Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Seminar

“Monopoliyaga qarshi qonunchilik va unga amal qilish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi


Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Monopoliyaga qarshi qonunchilik va unga amal qilish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mutaxassisi Salimov Toir, Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi mudiri Radjabov Xuseyn ma’ruzalari tinglandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/79943

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤19😁4👏2👍1🔥1
🔴 🟦🟦
🌟🌟🌟🌟🌟

Sirdaryoda “TalabaExpo – 2025” kasblar ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi

“Kelajakka qadam” dasturi hamda “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida Guliston shahridagi Tadbirkorlar va hunarmandlar markazida oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchi talabalari uchun “TalabaExpo – 2025” kasblar ko‘rgazmasiga tantanali ravishda start berildi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Shohrux Isoqulov, Guliston davlat universiteti rektori Mo‘hsin Hojiyev hamda “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoshimov so‘zga chiqdilar. Ular mazkur tadbirning yoshlar bandligini ta’minlashdagi o‘rni, ularni mustaqil hayotga tayyorlash va kelajakdagi maqsadlariga erishishlaridagi ahamiyati haqida to‘xtaldilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/80044

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17🔥2😁2👍1🎉1
Xususiy taʼlim sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, sohaga innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi

21-avgust kuni Qonunchilik palatasi majlislar zalida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi hamda Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi hamkorligida “Xususiy ta’lim istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Unda deputatlar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari, olimlar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari rahbarlari, Parlament tadqiqotlari instituti xodimlari hamda Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etdi.

Konferensiyada xususiy taʼlim sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, sohaga innovatsion yondashuvlarni joriy etish va uning istiqbollariga qaratilgan maʼruzalar tinglandi.

Jumladan, vazirning birinchi o‘rinbosari Sh.Daliyev o‘z nutqida ta’lim tizimida davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, bu borada oliy va kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍5
#Eʼlon #Tanlov #Vakansiya #Kasbiy_taʼlim

📣 Vakant direktor lavozimlari uchun ochiq mustaqil tanlov

🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi 11 ta kasbiy ta’lim tashkilotlarining vakant direktor lavozimi uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.

📃 Vakant direktor lavozimlari ro‘yxati bu yerda👈

🌐 Talabgorlar tomonidan arizalarni yuborish 👉 https://vacancy.edu.uz/ sayti orqali amalga oshiriladi.

🗓Hujjatlar 2025-yil 1-sentabriga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19😁6👍4🔥1