtirok etishlari mumkin.

📆 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari hamda test sinovi sanalari haqida batafsil ma’lumot ilova qilingan jadvalda keltirilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤39👍5🔥1😁1
Namangan shahrida ilg‘or kasbiy tayyorgarlik markazi (CoVE) ochildi

20-avgust kuni Namangan shahrida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekiston qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida modernizatsiya qilingan Ilg‘or kasbiy tayyorgarlik markazi (CoVE)ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yevropa Ittifoqi, YuNESKO, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Namangan viloyati va Namangan shahar hokimliklari vakillari ishtirok etdi.

Dastlab viloyat hokimi o‘rinbosari Otabek Bozorov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadilar tabrik so‘zlari tinglandi.

Ramziy tasma kesilgach, ishtirokchilar loyiha doirasida ta’mirlangan binolar, o‘qituvchilar malakasini oshirish xonalari hamda yangi jihozlar bilan tanishdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/79826

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤13🔥1